Renessans yoki Uyg’onish davri



Download 30,01 Kb.
bet1/16
Sana19.08.2021
Hajmi30,01 Kb.
#151363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Varvar qirolliklari


Kirish. O’rta asrlar tarixiga muqaddima. IV-V asrlarda Rim imperiyasi. Quldorlik tuzumining inqrozi. Rim impеriyasining inqirozi. Varvar qirolliklarining tashkil topishi.

Bu tushuncha XVI-XVII asrlarda o’tgan gumanist-tarixchilar kiritgan bo’lib, ular ham buni o’z navbatida gumanist-filologlardan olganlar, gumanist-filologlar latin tilini qadimgi, o’rta va yangi (Renessans yoki Uyg’onish davri - yangi davr deb atalgan) til deb, uchga bo’lganlar. Bu terminologiya XVIII asrda uzil-kesil  qaror topdi.

O’rta tarix yoki ko’proq o’rta asrlar tarixi deb atalgan tarixning xronologik chegaralari turli vaqtlarda turlicha belgilanib keltan. Ba’zi tarixchilar o’rta asrlar tarixi Konstantin Buyuk podsholik qilgan davrdan (IV asr boshlaridan) boshlanib, 1453 yilda Konstantinopolning qulashi bilan tamom bo’ladi deb hisoblaganlar. XIX asr tarixchilari o’rta asrlar tarixining xronologik chegaralari 476 yildan - o’arbiy Rim imperiyasi qulagan yildan boshlanib, 1492 yil Amerika kashf qilingan yil bilan tamom bo’ladi, deb hisoblaganlar.

Insoniyat o’zining tarixiy taraqqiyotida birin-ketin bir necha bosqichni: ibtidoiy jamoa tuzumini, quldorlik tuzumini, feodalizm va sanoat ishlab chikarishga asoslangan jamiyatni bosib o’tdi.



O’rta asr Yevropasi tarixi Rim quldorlik imperiyasining qulashidan boshlanadi, bu imperiya ichki qarama-qarshiliklar natijasida, ya’ni quldorlik xo’jaligining krizisi, sinfiy kurashning g’oyat keskinlashib ketganligi, Italiyaning va unipg viloyatlarining zaiflashib ketganligi hamda iqtisodiy va siesiy aloqalarining uzilib ketganligi natijasida, shuningdek, tashqi sharoitlar natijasida - varvarlarning ommaviy hujum qilishi natijasida quladi. Varvarlar imperiyani bosib olib, uning territoriyasida bir qancha varvar qirolliklari tuzgan edilar. Eramizning V-VI asrlarida tashkil topgan bu qirolliklar Yevropada keyinchalik vujudga kelgan milliy davlatlarning kurtagi bo’ldi. XVI asrni va XVII asrning dastlabki o’n yilliklarini, ya’ni feodalizm nihoyatda chiriyotgan va sanoat ishlab chikarish tarkib topayotgan davrni, odatda, o’rta asrning oxiri deb hisoblaydi, feodalizmning nihoyat darajada chirib va sanoat ishlab chikarishning tarkib topib borayotganligi ham o’sha asrlardagi o’arbiy Yevropaga xos bo’lgan keskin ijtimoiy, siesiy va madaniy o’zgarishlar orqasida yuz berdi. XVII asrning 40- yillaridagi ingliz inqilobsi, ya’ni Yevropadagi birinchi yirik burjua inkilobi o’rta asrlar tarixini yangi zamon tarixidan ajratib turadigan chegara bo’lib, yangi tarix kursi shu inqilobdan boshlanadi. O’rta asrlar tarixi feodal ishlab chiqarish usuli hukmron bo’lgan davr tarixi ekanligi. O’rta asrlar tarixi ming yildan ortiqroq davr tarixidir, bu davrda o’arbiy va SHarqiy Yevropa xalqlari ham, shuningdek, Osiyo va SHimoliy Afrika xalqlari ham o’zlarining ijtimoiy taraqqiyotlarida alohida bir bosqichni - feodalizmni boshlaridan kechirmoqda edilar. Agar qadimgi dunyo tarixiga, asosan quldorlik formatsiyasi to’g’ri kelsa, agar yangi tarixning mazmuni sanoat ishlab chiqarish tuzumning qaror topishi, gullashi va keyinchalik tushkunlikka uchrashidan iborat bo’lsa, o’rta asrlar feodalizm formatsiyasining rivojlanishi bilan bog’langandir. Feodalizm tuzumining qaror topishi, uning gullashi va nihoyat, chirib, tushkunlikka yuz tutishi o’rta asrlar tarixining ijtimoiy-siyosiy mazmunini tashkil etadi; o’rta asrlardagi jamiyatning butun hayoti feodal ishlab chiqarish usuliga asoslangandir. YAngi davr tarixchilari o’z asarlarida feodal ishlab chiqarishi usulini bir necha bor tavsiflab berdilar. Ular feodalizmni kapitalizm bilan taqqoslab, feodal ishlab chiqarish usulining to’rtta xarakterli belgisini: 1) natural xo’jalik hukm surishini; 2) mayda ishlab chiqarish feodal ishlab chiqarishning negizini tashkil qilishini, shu bilan birga, kapitalizmdan farq qilib, mehnatkashlar ishlab chiqarish vositalaridan ajralgan bo’lmay, balki ishlab chiqarish vositalari bilan uzviy ravishda bog’langan - bo’lishini; 3) g’ayri iqtisodiy yo’l bilan majbur qilish borligini, bunda pomeshchik dehqonni mahsulotining bir qismini pomeshchikka berishga (obrok) yoki xo’jayin yerida ishlab berishga (barshchina) majbur qilishini; 4) mayda ishlab chiqarish tufayli texnika past, ibtidoiy darajada bo’lishini ko’rsatib bergan edi. Feodal ishlab chiqarish usuli o’zidan oldin o’tgan quldorlik tuzumiga nisbatan progressiv xarakterga egadir.

Feodal ishlab chiqarish usulining negizini o’sha davrdagi ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lgan yerga feodalning egalik qilishi tashkil etadi. Yirik yer egalari bo’lgan feodallar sinfi feodal jamiyatining hukmron sinfidir. Feodal jamiyatining asosiy ishlab chiqaruvchi sinfi dehqonlar bo’lib ular pomeshchik, ya’ni feodal yerida yashaydilar, uning ruxsatisiz pomeste territoriyasini tashlab chiqib ketishga haq-huquqi bo’lmay, unga (pomeshchikka) shaxsan qaram holda edilar. Qaram dehqonni yer egasi - feodal mudom ekspluatatsiya qiladi. Dehqon o’z mehnati va o’zining asbob-uskunalari bilan barinning ekin yerlarini ishlab berardi va undan yig’ib-terib olingan hosilning hammasi feodal ixtiyoriga kelib tushardi.

Agar ba’zi bir sabablar bilan barshchina kamaytirilgan yoki butunlay bekor qilingan (keyingi o’rta asrning so’nggi davrlari) bo’lsa, dehqonlar natura bilan - mahsulot shaklida yoki pul shaklida obrok to’lar edilar. Feodal rentasining uch turi - ishlab berish, mahsulot yoki pul rentasn berish - butun o’rta asr davomida feodal ekspluatatsiyasining uchta asosiy formasi bo’lib keldi, feodal ekspluatatsiyasining bu formalari birin-ketin almashinib turdi, ba’zan hatto, uchala formasi ham bir-biri bilan qo’shilib, bir vaqtda amal qilib turdi.

Qaram dehqonning huquqiy ahvoli qulning ahvolidan birmuncha Yaxshi edi. Quldordan farq qilib, feodal qaram dehqonni o’ldirishga haqqi yo’q edi. Pul rentasiga o’tilishi bilan dehqonni yerga biriktirib qo’yish asta-sekin yo’qola bordi. O’ta asr dehqonining iqtisodiy ahvoli qulning ahvolidan anchagina farq qilar edi. Feodal davridagi dehqon mustaqil mayda ishlab chiqaruvchi edi. Uning yer uchastkasi - chek yeri bo’lib, bu yerni unga feodal berar va bu yer otadan o’g’ilga meros bo’lib qola berar edi: dehqonning o’z uyi, qo’rasi, ish hayvoni, juda ibtidoiy bo’lsa ham, turli xildagi dehqonchilik inventarlari bo’lar edi. Dehqonning o’z xo’jaligi bo’lib, antik qul bundan mahrum edi (bordi-yu qul o’z xo’jaligiga ega bo’lib olsa, bu - quldorlik tuzumi chiriyotganligining alomati edi, yoki agar gap   quldorlik tuzumining ilk davri ustida ketayotgan bo’lsa, bu tuzum   hali rivojlanmaganligidan dalolat berar edi). Dehqon o’z xususiy xo’jaligining bo’lishi, ishlab chiqarish vositalari bilan ish ko’rishi, qo’shimcha mahsulotning biror-bir ulushini o’zida qoldirish imkoniyatiga ega bo’lishi (mahsulotning asosiy qismi    feodalga renta tariqasida kelib tushar edi), o’rta asr dehqonida ishlab chiqarishdan ma’lum darajada manfaatdorlik tug’dirar edi. O’zidan oldin o’tgan quldorlik sistemasiga qaragaida,    feodalizm iqtisodiy sistemasining asosiy afzalligi ham shundadir; shu vaziyat tufayli yangi feodalizm jamiyatida  (quldorlik jamiyatiga nisbatan) ishlab chiqarish kuchlarini yanada keng miqesda va yanada tezroq rivojlantirish mumkin bo’ldi, bu feodal jamiyati zaminida sanoat ishlab chiqarish tuzum elementlari rivojlanib bordiki, bu tuzum ham o’z navbatida feodalizmga nisbatan xiyla darajada progressiv davr bo’ldi.

O’rta asrlardagi jamiyat va davlat taraqqiyotida asosiy bos-qichlarning xronologik ramkalari. O’rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo’limga bo’linadi:

1)   Ilk o’rta asr - V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, bu davr feodal tuzumning tashkil topishi, feodal jamiyatning asosiy iqtisodiy hujayrasi bo’lgan feodal pomestesining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal ierarxiyasi deb atalgan ierarxiyaning tashkil topishi, o’rta asr feodal Yevropasida asosiy ideologik kuch bo’lgan katolik cherkovi ta’sirining bu tun o’arbiy Yevropaga yeyilishi davridir.

2)   O’ r t a  asrlarning ravnaqi – XI-XV asr o’rtalarini o’z ichiga oladi, bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to’la rivojlanibgina qolmay, balki tsex hunarmandchiligiga va o’ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo’lgan o’rta asr shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi, bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodallar hukmronligidan ilk xalos bo’lishi, erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki respublika - shaharlarning vujudga kelishidir. O’rta asrlarning birinchi davridagi siyosiy tarqoqlikka qarama-qarshi o’laroq, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi, shu bilan birga qirol hokimiyatining obro’-e’tibori oshdi, soslovielar (tabaqalar) vakilligi muassasalari vujudga keldi, soslavieli monarxiya deb atalgan monarxiyalar tashkil topdi. Dehqonlarning feodalizm chiriy boshlaganligi oqibatida ko’tarilayotgan kuchli qo’zg’olonlari XIV va XV asrlardagi o’arbiy Yevropa jamiyatini larzaga keltirdi, bu qo’zg’olonlar ko’pincha shaharlardagi pastki tabaqa elementlar - plebeylar harakati bilan qo’shilib ketgan edi.

3)  Keyingi o’rta  asrlar - XVI asrni  va  XVII asrning birinchi yarmini o’z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kapitalizm elementlarining yetilishi davridir; asosan mustaqil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilishdan, ya’ni mehnatkashlarning  ishlab  chiqarish vositalarini ekspropriadiya qilishdan iborat bo’lgan dastlabki jamg’arish davri deb atalgan davrdir, Yevropa  reformatsiyasi deb atalgan davrdir, dehqonlarning XIV va XV asrlardagiga qaraganda yanada kuchliroq qo’zg’olonlari (dehqon urushlari) va ilk burjua inqiloblari davridir. Bu davrda Yevropada davlatning asosiy siyosiy formasi absolyutizm bo’lib, bu absolyutizm xalq ommasining kurashini bostirish uchun markazlashgan hokimiyatning kuchayishidan manfaatdor bo’lgan dvoryanlarga tayanar edi hamda hokimiyatni to’g’ridan-to’g’ri o’z qo’liga olish uchun hali yetarli darajada kuchli bo’lmagan burjuaziya bilan ham ittifoqda edi.




Download 30,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish