Rentgenostruktur tadqiqot


Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko’rsatish



Download 19,64 Kb.
bet2/2
Sana07.03.2022
Hajmi19,64 Kb.
#485532
1   2
Bog'liq
16-ma`ruza

Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko’rsatish.


Shifokorlar kelgunga qadar baxtsiz hodisadan jabrlangan kishiga xamkasblari birinchi yordam ko’rsatishlari kerak. Ko’p hollarda jabrlanuvchining sog’ligi va ba’zan hayoti unga ko’rsatilgan birinchi yordamning tezligi va to’g’riligiga bog’liq. Shuning uchun, laboratoriyada ishlayotgan har bir kishi, jabrlangan odamga, birinchi yordam ko’rsatishning amaliy ko’nikmalarini bilishi shart va shu bilan birga baxtsiz hodisa yuz bergan daqiqada xavfni yoki jarohat og’irligini kamaytirish choralarini ko’ra bilishligi kerak.
Laboratoriyada ishlaganda ko’proq qo’llarning termik yoki kimyoviy kuyishi, hamda qirqilib jarohatlanishi yuz beradi. Qo’l yoki tana kuyganda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
- kislota va ishqorlar teriga to’kilsa, hamda bir oz kuydirsa, shu joyni darhol, 10… 30 minut davomida vodoprovod suvi ostida yuvish kerak.
- termik kuygan joyni suv bilan yuvgandan so’ng, margansovka eritmasi yoki etil spirti bilan yuvib, maxsus kuyganda suriladigan maz surtish kerak.
- kislota bilan kimyoviy kuygan joyni suv bilan yuvgandan so’ng, 5 %li natriy bikarbonat eritmasi (choy sodasi) bilan yuvish kerak. Terining ishqor bilan kuygan joyini suv bilan yuvgandan so’ng, 5 %li sirka kislota eritmasi bilan yuvib yuborish kerak.
- kuygan joyga mazni paxtali tampondan foydalanib, jarohatni qirmasdan surtish kerak.
- juda katta teri yuzasi kuysa yoki kislota va ishqorlar ko’zlarga sachrasa darhol tibbiy tez yordamga murojaat qilish kerak.
- qo’l qirqilsa, jarohat yod yoki vodorod peroksid eritmalari bilan artish kerak.
Umumiy qoidalardan tashqari maxsus rentgenostruktur tadqiqot laboratoriyasida ishlash qoidalari mavjud.
Rengenostruktur taxlil laboratoriyasi uchun quyidagi xonalar kerak: rentgen uskunasi turadigan stol, yuqori voltli transformator va belgilovchi moslamalarni o’rnatish uchun xona; boshqarish pulti, yordamchi uskunalar va xodimlar uchun xona; rentgen spektrlarini foto sifatida chiqaruvchi moslama uchun fotokabina xonasi. Rentgen uskunasi uchun hona yuzasi 6m2 dan kam bo’lmasligi kerak. Bu xona devori 1 mm qo’rg’oshin yoki 3mm qo’rg’oshinli rezina yoki 50mm beton yoki 100mm pishiq g’isht bilan qoplangan bo’lishi kerak.
Yordamchi xodimlar uchun xonaning yuzasi 20m2 dan kam bo’lmasligi va fotokabina xonasining yuzasi 4-5 m2 bo’lishi kerak.
Bu laboratoriyada ishlaganda maxsus ximoya vositalari ishlatilishi kerak. Ishlatiladigan rentgen trubkalari va belgilovchi vositalar qo’rg’oshinli xarakatlanuvchi to’siqlar bilan to’silib, to’g’ri hamda tarqaluvchan rentgen nurlari ta’siridan saqlashi kerak. Kamera bilan ishlayotgan xodim darchasi bo’lgan ko’chma qo’rg’oshinli yoki qalin devorli ko’zguli ekrandan foydalanishi shart.
Uskunadagi yuqori kuchlanish xavfini oldini olish chorasi ham ko’rilishi kerak. Shuning uchun uskuna va barcha sistemalar sxema bo’yicha tekshirilishi va yerlanishi shart. Rentgen uskunasini uning barcha elementlari va birinchi navbatda yerlanishi hamda blokirovkasi tekshirilgandan keyingina yoqilishi mumkin. Rentgen uskunasi ishlaganda ozon va azot oksidlari hosil bo’ladi, shuning uchun soatiga 5 karra havo alishtirish qobiliyatiga ega bo’lgan pastki aktiv ventilyasiya bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Laboratoriyada yong’inni oldini olish uchun «Tayfun» tipidagi quruq o’t o’chirish vositasi bo’lishi kerak. Ko’pikli o’t o’chirgichlardan foydalanish mumkin emas. Rentgen uskunasida ishlagan xodim 5 soatli ish kuni va qo’shimcha ta’til xuquqiga ega.
Takrorlash uchun savollar:
1.Rentgenostruktura tadqiqot texnika xavfsizligi
2.Qo’rg’oshinli to’siqlar qalinligi.
3.Honadagi havo alishtirishga talablar.
Download 19,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish