Boshlang`ich eritma kub 1 ga yuklanadi va uning g`ilofiga suv bug`i yuboriladi. So`ng, kub ichidagi eritmaga barboter orqali kuchli suv bug`i haydaladi. Eritmaning qaynash paytida hosil bo`lgan bug`lar kondensator 2 ga uzatiladi va undan keyin separator 3 da kondensat ajratiladi. Separatordan suv chiqariladi, suvda erimaydigan engil uchuvchan komponent esa maxsus idishga yig`iladi. Odatda bu usul muvozanat bo`lmagan sharoitlarda amalga oshiriladi. Molekulyar haydash Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan va issiqlikka chidamsiz eritmalarni ajratish uchun qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |