Режалаштириш моделлари



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/33
Sana14.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#361914
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
BOBONAZAROVA M.



See discussions, stats, and author profiles for this publication at: 

https://www.researchgate.net/publication/348817877

IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN FOYDALANISH

Article

 · January 2021

CITATIONS

0

READS



1,649

1 author:

Some of the authors of this publication are also working on these related projects:

Education 2

 

View project



EDUCATION 5

 

View project



Nurmuxamad Duisenov

Chirchik state pedagogical Institute



131

 

PUBLICATIONS



   

97

 

CITATIONS



   

SEE PROFILE

All content following this page was uploaded by 

Nurmuxamad Duisenov

 on 27 January 2021.

The user has requested enhancement of the downloaded file.




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI  

 

ANIQ FANLAR 

FAKULTETI 

INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI  

 

19/2-GURUH TALABASI  

BOBONAZAROVA MOHIRANING 

INFORMATIKA FANIDAN  

 

 

 

 

 

 

 

 

MAVZU:IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN  

 

FOYDALANISH 

 

BAJARDI: 

BOBONAZAROVA MOHIRANING 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Chirchiq - 2021 

 

KURS ISHI 


 

IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA KOMPYUTERDAN    



FOYDALANISH 

 

REJA 

 

KIRISH 

ASOSIY QISM 

 

1-

 

§. EXCEL DASTURINING IQTISODIYOTGA DOIR 

FUNKSIYALARI 

1.1.


 

EXCEL yordamida davriy to`lovlarni hisoblash 

1.2.

 

O`zgarmas davriy to`lovlarni hisoblash 



1.3.

 

Protsentlar bo`yicha to`lovlarni hisoblash. 



1.4.

 

Qarz uchun protsentlar bo`yicha to`lov summalarini aniqlash 



1.5.

 

Qarz bo`yicha asosiy to`lovlarni hisoblash. 



1.6.

 

Qarz yuzasidagi asosiy to`lovlar yig’indisini hisoblash. 



1.7.

 

Investitsiyalar aylanishi tezligini hisoblash 



1.8.

 

Protsentlarning effektiv va nominal stavkalarini  hisoblash 



1.9.

 

Joriy baholarni  aniqlash 



 

2-

 

§. IQTISODIY MASALALARNI REJALASHTIRISH MODELLARI 

2.1.


 

Umumuiy ma’lumotlar 

2.2.

 

Vositalardan ratsional foydalanishni rejalashtirish va tahlil qilish 



2.3.

 

Ishlab chiqarishni optimal rejalashtirishning umumiy masalasi 



2.4.

 

CHiziqli programmalashning umumiy  masalasi 



 


 

HULOSA 



 

 

 



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


 

 



 

 

KIRISH 

 

 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimov  rahbarligida  o`z  siyosatida 

rivojlanishning ijtimoiy yo`naltirilganligi, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 

o`tishni  eng  ustivor  yo`nalish  deb  tanladi.  Bunda  jahonda  o`xshashi  bo`lmagan 

rivojlanishning  “O`zbek  modeli” yo`li ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Tarix 

uchun  uncha  katta  bo`lmagan  qisqa  muddat  ichida  bu  “O`zbek  modeli”  o`zining 

nechog’lik  to`g’ri  tanlanganligini  va  bugungi  kunda  natijalarini  butun  dunyoga 

ko`rsatib  berdi.  Bugun  mamlakatimiz  iqtisodiyoti  jahonda  juda  kamchilik 

davlatlarda  kuzatilayotgan  yuqori  sur`atlar  bilan  o`sib  bormoqda.  Bu  yutuqlar 

qatorida  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarining  va  Internet  imkoniyatlari 

tatbiq etilayotgan sohalarning ham o`ziga yarasha ulushi bor. Bunda mazkur sohalar 

uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyoz va ustunliklar ancha qo`l kelmoqda. 

XX  asr  ikkinchi  yarmiga  kelib  insoniyat  ilm-fan  sohasida  ulkan  yutuqlarni 

qo`lga  kirita  boshladi.  Bunday  yutuqlarning  eng  muhimlaridan  biri  elektron 

hisoblash  mashinalarini  ishlab  chiqish  va  ularni  amaliyotga  chiqish  bo`ldi  desak 

adashmagan bo`lamiz. CHunki bu sohadagi tadqiqotlar birinchidan, komp’yuter va 

axborot  texnologiyalarning  yangidan-yangi  vakillarini  ishlab  chiqishga  qaratilgan 

bo`lsa,  ikkinchidan,  bu  sohadagi  barcha  yutuqlar  nafaqat  boshqa  fanlarni,  balki 

ishlab  chiqarish,  iqtisodiyot,  madaniyat,  ma`rifat,  ma`naviyat  kabi  barcha 

sohalarning rivojlanishida muxim vositalardan, ta`bir joiz bo`lsa, aytish mumkinki, 

asosiy  xarakat  mexanizmlaridan  biriga  aylanib  ulgurdi.  Uchinchidan,  aholining 

turmush  darajasining  o`zgarishiga  sabab  bo`ldi.  Bugunga  kunga  kelib  insoniyat 

axborot omili va axborot tarqatishda misli ko`rilmagan natijalarga erishib kelmoqda. 

Global axborot tarmog’i deb hisoblanayotgan Internet o`rgimchak to`ri 




 

singari butun dunyo davlatlarini qamrab oldi va shu sababli hech kimni axborotsiz, 



axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yo`q. 

Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida moddiy muhitning ob`ektlari asosiy 

mehnat predmetlari bo`lib kelgan. Davlatning qudrati esa, eng avvalo oltin zaxirasi, 

mehnat va tabiiy resurslari, xududi, joylashgan o`rni, aholi soni va shu kabilar bilan 

aniqlanadi. endi esa bu mezon o`z mohiyatini o`zgartirib bormoqda. 

Buning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin: 

-

 

birinchidan, inson tomonidan to`planayotgan bilimlar hajmi nihoyatda yuqori 



sur`atlar bilan ortib bormoqda. Masalan, XVIII asrlarda bu hajm har 50 yilda 

ikki marta oshgan bo`lsa, 1950 yilga kelib har 10 yilda, 1970 yilda har 5 yilda, 

hozirga kelib esa har 2 yilda ikki martaga oshib bormoqda (eslatib o`tamiz, bu 

ham muvaqqat) . 

-

 

ikkinchidan,  ushbu  bilimlar  manbasidan  foydalanish  samaradorligining 



o`sishi hamda inson faoliyati davomida qayta ishlanadigan axborot hajmining 

ortib  borishi  mehnat  resurslarining  moddiy  ishlab  chiqarishdan  axborot 

muhitga  qayta  taqsimlanishiga  olib  kelmoqda.  Buni  ayniqsa  rivojlangan 

davlatlar  misolida  yaqqol  ko`rishimiz  mumkin.  Masalan,  1880  yilda 

AQSHdagi axborot muhitda ishlovchilar soni umumiy ishlovchilarning 5 % 

ini, 1900 yilda 10 % ni, 1946 yilda 30 % ni, 1980 yilda 45 % ni, 1990 yilda 

esa 51 % ni tashkil etgan. Hozirda bu ko`rsatkich 60 % ni tashkil etmoqda . 

SHunday qilib, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda yangi 

- axborot resurslari tushunchasi ham sekin-asta etakchi o`rinlarni egallay boshladi. 

Rivojlangan mamlakatlarda “axborot sanoatlashgan jamiyat”da “bilimlar iqtisodi”, 

”axborot  sanoati”  kabi  tarmoqlar  vujudga  kelmoqda,  axborot  va  axborot 

texnologiyalari  ishlab  chiqarish  tarmog’i  esa  shiddatli  rivojlanuvchi  va  eng 

daromadli  tarmoqlardan  biriga  aylanib  bormoqda.  Agar  sanoatlashgan  jamiyatda 

kapital strategik resurs bo`lib hisoblansa, axborot-sanoatli jamiyatda resurs sifatida 

axborot, bilimlar va ijodiyotni ko`rishimiz mumkin. 

Ko`pgina rivojlangan davlatlar o`zlarining eksport-import siyosatlarini qayta 




 

ishlab  chiqib,  chetdan  ko`proq  zarur  bo`lgan  tabiiy  resurslarni  olib,  tashqariga 



ko`proq  g’oya,  ilmiy  texnikaviy  bilimlarni  va  axborot  texnologiyalarni  sota 

boshladilar.  Masalan,  YAponiya,  1990  yillardan  boshlab  ko`proq  mashinalar  va 

qurilmalarni  emas,  balki  yangi  ilmiy-texnikaviy  ma`lumotlarni,  axborotlarni  va 

axborot texnologiyalarni (“know-now”, ya`ni so`zma-so`z “bilaman, qandayligicha” 

ma`nosini anglatuvchi mahsulotlar va texnologiyalarni) chetga sota boshladi. 

Endilikda  "Ogoh  bo`lsang  olam  seniki"  degan  ibora  tobora  ommalashib 

bormoqda. Aynan mana shunday sharoitlarda axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish 

va  qayta  ishlash  jarayonlariga  nisbatan  qo`yiladigan  talablar  tobora  ortib  va 

qat`iylashib  bormoqda.  CHunki,  bu  jarayonlarni  amalga  oshirishning  sifati  va 

tezkorligi ham mos ravishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etib bormoqda. 

Jahon  bozorining  zamonaviy  rivojlanish  yo`nalishlariga  ko`ra,  axborot- 

kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyalarning kiritilishi va ularning 

samarali  qo`llanilishi  korxonalarda  boshqaruv  va  texnologik  jarayonlarning 

samaradorligini  oshirishga  zamin  yaratib, iqtisodiyotning turli  jabhalarida  mavjud 

tovar va xizmatlar bozorlarini kengaytirib, yangi bozorlarni yaratish uchun sharoit 

yaratadi va shu orqali aholi turmush darajasining yaxshilanishiga sabab bo`ladi. Bu 

haqda  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  shunday  deb  ta`kidlaydi: 

“Bugungi  kunda  hayotimizni  komp’yuter  texnikasi,  axborot  texnologiyalari, 

Internet, mobil’ telefon aloqasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi” . 

Bunday  xolatda  ta`lim  muassasalari  bitiruvchilarini  zamonaviy  hayotga 

faoliyatga tayyorlash uchun ta`lim tizimni qayta ko`rib chiqishni, o`qitishning zarur 

xollarda islohotlarni amalga oshirishni talab chiqadi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Barkamol avlod yili” Davlat 

dasturida  ta`lim  jarayoniga  yangi  axborot-kommunikatsiya  va  pedagogik 

texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali 

mamlakatimiz  ta`lim  tizimi  sifatini  tubdan  yaxshilash,  ta`lim  muassasalarining 

o`quv-laboratoriya  bazasini,  zamonaviy  turdagi  o`quv  va  laboratoriya  uskunalari, 

komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, raqamli va keng formatli 




 

telekommunikatsiya  aloqa  vositalari  hamda  Internet  tizimini  yanada  rivojlantirish 



zarurligi asosiy vazifalardan biri deb etib belgilangan. 

Ta`lim  tizimida  qo`llanilayotgan  innovatsion  texnologiyalaridan  biri 

masofaviy  ta`lim  tizimi,  bu  axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalariga 

asoslangan ta`lim  shaklidir. Masofadan  o`qitish  ta’lim  jarayonida an`aviy  o`qitish 

vositalari  bilan  birga  innovatsion-komp’yuter  texnikasi  va  telekomunikatsiyalarga 

asoslangan  hamda  ta`lim  texnologiyasi  sohasida  erishilgan  oxirgi  yutug’lardan 

foydalaniladi. 

Masofaviy  ta`lim  tizimining  elektron  axborot  muhiti  mamlakatimiz  ta`lim 

tizimi uchun quyidagi jarayonlarni rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etadi: 

-

 



ta`lim sohasidagi islohotlarni davom ettirish; 

-

 



aholining ta`lim texnologiyalariga ehtiyojini shakllantirish

-

 



xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi loyihalarni amalga oshirish; 

-

 



ta`lim jarayoni ishtirokchilari o`rtasida axborot almashish uchun sifatli, yangi 

texnik vositalarning paydo bo`lishi va tez rivojlanishi; 

-

 

ta`lim sohasida xalqaro integratsiyani o`stirish. 



O`zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

“Zamonaviy 

axborot- 

kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  joriy  etish  va  rivojlantirish  chora- 

tadbirlari  to`g’risidagi”  2012  yil  21  martdagi  PQ-1730-sonli  Qarorining  ijrosini 

ta`minlash  borasida  mamlakatimizda  barcha  tarmoqlar  va  sohalarda  axborot- 

kommunikatsiya  texnologiyalari  (AKT)  sohasidagi  yangi  yutuqlarni  joriy  etishga 

doir  izchil  chora-tadbirlar  hayotga  tatbiq  etilmoqda.  Axborot  asri  deb  nom  olgan 

XXI  asrda  hayotimizning  hech  bir  lahzasini  axborot  -  kommunikatsiya 

texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Zamon shiddatining o`zi bizni tezkorlik 

sari  chorlamoqda.  Bunda  bizga  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalar,  Internet 

resurslari  va  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish  qo`l  keladi. 

Bugun bu masala davlat ahamiyati darajasiga chiqib ulgurdi. An`anaviy hukumatdan 

elektron  hukumatga  izchillik  bilan,  bosqichma-bosqich  o`tib  borar  ekanmiz,  say-

harkatlarimizning  asosi  sifatida  Internet  resurslari  va  imkoniyatlarini  majburiy 



 

rekvizitlardan biri sifatida belgilash imkonini berdi. 




 

Globallashuv  jarayonlari  chuqurlashayotgan  va  milliy  iqtisodiyotning 



raqobatbardoshligi o`sayotgan pallada telekommunikatsiya sanoati iqtisodiyotning 

alohida olingan sohasi sifatida rivoj topishi hamda iqtisodiyotning boshqa sohalarida 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  qo`llanilishiga  doir  masalalar  ustuvor 

ahamiyat kasb etmoqda. Texnik imkoniyatlarning kengayishi va mazkur sanoatning 

salohiyatini 

amaliyotda 

to`laqonli 

qo`llash 

milliy 

iqtisodiyotning 

raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim rol o`ynaydi va shu tarzda xususiy va 

davlat tuzilmalarining strategik barqarorligini ta`minladi. 

Hozirgi kunda mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki 

muassasalarining faoliyati ko`p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma`lumot va 

axborotlar  bilan  to`la  ta`minlanganligiga,  hamda  ushbu  ma`lumotlardan  qay 

darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo`lib qolmoqda. 

Avvalo  bir  yechimga  kelishdan,  qaror  qilishdan  oldin  ushbu  masalaga 

(sohaga) aloqador bo`lgan juda ko`plab ma`lumotlarni to`plash, ularni qayta ishlash 

va  tahlil  qilish  zarur  bo`ladi.  Ba`zan  bunday  ma`lumotlar  miqdori  shu  qadar 

ko`payib  ketadiki,  ularni  qayta  ishlash  va  tahlil  qilishni  maxsus  texnik  tizimlar 

yordamisiz amalga oshirib bo`lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul 

qilish, qayta ishlash zarur bo`lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi 

sababli,  ba`zan  ularni  guruhlar  bo`yicha  jamlash,  maqsadli  tarzda  taqsimlash  va 

ishlov berish ko`p vaqtni talab etmoqda. 

Axborot hajmining bu qadar ko`payib ketishi hamda ma`lumotlar oqimining 

tezlashib  borishining  asosiy  sabablaridan  biri  axborot  texnika,  texnologiyalarning 

rivojlanishi  zamonaviy  eng  yangi  texnologiyalarini  qo`llash,  ikkilamchi  xom- 

ashyolardan  oqilona  foydalanish,  energetik  resurslarni  tejamkorlik  bilan  ishlatish, 

inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir. 

Bu esa, o`z navbatida, yuqori darajada axborotlashgan jamiyat bo`lishini talab etadi. 

Jamiyatning axborotlashuv atamasi - D.Benk va E.Masudolar tomonidan ilk 

bor qo`llanilgan bo`lib, bugungi kunda mavjud bo`lgan ziddiyatlardan xoli bo`lgan, 




10 

 

komp’yuterlar,  informatika,  elektronika  bilan  uyg’unlashib  ketgan  jamiyat 



ma`nosini  anglatadi.  Kengroq  ma`noda  olsak,  axborotlashgan  jamiyatda  – 

jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonunlaridan biri bo`lib 

hisoblanadi.  Bu  inson  faoliyatining  barcha  sohalariga  intellektual  mehnat  quroli 

sifatida  axborotlarni  tezkorlik  bilan  yig’ish,  qayta  ishlash,  jarayon,  voqea  va 

hodisalarni 

modellashtirish, 

ularni 

tahlil 


qilish 

imkonini 

beruvchi 

komp’yuterlashtirilgan  tizimlar  va  boshqa  axborot  texnologiyalari  kirib  kelishini 

anglatadi.  Ana  shunday  texnologiyalardan  biri  –  shak  shubhasiz  MICROSOFT 

EXCEL dasturi xisoblanadi. 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish