Ikkinchi bosqich 2001-2005 yillarni o`z ichiga oladi va milliy dastur to`liq amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich 2005 va undan keyingi yillarga mo`ljallangan bo`lib, unda to`plangan tajribalarni tahlil qilgan holda kadrlar tayyorlash tizimi yanada takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.
O`zbekistonda uzluksiz ta'lim quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- maktabgacha ta'lim;
- umumiy o`rta ta'lim;
- o`rta maxsus va kasb-hunar ta'limi;
- oliy ta'lim;
- oliy o`quv yurtidan keyingi ta'lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta'lim.
Lotin yozuviga ko`chish
O`zbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning o`rtalaridan O`zbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb e'lon qilindi. 1929-1930 o`quv yilidan O`zbekiston lotin yozuviga o`tdi va biz o`zbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik.
1940 yilda O`zbekistonda kirill yozuviga o`tildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oralig`ida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, o`quv adabiyotlardan uzilib qoldik.
1940 yildan 1991 yilgacha o`rta hisob bilan o`zbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga o`tishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon bo`ladi.
Lekin dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab o`tirishning hojati yo`q) lotin yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT, UNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan.
Demak, O`zbekistonni dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qo`shilishi uchun lotin yozuviga o`tish maqsadga muvofiqdir. O`zbekistonda bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va 2005 yilda tugallanishi ko`zda tutilgan.
1. Муртазаева Р.Х. Ва boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. . –Т.:Аkademiya 2010. 2. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbekiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011. 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3775-sonli qarori. 4. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. 5. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston.. 2017. 6. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil. 26 yanvar
Foydalanilgan adabiyotlar
Do'stlaringiz bilan baham: |