Рекомендательное письмо


Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezonlari va ko`rsatkichlari



Download 0,6 Mb.
bet28/60
Sana28.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#586826
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORXONALAR IQTISODIYOTI

2. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezonlari va ko`rsatkichlari.

Iqtisodiy samaradorlik masalasini ko`rib chiqqanda, albatta “samara” va “samaradorlik” tushunchalarini bir-biridan farqlay olish lozim. “Samara” qandaydir jarayonning natijasini bildiradi. Umumiy ko`rinishda har qanday ishlab chiqarishning samarasi shaklida uning asosiy vazifasi – ishlab chiqarishning maqsadini amalga oshiruvchi pirovard mahsulot yuzaga chiqadi. Bir tomondan, u o`z tarkibiga ma`lum davrdagi harakatdagi ishlab chiqarish resurslarining moddiy natijasi yig`indisini oladi, boshqa tomondan – ishlab chiqarishning pirovard maqsadi faqat ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning hajmida mujassamlashgan bo`ladi.


“Samara” – qishloq xo`jalik mahsulotlari shaklida(natura va pulda) ishlab chiqarish resursi, xarajat, foyda sferasida esa iqtisodiy, shuningdek, xodimlarning yashash va ishlash sharoitini kam aks ettiruvchi ijtimoiy o`sish bo`lishi mumkin. Lekin samara qanchalik muhim bo`lsa ham, o`z-o`zidan kishining mehnat faoliyatini to`liq harakaterlamaydi, qanday resurs(xarajatlar evaziga olinganligini ko`rsatmaydi. Bir xil samara turli usul bilan, resurslardan turlicha darajada foydalanish orqali olingan bo`lishi mumkin va aksincha, bir xarajatlar turlicha samara berishi mumkin. Shuning uchun erishilgan samarani shu samarani olishda qatnashgan resurslar bilan taqqoslash zaruriyati kelib chiqadi.
Bundan ko`rinadiki, samara deb atalgan mutlaq miqdor bilan bir qatorda yana bir mutlaq miqdor – qo`llanilgan yoki iste`mol qilingan resurslarni (joriy ishlab chiqarish xarajatlari) hajmini bilish zarur.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi iqtisodiy samaraning (natijaning) resurslarga (xarajatlarga) nisbati yoki aksincha usul bilan aniqlanadi:
IS = C(n) / P(x) yoki P(x) / C(n).
Iqtisodiy samaradorlik darajasi qanday bahodagi resurslar hisobiga iqtisodiy samaraga erishilganligini bildiradi. Samara qancha katta va shuncha kichkina bo`lsa, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi shuncha katta bo`ladi va aksincha. Resurslar va iqtisodiy samaradorlik o`rtasida ma`lum bir aloqa mavjud. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati uning mezoni va ko`rsatkichlarida amalga oshadi.Mezonning ilmiy tushunchasi ma`lum bir belgi, baho o`lchovini ifodalaydigan asosiy sifati, uning muhim hassasidir. Korxona ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining mezoni mavjud resurslardan tejamli foydalanish asosida ko`proq va sifatliroq mahsulot ishlab chiqarishdir. Samaradorlikning umumiy mezoni ushbu hisoblansada bozor xususiyatlaridan kelib chiqib ma`lum davr va holatlardan kelib chiqib mezonlar o`zgarishi ham mumkin. Masalan, mezon sifatida alohida sifatga ega tovar ishlab chiqarish, arzon mahsulot yaratish, xarajarlarnin minimallashtirish, foydani maksimallashtirish va boshqa shu kabilar hisoblanishi ham mumkin.
Asosiy samaradorlik mezoni esa birinchi qayd etilgani bol`ib, u ishlab chiqarishning maqsadiga – tarmoq mahsulotiga aholining o`sib borayaotgan talabini to`laroq qondirishga javob beradi va uning yutuqlari yo`lini – ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va intensivlashtirish asosida sistemaliravishda ishlab chiqarishni moslashtirishni aniqlab beradi.
Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni aniqlashda ob`ektiv iqtisodiy qonunlarni moddiy ishlab chiqarishning shu tarmog`ida ko`rinish shakllarini ifodalaydigan bir qator ko`rsatkichlar tizimidan foydalanish mumkin. Iqtisodiy samaradorlik ko`rsatkichlari umumlashgan holda mutlaq va nisbiy ko`rsatkichlarni hisoblash usullaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi ko`rsatkichlari xususiy va umumlashgan ko`rsatkichlarga bo`linadi. Xususiy ko`rsatkichlarga mahsulot hajmi, mahsulot sifati, mehnat unumdorligi, fond qaytimi, material qaytimi, mahsulot tannarxi va shularga teskari ko`rsatkichlar kiradi. Bu ko`rsatkichlar natija sifatida aholini tovarlarga bo`lgan talabini ancha to`laroq qondirishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish maqsadlarini ancha to`laroq aks ettiradi. Shunindek xususiy ko`rsatkichlarga yalpi mahsulot darajasi, tovar mahsuloti, sof mahsulot, yalpi daromad, sof daromad, foyda kabi ko`rsatkichlar ham kiradi.
Keltirilgan xususiy ko`rsatkichlar umumiy samarani alohida ishlab chiqarish resurslari xarajat turi miqdoriga nisbatini aniqlaydi. Lekin ishlab chiqarish jarayonida umumiy samaraning vujudga kelishida alohida resurslar qatnashadi. Demak, har bir resurs umumiy samaraning vujudga kelishida ishtirok etadi. Bu uslubiy jihatdan xato bo`lsa ham, umumiy samara ana shu ishlab chiqarish resurslarining birgalikdagi faoliyat;ari natijasidir. Shuning uchun ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini har tomonlama baholash uchun alohida usulda xisoblanadigan ko`rsatkichlarni, har bir ishlab chiqarish resursining umumiy samarani yaratishdagi rolini va ularning ishlab chiqarish pirovard natijasiga ta`sirini hisobga olinadigan ko`rsatkichlar bilan to`ldirish lozim.
Shu bilan birga bitta umumlashtiruvchi shunday ko`rsatkich kerakki, u ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini miqdoriy jihatdan to`liq baholaydigan bo`llishi kerak. Bu vazifani bajarish uchun umumlshtiruvchi ko`rsatkich ma`lum bir quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. U ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqishi kerak;

  2. U ishlab chiqarishning pirovard natijasini jami resurslar yoki jami xarajatlar bilan taqqoslashni ta`minlaydigan ko`p omilli bo`lishi kerak;

  3. Bu ko`rsatkich samaradorlikni ishlan chiqarishning turli darajalarida ochib berishi kerak;

  4. Bu ko`rsatkich hisoblash nuqtai-nazaridan oddiy va qulay bo`lishi kerak.

Yuqorida bayon qilingan, ishlab chiqarish samarasi va ishlab chiqarish resurslari to`g`risidagi asosiy metodologik sharoitlarga mos, shuningdek, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini umumlashtiruvchi ko`rsatkichga bo`lgan talabni hisobga olgan ko`rsatkich resurs qaytimi (yoki resurs sig`imi) hisoblanadi. U qo`llanilgan resurslar potensialidan foydalanishning samaradorligini xarakterlaydi. Xarajatlar konsepsiyasi bo`yicha iqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi – rentabellilik hisoblanadi va u iste`mol qilingan resurslarning qaytimini ifodalaydi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish