Rekombinat dnk olish. Genlarni klonlash
Ahamiyatga ega bo‘lgan gen funksiyasiga binoan qidiribtopiladi, ajratib olinadi (klonlanadi) va tuzilishi o‘rganiladi.
Ajratib olingan gen xromosoma DNKsi bilan rekombina- tsiyalanuvchi biror fag genomi, transpozon yoki plazmid bilan biriktirilib vektor konstruksiya yaratiladi.
Vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi (transformatsiya) va transgen hujayra olinadi.
Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk organizmlarham olish mumkin.
Sun’iy ravishda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972-yilda AQSH olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirildi. Bu olimlar E.coli bakteriyasining xromosoma DNKsini va shu bakteriya plazmidini alohida probirkalarda «yopishqoq» uch hosil qiluvchi EcoRl (eko-er-bir) restriktaza fermenti bilan ishlov berganlar. Halqasimon plazmid tarkibida faqat bir dona EcoRl restriktaza fermenti tanlab kesadigan maxsus nukleotidlar izchilligi bo‘lganligi sababli restriktaza DNK qo‘sh zanjirini faqat bir joydan kesib halqasimon plazmidni yopishqoq uchli ochiq holatga o‘tkazadi. Xromosoma DNK molekulasida EcoRl restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo‘lsa, bu molekula shuncha bo‘lakka bo‘linadi. DNK bo‘laklarini elektroforez moslamasida kuchli elektr maydonida katta-kichikligiga qarab ajratiladi va hosil bo‘lgan bo‘laklar maxsus bo‘yoq bilan bo‘yal adi. Natijada, bir nuqtada yig‘ilgan bir xil kattalikdagi DNK bo‘laklari to‘plamini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Elektroforez gelidan xohlagan kattalikdagi DNK bo‘lagini suvda eritib ajratib olish mumkin. Boyer va Koen shu usullar bilan ajratib olingan yopishqoq uchli xromosoma DNK bo‘lagini ochiq holatdagi yopishqoq uchli plazmid DNKsi bilan probirkada aralashtirib ligaza (ulovchi) fermenti vositasida bu ikki xil DNK bo‘laklari uchlarini bir-biriga kovalent bog‘lar yordamida uladi. Natijada, plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo‘lagi kiri tildi (25-rasm). Bu molekular qurilmada (konstruksiyada) plazmid DNK vektor (yo‘naltir uv chi) funksiyasini bajaradi, chunki yuqorida aytib o‘tganimizdek plazmidlar xromosoma DNKsiga rekombinatsiyalana oladi hamda mustaqil ko‘paya oladi. Bu vektor konstruksiya o‘z tark ibida antibiotikka chidamlilik geni bo‘lganligi
uchun maxsus yaratilgan plazmidsiz, ya’ni antibiotikka chidamsiz shtamm hujayralariga kiritildi. Rekombinant plazmid kiritilgan bakteriya hujayralari kloni antibiotikka chidamli
25-rasm. Geterologik (yot) DNK bo‘lagini plazmid tarkibida klonlash.
1 — xromosomadan ajratilgan DNK bo‘lagi; 2 — plazmid; 3 — antibiotikka chidamlilik geni; 4 — rek ombinant DNK molekulasi; 5 — bakteriya hu jayr asiga kiritilgan gen; 6 — rekombinant plaz mid li hujayra antibiotikka chidamliligi bo‘y icha ajra tib olinadi. Boshqa hujayralar antibiotikli muhitda o‘lib ketadi.
genga ega bo‘lib qolganligi sababli, plazmidsiz bakteriyadan farq qilib, antibiotik ta’sirida o‘lmaydi. Shu sababli tajriba o‘tkazayotgan probirkaga antibiotik qo‘shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va ko‘paytir iladi. Bu klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK bo‘lagi bor bo‘lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko‘payti rilsa, yot DNK bo‘lagi shunchalik ko‘payishi mumkin. Undan tashqari rekombinant plazmid vektor avtonom replik a tsiyalanuvc hi plazmid bo‘lsa, yot DNK bo‘lagini yana o‘nlab barobar ko‘paytirish mumkin. Yot DNK bo‘lagini rekombinant vektor konstruksiyalar vositasida ko‘paytirish genlarni klonlash deb ata ladi. DNK bo‘lagini klonlashda vektor sifatida virus va fag DNK molekulasidan yoki ko‘chib yuruvchi genetik elementlardan ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |