Termorostlagich - xona, pech va boshqalardagi trani birday tutib turadigan qurilma. Chiziqli, hajmiy, termoelektrik xillari bor. Chiziqli T.dagi datchikning ishi sezgir element uzunligi traga bogʻliq ravishda oʻzgarishiga asoslangan (qarang Dilatometr). Hajmiy T.ning eng oddiysi simobli kontakt termometrdan iborat. Bunda simob muayyan traga yetgach, ijrochi mexanizm elektr zanjirini ulaydi. Datchikli ter moele ktri k T., odatda, termorezistorlar yoki termoparalar koʻrinishida boʻlib, oʻlchash koʻpriklari va potensiometrlar bilan birgalikda ishlaydi. T.lar avtomatik rostlash tizimiga kiradi.
27 BIET
PROGRAMMALIRELELAR VAULARNINGISHPRINSIPLARI
Elektr tarmоg’i yoki elektr qurilmasini nоrmal ishlashini nazоrat qilib turuvchi maxsus tizim rele ximоyasi deyiladi. Rele ximоyasi nazоrat qilib turiladigan elektr tarmоg’i yoki elektr qurilmasini nоrmal bo’lmagan ish rejimida energiya manbasidan avtоmatik uzadi yoki оgоxlantirish zanjiri signalini ulaydi. Viklyuchatelni uzish yoki оgоxlantirish zanjirini ulash nоrmal bo’lmagan ish rejimi yoki shikastlanish xarakteriga bоg’liq. Ayrim xоlatlarda releli ximоya qurilmasi avariya ro’y berganda iste`mоlchilarning energiya bilan ta`minlanishini tiklash uchun mo’ljallangan avtоmatik qurilmani ishga tushiradiRele yordamida nisbatan kuchsiz kirish elektr signallari оrqali chiqishda katta quvvatlarni bоshqarish, elektr zanjirlarini uzib ulash, nazоrat qilinayotgan parametrlar berilgan qiymatidan chetga chiqishini aniqlash mumkin. Relega ta’sir qiladigan fizik miqdоr turiga qarab u quyidagilarga bo’linadi:
elektrik – ular tоk, kuchlanish, quvvat, qarshilik, chastоtasi, faza siljishi ta’sirida ishlaydi.
mexanik – bоsim, vakuum, satx, chiziqli va burchak siljishlari, zo’riqish, tezlik, tezlanish, suyuq lik va gazlar sarfi, оqim tezligi ta’sirida ishlaydi;
issiqlik – xarоrati o’zgarishi ta’sirida ishlaydi;
оptik – yoritilganlik va yorug’lik оqimini spektral tarkibi ta’sirida ishlaydi;
akustik – tоvush bоsimi va tоvush tulqinlari chastоtasi ta’sirida ishlaydi; magnit – magnit maydоni kuchlanganligi, magnit induktsiyasi va magnit оqimi ta’sirida ishlaydi;
ELEKTROMAGNITLIMUTALARHAQIDAGAPIRING
Elektromagnit R. elektr toki oʻzgarishini sezadi. Sezgir organi — chulgʻam va qoʻzgʻaluvchi qism (yakor va oʻzak) li magnit tizim, ijrochi organi — kontakt. Chulgʻamidan oʻtayotgan tok kuchi oʻzgarganda yakor yoki oʻzagining tortilishi hisobiga kontaktlari ulanadi yoki uziladi. Bunday R., Mas, sovitkichlarda ishlatiladi.Oʻlchamlar R.si — detallar oʻlchamlarining belgilangan qiymatini nazorat kiladi. Asosan, qoʻzgʻaluvchan va qoʻzgʻalmas kontaktlardan iborat. Detalning oʻlchami oʻzgarsa, kontaktlar tutashib yoki ajralib, signal beruvchi elektr zanjirini ulaydi yoki uzadi. R. energetika, aloka, signalizatsiya, telemexanika va avtomatikada keng qoʻllaniladi
RAQAM-ANALOG VA ANALOG RAQAMLIO’ZARTIRGICHLAR
MikroEHMlar stanoklar, turli avtomatlar, ilmiy tajribalarni olib borishni boshqaradi. Bu va boshqa qurilmalar, oʻlchov asboblari va tizimlarida uzluksiz (analog) elektr signallari bilan ishlaydigan elektr datchiklar ishlatiladi. Datchik va ijro organlari (masalan, elektrodvigatellar) ni mikroEHM bilan bogʻlash uchun analog signalni shu signal amplitudasiga proporsioanl songa oʻzgartirish va aksincha oʻzgartirish talab qilinadi. Analog shakldagi ma’lumotni raqamli shaklga oʻzgartirish prinsipini richagli tarozilarda oʻlchash jarayoni bilan solishtirish mumkin. Tarozida oʻlchashni amalga oshirish uchun uning bir elkasiga noma’lum ogʻirlikdagi yuk qoʻyiladi, ikkinchi elkasiga esa, toshlar. Toshlar (masalan 1 g ogʻirlikdagi) tarozi muvozanat qolga kelguncha qoʻyilib boriladi. Toshlar soni yukning grammlardagi vazniga toʻgʻri keladi. 1 g. Ogʻirlikdagi toshlar bilan oʻlchanganda analog kattalik 0,5 g. xatolik, 10 g.li toshlar bilan oʻlchanganda esa 5 g. xatolik bilan oʻlchanadi. Bu xatolik kvantlash xatoligi deb ataladi. Oʻlchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir elkasiga oʻzgarmas kattalikdagi oʻlchanayotgan kuchlanish oʻrnatiladi, ikkinchi elkasiga raqamli datchik nazorati ostida pogʻonasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi. Kuchlanishning har bir pogʻonasi tarozi elkasiga qoʻshimcha tosh qoʻyish amaliga mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi.
AVTOMATIKAELEMENTLARININGASOSIYPARAMETRLARI
Avtomatik boshqarish sistemalarini (ABS) hozirgi paytda asosan ikki turga bo’lish mumkin. Birinchi tur sistemalariga boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlar o’zaro ketma-ket bog’langan va bir-biriga ochiq zanjir bo’yicha ta’sir ko’rsatadigan ABSlari kiradi. Ochiq zanjirli ABSlarda ishlab chiqarish jarayonlari o’tadigan ob’ektlarining ishga tushishi va ishlashi, to’xtashi ma’lum vaqt oralig’ida oldindan berilgan dasturlarga muvofiq o’tadi. Ob’ektdagi texnologik operatorlarning bajarilishidagi ketma-ketlik vaqt bo’yicha yoki oldindan o’tayotgan biror operatsiyalarning tugallanishi bilan bog’liq bo’lgan tartibda, oldindan dasturlangan bo’ladi. Ob’ekt parametrining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar progressiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday sistemalarga eng oddiy misol sifatida asinxron dvigatelning ishga tushishi, ma’lum vaqt oralig’ida boshqarilmaydigan rejimda ishlash va ish davri tamom bo’lgach to’xtashdan iborat dasturga muvofiq ishlashini ko’rsatish mumkin. Kibernetika (grekcha boshqarish) fani asoslarini Norbert Vinner o’zining 1948 yilda chiqqan “Kibernetika yoki hayvon va mashinada boshqarish va aloqa” degan kitobida bayon qilingan. Uning ta’rificha kibernetika mexanizmlar, organizmlar va jamiyatdagi boshqarish va bog’lanishlar to’g’risidagi fan bo’lib, mazkur fanning asosida turli fizik tabiatga xos bo’lgan sistemalardagi boshqa jarayonlarga umumiy nuqtai nazardan qarash va ular uchun boshqarishning matematik nazariyasining yaratish mumkinligini to’g’risidagi fikr yotadi. Kibernetikaning muhim ahamiyatga egaligi shundaki, u avtomatlashtirish fanining nazariy asoslarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |