REJE:
Kirish
Litiy elementining olinishi
Litiy oksidi
Litiy ning +1 oksidlanish darajasidagi birikmalari
Misollar va ularni yechish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Davriy sistemaning birinchi gruppa s-elementlariga litiy-Li, natriy-Na, kaliyK, rubidiy-Rb, seziy-Cs va fransiy-Fr lar kiradi.
Bu elementlarning oksidlanish darajasi +1ga teng.
Bu elementlarning atomlari o'zining tashki elektron qavatidagi yagona elektronini osonlik bilan beradi. Shu sababli ular kuchli kaytaruvchilardir. Ularning kaytaruvchilik xossalari litiydan fransiyga tomon kuchayib boradi, fransiy eng kuchli kaytaruvchidir. Buning sababi, fransiyning atomi barcha ishqoriy metallarning atomlariga qaraganda kattaligidir.
Ishqoriy metallar suv bilan reaksiyaga kirishib asos va vodorod xosil qiladi. Bu asosning formo'lasi umumiy qilib E+OH- xolida yoziladi. Bular kuchli asos bo'lib suvda yaxshi eriydi va ishqorlar deyi ladi. Ularning kuchli asos bo'lishiga va suvda yaxshi erishiga sabab nimau - degan savolga-ishqoriy metall ionlarining zaryadi kichik va radiusi katta, deb javob beramiz.
I gruppa s-elementlarining eng muxim xossalari kuyidagi jadvalda keltirilgan.
Litiy
Tartib nomeri 3, atom og'irligi 6.939, tabiiy izotoplarining massa soni 6 va 7. Litiy og'irlik jixatidan Yer yo'zining 3*10⁻³ % ini tashqil etadi. Tabiatdagi litiyning 92.5% i ⁷Li dan iborat, kolgan 7.5% i esa ⁶Li dir. Litiy kupchilik minerallarda, mineral suvlarda, xatto tirik organizmlarda uchraydi. Uning eng muxim minerallari lipidolit KLi(Si₆O₁₆)(FeOH)₂ va spudomen LiAl(SiO₃)₂ dir. Undan tashqari petiolit (Li₅Na)AlSiO₄O₁₆, litiofillit (Li, Mn, Fe)PO₄ tarkibi qushalok tuz va boshqa minerallar tarkibida xam litiy uchraydi.
Xozirgi vaqtda litiy ikki usul bilan olinadi. Birinchi usul: kaliy xlorid bilan litiy xlorid (1:1 nisbatda) qotishmasini 450°-500°S da suyuqlantirib elektroliz qilishdan iborat. Suyuqlantirilgan tuzlarni elektroliz qilish ancha kiyin bo'lgani uchun keyingi vaqtlarda litiy bromid bilan alyuminiy bromid aralashmasi nitrobenzolda yoki piridinda eritilib elektroliz qilinadigan bo'ldi. Bunda litiy katodda ajralib chiqadi, alyuminiy esa kompleks birikma xolida eritmada koladi.
Ikkinchi usul: keyingi vaqtda vakuum texnikasining rivojlanishi natijasida metallarni olishda yangi vakuum-metallurgiya yuzaga keldi. Bu usulda litiy oksid bilan oxak aralashmasi alyuminiy yoki ferrosilisiy ta'sirida kaytariladi:
2Li₂O + 2CaO + Si --> 4Li + Ca₃SiO₄
Prosess naysimon vakuum pechda yuqori xaroratda (950°-1000°S da) olib boriladi. Vakuum pech nayning bir uchi sirtidan suv bilan sovutib turiladi. Reaksiya vaqtida xosil bo'lgan litiy pechning sovutilib turgan joyiga yigiladi.
Litiy erkin xolatda juda yengil, xatto benzinga xam botmaydigan kumushsimon - ok metall. Litiy juda aktiv metall. U odatdagi sharoitdayok kislorod va azot bilan birikib Li₂O va Li₃N xosil qiladi. Shu xossaga kura undan inert gazlarni tozalashda foydalaniladi. Litiy 200°S dan yuqori xaroratda yonib ketadi. Litiy kislotalarning suyultirilgan eritmalarida yaxshi, konsentrlangan sulfat kislotada esa sekin eriydi; konsentrlangan nitrat kislota ta'sirida shiddat bilan oksidlanadi, xatto suyuqlanib yonib ketishi xam mumkin.
Litiy metallar bilan intermetall birikmalar xosil qiladi. Masalan litiynig simob bilan xosil qilgan birikmalari LiHg₂, LiHg₃, LiHg, Li₂Hg, Li₃Hg, magniy bilan LiMg₂ alyuminiy bilan LiAl, Li₃Al va xakazo. Litiy faqat magniy, rux, alyuminiy va boshqa metallar bilan intermetall birikmalargina emas, balki qattiq eritmalar xam xosil qiladi.
Litiy vodorod atmosferasida qizdirilsa, rangsiz kristall modda - litiy gidrid LiH xosil bo'ladi. Litiy gidridning kristall tuzilishi xuddi osh tuzinikiga o'xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |