“Releli himoya o’rnatmalarini hisoblash” mavzusida bajarilgan
KURS ISHIGA TOPSHIRIQtemir yo’l muhand instituti
Kurs ishining tarkibi: - o’zgaruvchan tokdagi tortuvchi nimsansiya fiderlarining himoya to’plami struktura va prinsipial sxemalarini tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini o’rganish;
- seksiyalash posti fiderlarining himoya to’plami struktura va prinsipial sxemalarini tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini o’rganish;
- releli himoya o’rnatmalarini hisoblash uchun qarshiliklarni aniqlash;
- nimstansiya fiderlari elektron himoyasining o’rnatmalarini hisoblash;
- seksiyalash posti fiderlari elektron himoyasining o’rnatmalarini hisoblash;
- elektron himoyaning umumlashgan tavsiflarini qurish;
- himoyaning selektivlik grafiklarini qurish.
Boshlang’ich ma’lumotlar
Variant № 74
A va B nimstansiyalarning 110 kV shinalaridagi q.t. quvvati, MVA (suratda – energetik tizimning maksimum rejimida, maxrajda – minimum rejimida)
800 600
A va B nimstansiyalardagi pasaytiruvchi transformatorlarning turi, quvvati va kuchlanishi
ТДТНЭ 40000/ 115/27,5 / 11
Himoyasi hisoblanishi lozim bo’lgan fiderlar (1-ram)
F1, F3
Telemexanika aloqa kanallarining mavjudligi
yo’q
A va B nimstansiyalar orasidagi masofa, l, km
56
Kontakt osmasining turi
М-120+МФ-100
Relslar turi
Р65
Nimstansiya fideri yuklamasining maksimal toki, A
500
Seksiyalash posti fideri yuklamasining maksimal toki, A
350
Bajardi:
Tekshirdi:
KIRISH
Kurs ishining maqsadi – talabalarning bilimlarini oshirish va elektrlashgan temir yo’llarning elektr ta'minot qurilmalarining releli himoyasini hisoblash bo’yicha amaliy ko’nikmalarni orttirish hisoblanadi. Kurs ishini bajarish – tugun sxema bo’yicha ta’minlangan o’zgaruvchan tokdagi ikki yo’lli uchastkada (1-rasm), tortuvchi nimstansiya (n/st) va seksiyalash postining (SP) kontakt tarmog’i fiderlari himoyasining o’rnatmalarini hisoblashdan iborat.
1-rasm. Tugun sxema bo’yicha ta’minlangan o’zgaruvchan tokdagi ikki yo’lli
uchastkaning elektr ta’minot sxemasi
Kurs ishining tarkibi: - o’zgaruvchan tokdagi tortuvchi nimsansiya fiderlarining himoya to’plami struktura va prinsipial sxemalarini tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini o’rganish;
- seksiyalash posti fiderlarining himoya to’plami struktura va prinsipial sxemalarini tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini o’rganish;
- releli himoya o’rnatmalarini hisoblash uchun qarshiliklarni aniqlash;
- nimstansiya fiderlari elektron himoyasining o’rnatmalarini hisoblash;
- seksiyalash posti fiderlari elektron himoyasining o’rnatmalarini hisoblash;
- elektron himoyaning umumlashgan tavsiflarini qurish;
- himoyaning selektivlik grafiklarini qurish.
Boshlang’ich ma’lumotlar talabaning jurnaldagi nomeriga mos ravishda 1- va 2- jadvallardan variantlar olinadi.
Seksiyalash posti A va B nimstansiyalarning o’rtasida joylashgan hamda nimstansiyada ham, seksiyalash postida ham ВМК-27,5 turidagi moyli uzgich o’rnatilgan deb hisoblanadi. Tortuvchi yuklamaning quvvat koeffitsienti =0,85 deb qabul qilinadi.
Himoyaning ikkilamchi parametrlarini hisoblashda nimstansiyaning fiderlariga 1000/5 tok transformatorlari, seksiyalash postining fiderlariga esa 600/5 tok transformatorlari o’rnatilgan deb hisobga olinadi. Nimstansiyada va seksiyalash postida 27500/100 kuchlanish transformatorlari o’rnatilgan.
Operativ tok manbalari – tortuvchi nimstansiyalarda 110 V o’zgarmas tokda, seksiyalash postida 220 V o’zgaruvchan tokda.