Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan “REKTOR KUBOGI” doirasida tashkil etilgan tanlovlarning navbatdagi “TerDU malikasi” ko`rik tanlovi tadbiri
BAYONNOMASI
Termiz shahri 14-mart 2023 yil
Qatnashdilar:
D.Xamzayeva TerDU Xotin-qizlar masalalari
bo`yicha rektor maslahatchisi
M.Ro`zimuratova Xorijiy-filologiya fakulteti Xotin-
qizlar masalalari bo`yicha dekan
maslahatchisi
I.Tolipov TerDU yoshlar ittifoqi boshlang`ich
tashkiloti yetakchisi
14 ta fakultet tyutorlari
14 ta fakultet talabalari
KUN TARTIBI:
ESHITILDI: Tadbirni TerDU Xotin-qizlar masalalari bo`yicha rektor maslahatchisi D.Xamzayeva ochib berdi. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish uchun ko’plab tadbirlar uyushtirilayotgani bilan barchani tabrikladilar hamda tanlovda qatnashayotgan qizlarimizga motivatsiya berib , ruhlantirdi. Hozirgi kunda ayollarga qaratilayotgan e'tibor va imkoniyatlar
haqida to'xtalib ushbu tanlovda qatnashayotgan qizlarga omad tilab tadbirni ochib berdi. Iqtidorli talabalari o'rtasida bo'lib o'tgan bellashuvda Abduraimova Sevara, Haydarova Maftuna, Ibrohimova Sitora, Tursunova Durdona, Norqobilova Mohiniso, Aminova Umida va Hurramova Sarvinoz , kechki ta'lim shaklida 2-bosqichda tahsil oluvchi iqtidorli qizlar O'ralova Nigina, Abdullayeva Madina, Do'stmurodova Munisa va Xudoyberdiyeva Oyro'zilar o'zaro bellashdilar.
Tadbir 3 ta shart bo'yicha bo'lib o'tdi.
Badiiy qism:
1. Tanishtiruv ( O’zi, fakulteti haqida, video rolik taqdimoti, kiyinishi, o’zini tutishi ) 3-5 daqiqa. 1-shart ya'ni tanishtiruv qismida o'zlarini tanishtirib o'tdilar.
2. ”Ayol –ma’naviyat gulshani. Oqila qiz-oila ko’rki” ( dasturxon bezash , salatlar ) 10-15 daqiqa. 2-shartda ishtirokchilar o'zlarining pazandachilik mahoratlarini namoyon etib biri biridan mazali bo'lgan yeguliklar tayyorlab hakamlar tomonidan munosib baholandilar.
3. Erkin mavzu ( Qizlar o’zlarining badiiy , ijodiy ko’rinishlarini namoyon etadilar ) 5-10 daqiqa. 3-shart erkin mavzu bo'lib, bu shartda ishtirokchilar o'zlari hoxlagan mavzuda chiqish qilib ,o'zlarining har jabhada mahoratli ekanliklarini yana bir bor isbotladilar.
“TerDU malikasi”ga yo`llanmani 102-guruh talabasi Safarova Dildora qo`lga kiritdi. Tadbir so'ngida barcha ishtirokchilar hakamlar tomonidan nominatsiyalar bo'yicha baholandilar.
Tadbirda Davlatimiz tomonidan oilaga, xususan, ayollarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, oila – hayotning abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan ulug‘ maskan ekanligi, oilaning sog‘lomligi undagi muhit, ota-onaning totuvligi, halollik, poklik, ahillik bor joyda fayzu-baraka bo‘lishi e’tirof etilib, ayol buyuk zot ekanligi, o‘zbek qiz va ayollaridagi ichki va tashqi go‘zallik, ibo va hayo hislatlari ushbu buyuklikning eng asosiy mezoni ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan bir vaqtda,l talaba qizlariga kiyinish madaniyatiga rioya qilish har bir talaba qizning ma’naviyat ko‘zgusi ekanligi, ularni nafaqat kiyinish odobida, balki ilmlarni chuqur o‘zlashtirish hamda ilmiy salohiyatda ham namuna bo‘lishga chaqirildi.
QAROR QILADI: 1. Xorijiy filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi a’zosi M.Ro‘zimurotova “ BALLI QIZLAR“ mavzusidagi qilingan tadbir ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Fakultet xotin-qizlar masalalari
bo‘yicha dekan maslahatchisi: M.Ro‘zimuratova
Do'stlaringiz bilan baham: |