5. Nimstansiya fiderlari elektron himoyasining o’rnatmalarini hisoblash
5.1. Yo’naltirilmagan distansion himoya ДС1
Birinchi pog`ona ДС1 ning ishlab ketish birlamchi qarshiligi seksiyalash posti shinalaridagi qisqa tutashuvdan sozlanish shartidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
(14)
bunda:
– sozlanish koeffitsienti. = 0,8–0,85 ga teng deb olinadi (agar teleblokirovka mavjud bo`lsa, 0,5 ga teng).
– himoyalanayotgan zonaning oxirida, ya’ni seksiyalash postining shinalarida qisqa titashuv sodir bo`lganda fiderning kirish qarshiligi.
kirish qarshiligi Q1 nuqtada (4-rasm) qisqa tutashuv bo`lganda, qo`shni yo`l o’chirilgan hol uchun aniqlanadi, ya’ni:
(15)
bu yerda:
– ikki yo`lli uchastkaning bitta yo`lidagi 1km tortuvchi tarmoqining qarshiligi. (12) ifodaga ko’ra aniqlanadi.
l1 – nimstansiyadan seksiyalash postigacha bo`lgan masofa.
Himoyaning birinchi pog`onasi uchun qo’shni fiderda q.t. sodir bo’lganda (Q4 nuqta, 4-rasm), chegaradosh nimstansiya orqali himoyalanayotgan fiderdan oqib o’tuvchi maksimal tokga nisbatan selektivlik ta`minlangan bo`lishi kerak.
4-rasm. O’zgaruvchan tokda tugun sxemasi bo’yicha ta’minlangan ikki yo’lli
uchastkaning almashlash sxemasi
Bu hollarda ushbu nimstansiyaning shinalaridagi kuchlanish sezilarli pasayadi va birinchi pog`onaning yo’naltirilmagan himoyasi nisbatan kichik toklarda ham yolg`on ishlab ketishi mumkin. Shuning uchun, U maksimal tok relesi (tokli uzish) rejimiga o’tkaziladi. Bunda o`tkazish kuchlanishi quyidagicha aniqlanadi:
(16)
bunda
– seksiyalash posti shinalarida q.t. sodir bo`lganda, nimstansiyaning shinalaridagi minimal kuchlanish;
– zahira koeffitsienti bo`lib, 1,2÷1,3 ga teng.
kuchlanish quyidagi ifodadan aniqlanadi:
(17)
bunda:
– nimstansiya shinalaridagi nominal kuchlanish (27,5 kV);
– osmalari parallel ulangan ikki yo`lli uchastkaning ikkala yo`li 1 km tortuvchi tarmog`ining qarshiligi. (13) formulaga muvofiq aniqlanadi.
– nimstansiyaning qarshiligi. n=1 bo`lganda (11) formulaga ko`ra aniqlanadi.
Chegaradosh nimstansiyadan keluvchi maksimal toklarga nisbatan selektivlikni ta’minlash shartidan kelib chiqib, qarshilikning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(18)
bu yerda – qo’shni fiderda q.t. sodir bo’lganda (Q4 nuqta, 4-rasm), qo`shni B nimstansiya orqali himoyalanayotgan fiderdan (masalan, F1) oqib o`tuvchi maksimal tok.
Bu tok quyidagi ifodaga ko’ra hisoblanadi:
(19)
bunda:
– energetik tizimning maksimum rejimida B nimstansiyaning qarshiligi. (10) formulaga ko`ra, n=2 bo`lganda aniqlanadi;
l – nimstansiyalar orasidagi masofa.
Ishlab ketish qarshiligi ning so’nggi qiymati sifatida (14) va (18) ifodalar bo’yicha hisoblangan qiymatlardan eng kichigi tanlanadi va u fider yuklamasining maksimal toklariga nisbatan selektivlikka tekshiriladi:
(20)
( ushbu shart bajarilishi kerak).
bu yerda:
– yuklamaning minimal qarshiligi. Uning qiymati
ga teng, bunda – ishchi rejimda nimstansiyaning shinalaridagi minimal kuchlanish bo’lib, =25 kV ga teng; – boshlang`ich ma`lumotlardan olinadi;
– zahira koeffitsienti. = 1,2÷1,3.
Do'stlaringiz bilan baham: |