Renessans yoki Uyg’onish davri


SHarq mamlakatlarida feodalizm



Download 30,01 Kb.
bet3/16
Sana19.08.2021
Hajmi30,01 Kb.
#151363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Varvar qirolliklari

SHarq mamlakatlarida feodalizm. Hali XIX asrning birinchi yarmida va hattoki o’rtalarida ham Yevropa burjua tarixchilari o’rtasida feodalizm (ular buni yana buning ustiga asosan siyosiy forma deb tushungan) faqat Yevropaga hatto, aniqrog’i o’arbiy Yevropaga xos hodisadir, degan fikr hukm surgan. Hatto rus tarixiga va g’arbiy slavyanlar tarixiga nisbatan olganda ham, bu yerlarda hech qanday feodalizm bo’lmagan, degan fikrlar aytilgan. SHarq mamlakatlari tarixida va shuningdek, Rossiya hamda slavyan mamlakatlari tarixida yuz bergan faktlarning yanada puxtaroq o’rganib chiqilishi, ancha eng ilg’or burjua tarixchilarini bu noto’g’ri qarashdan asta-asta voz kechishga majbur qildi. Tarixshunoslikning ijtimoiy-iqtisodiy boskichlarlarning rivojlanish qonunlari umumiy ahamiyatga ega deb, jahondagi barcha xalqlar tarixiy taraqqiyotning xuddi ana shu fazalaridan (bu fazalar turli xalqlarda turlicha xususiyatga ega bo’lishi va turli vaqtlarda sodir bo’lishi mumkin) o’tadi, deb hisoblaydi. Tarixchilar o’zlarining asarlaridayoq SHarq mamlakatlaridagi (Hindiston, Yaponiya, Turkiya va h. k.) turli feodal munosabatlarning konkret xususiyatlarini bir necha bor ko’rsatib bergan edilar.

O’rta asrlardagi SHarq tarixini, ya’ni feodal davrining o’ziga xos barcha tipik va xarakterli xususiyatlari bilan birga qo’shib olgandagi tarixini yoritishda sovet sharqshunoslarining asarlari, shuningdek, SHarq mamlakatlarining (arab davlatlari, Hindiston, Uzoq SHarq mamlakatlarining) o’z tarixchilarining eng yangi asarlari ayniqsa katta rol o’ynadi. Sovet sharqshunoslari va SHarq mamlakatlarining olimlari, jumladan, SHarqda feodalizmning ilk vujudga kelganligini aniqladilar, bu yerdagi feodalizm o’arbdagi xuddi shu ijtimoiy tuzumga qaraganda ancha uzoqroq yashagan. Hatto XVIII asrning ikkinchi yarmida va butun XIX asr davomida SHarq mamlakatlarining ko’pchiligida feodal munosabatlar deyarli o’zgarmasdan, o’shandayligicha qolib kelavergan. SHu bilan birga, SHarq mamlakatlaridagi feodalizm Yevropadagi feodalizmga qaraganda bir qancha xususiyatlarga ega edi. SHarq mamlakatlarining bu xususiyatlaridan eng avvalo uning o’ziga xos ikkita xususiyatini qayd qilib o’tmoq zarur.

Uning birinchi xususiyati sharq feodalizmi sharoitida quldorlik tuzumining anchagina sarqitlari saqlanib qolganligidir. U yoki bu SHarq mamlakatidagi mehnat ahlining deyarli anchagina protsenti qullardan iborat ekanligi SHarq feodalizmida muayyan quldorlik ukladining uzoq vaqt  saqlanib qolganligi to’g’risida gapirishga imkon beradi. SHarq feodalizmining ikkinchi bir xususiyati - bu o’rta asrlarda SHarqda feodal yer egaligining o’ziga xos xususiyatiga ega bo’lganligidir. Feodal xususiy mulkchiligi o’rta asrlarning birinchi yuz yilliklaridayoq xususiy xarakter kasb etgan  va dehqonlarning ko’pchilik ommasi yer egalari feodallarga qaram bo’lgan Yevropadan farq qilib, SHarqning bir qancha mamlakatlarida keyingi o’rta asrlargacha yer feodal davlat    (uning tepasida turgan hukmdor) ixtiyorida bo’lgan. Bu holda dehqonlar feodal renta-bevosita davlatga soliq to’lovchi va bevosita davlat amaldorlari tomonidan boshqariladigan davlat   qaram dehqonlari bo’lib, qola berar edilar. Biroq davlat mulkchiligi bilan bir qatorda SHarq mamlakatlarida davlat yer egaligi hisobidan xususiy feodal mulk egaligi ham yashab va rivojlanib kelmoqda edi, Feodal yer egaligining bu ikki turi    o’rtasidagi kurash o’rta asrlar SHarqining butun tarixida    boshdan oxirigacha davom etib keldi. Bu tarix feodal hukmron sinflarining turli qatlamlari o’rtasidagi ichki ziddiyatlarni ochib berdi, bo’larning har biri yerga egalik qilishning va qaram dehqonlarni ekspluatatsiya qilish usulining o’ziga qulay formalarini joriy qilish uchun kurashar edi. Dehqonlarning    o’zlari ham yerga egalik qilishning formalari uchun olib    borilgan kurashga befarq qarab o’tirmadi. O’rta asrlarda SHarqda dehqonlarning bo’lib turgan ko’p sonli ommaviy harakatlari yerga egalik qilish evolutsiyasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatib, ham ma’lum bir mamlakatning konkret sharoitlarida xalq ommasi uchun juda og’ir bo’lgan yer egaligi formasini yo’q qilishga yoki hech bo’lmaganda cheklab qo’yishga va shaklini o’zgartirishga yordam berdi.

Yevropada o’rta asr jamiyati murakkab bir sintez natijasida, ya’ni ijtimoiy tashkilotning o’zidan oldin o’tgan ikki forma-sining: bir tomondan, Rim imperiyasidagi quldorlik tuzumining, ikkinchi tomondan, keltlar, germanlar, slavyanlarning hamda imperiyadan shimolda boshqa qabilalarning varvarlik tuzumining bir-biri bilan qo’shilishi natijasida vujudga keldi, bu varvarlik tuzumi, aslida hali sinfiy bo’lmagan tuzum edi. To’g’ri, varvarlar bir necha asr mobaynida rimliklar bilan yonma-yon yashaganlari tufayli ularga rimliklarning birmuncha ta’siri o’tgan edi. SHu bilan birga feodal tuzumning elementlari Yevropa hali o’rta asrlar davriga kirmasdan ancha ilgariyoq rimliklarning o’zlarida ham, varvarlarda ham vujudga kela boshlagan edi.



Rim imperiyasidagi quldorlik tuzumi III asrdayoq tamomila tushkunlikka uchragan edi. Qul mehnati unumdorligining pastligi, qul kuchining o’rnini to’ldirib turishning tobora qiyinlashib borishi (Rim olib borgan g’olibona urushlarning tamom bo’lganligi tufayli), Rimga qarshi to’xtovsiz hujumlar bo’lib turishi, fitnalar va qullarning qo’zg’olonlari - bo’larning hammasi quldorlik xo’jaligini norentabel qilib qo’ymoqda edi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning turg’unlikka va qullarning o’zlarini xonavayron bo’lishga olib kelmoqda edi. Rim quldorlari qulchilikni bir qadar «yumshatish» yoki qullarni ekspluatatsiya qilib turib, ekspluatatsiya qilishning boshqa formalarini joriy qilish yo’li bilan ijtimoiy-iqtisodiy krizisdan qutulishga urindilar, imperiya hayotining III asrdan V asrgacha davom etgan so’nggi davridagi Rim quldorlari ekonomikasining xususiyati ana shunday edi. Bu urinishlar orasida asosiy o’rinlardan birini kolonlik oladi.


Download 30,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish