Haqiqiy flegma soni Haqiqiy flegma sonini tanlash o`ta murakkab masaladir, chunki uning miqdoriga qarab rektifikatsion kolonna o`lchamlari va issiqlik eltkichlar sarfi o`zgaradi. Kolonnalarni ishlatish uchun zarur sarflar va kapital harajatlar, hamda energetik sarflar flegma soniga bog‘liq.
5 .41-rasmda haqiqiy flegma sonining rektifikatsiya jarayoni sarflariga bog‘liqligi tasvirlangan. Ko`rinib turibdiki, flegma soni ortishi bilani ekspluatatsion sarflar proportsional ravishda ortadi. Kapital sarflarning flegma soniga bog‘liqligi kolonna diametri va balandligiga teskari proportsionalligi bilan ifodalanadi. Flegma sonining ma’lum bir qiymatiga kapital sarflarning minimal kattaligi to`g‘ri keladi.
Umumiy sarflar va flegma soni orasidagi bog‘liqlik ham minimum nuqtasi bilan xarakterlanadi. Bu nuqtaga mos R haqiqiy flegma sonining optimal qiymatiga teng bo`ladi.
Haqiqiy flegma sonini quyidagi formulada hisoblash mumkin:
bu erda R - flegma ortiqchaligini ifodalovchi koeffitsient. Ko`pchilik hollarda ushbu koeffitsient quyidagi oralikda bo`ladi - = 1,041,5.
Bajardi
Bet
Rahbar
O’lch
varaq
№ xujjat
Imzo
Sana
Hisob qismi Rektifikatsion kolonna ishlashi balandligi va tarelkalar sonini hisoblash Odatda ushbu parametrlarni aniqlash kontsentratsiyalar o`zgarishining nazariy yoki haqiqiy pog‘onalari soniga qarab olib boriladi. Bunda, nazariy pog‘onada bug‘ va oqib tushayotgan suyuqlik muvozanat holatida bo`ladi.
Barbotaj tarelkasining ishlash printsipini ko`rib chiqamiz (5.42-rasm).
Agar, kontsentratsiyasi xn+1bo`lgan suyuqlik yuqoridan n – tarelkaga oqib tushsa, patsdagi tarelkadan kontsentratsiyasi yn-1- bo`lgan bug‘ ko`tariladi. Massa almashinish natijasida suyuqlikdagi engil uchuvchan komponent bug‘ga o`tsa, qiyin uchuvchan esa - bug‘dan suyuqlikka o`tadi. Bug‘dagi engil uchuvchan komponent kontsentratsiyasi yn gacha ortsa, suyuqlikda esa xn+1 dan xngacha kamayadi. Jarayonni taHlil qilishda quyidagi taHminlarni qabul qilamiz: tarelkadagi suyuqlik ideal aralashtirilgan va uning kontsentratsiyasi o`zgarmas xn ga teng; ideal siqib chiqarish rejimidagi suyuqlik qatlamida bug‘ning kontsentratsiyasi yn-1 dan yn gacha o`zgaradi. Bug‘ kontsentratsiyasi yn-1 dan yn=upr gacha o`zgarishi davrida muvozanatga erishishi vertikal AVkesma bilan tasvirlansa, kontsentratsiyasining xn+1 dan xn gacha o`zgarishi esa, BD kesma bilan xarakterlanadi (5.42b-rasm). Shunday qilib, AVD pog‘ona bitta nazariy tarelkada sodir bo`layotgan jarayonni ifodalaydi.
Rektifikatsion kolonnada o`rnatish zarur bo`lgan nazariy tarelkalar sonini aniqlash uchun ishchi va muvozanat egri chiziqlarining A va S nuqtalari orasiga pog‘onalar quriladi.
Bajardi
Bet
Rahbar
O’lch
varaq
№ xujjat
Imzo
Sana
Kolonnaning haqiqiy tarelkasida hech qachon muvozanat kontsentratsiyasiga erishib bo`lmaydi, ya’ni yn< upr (5.42v-rasm).
Kolonnadagi haqiqiy tarelkalar sonini aniqlash uchun foydali ish koeffitsienti qo`llaniladi. Odatda uning kattaligi tajribaviy usul bilan topiladi. Rektifikatsiya jarayonida massa berish koeffitsientini hisoblash uchun quyidagi tenglamalar tavsiya etiladi:
suyuq fazada: