5.35-rasmda suv bug`i bilan oddiy haydash davrida qaynash temperaturasini aniqlash diagrammasi keltirilgan. Bu diagrammada qaynash temperaturasiga suv bug`ining elastiklik egri chizig`i bilan turli suyuqliklar elastiklik egri chiziqlari kesishgan nuqtasi to`g`ri keladi. Grafikdan ko`rinib turibdiki, atmosfera bosimida benzolni suv bilan haydash paytida jarayon temperaturasi 69,5°S, bosim r = 0,0395 MPa da 46°S atrofida, bosim r = 0,1MPa da toluol uchun esa - 85°S. 5.36-rasmda aralashmalarni suv bug`i bilan haydash qurilmasining sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |