Rejalashtirish boshqarishning barcha boshka funktsiyalarini tashkil etish, yulboshchilik (qiziqtirish) va nazoratni sezilarli darajada aniqlab beruvchi menejmentning muhim funktsiyasi hisoblanadi



Download 19,72 Kb.
Sana26.06.2021
Hajmi19,72 Kb.
#101868
Bog'liq
Mustaqil ish


Rejalashtirish boshqarishning barcha boshka funktsiyalarini tashkil etish, yulboshchilik (qiziqtirish) va nazoratni sezilarli darajada aniqlab beruvchi menejmentning muhim funktsiyasi hisoblanadi. Har qanday tashkilot o’z faoliyatini amalga oshirayotganda, u nimaga intilayotganini va u uchun xarakatntng qanday yo’llari eng muvofaqiyatli bo’lishi mumkinligini bilishi lozim. Shuning uchun maqsadlar va rejalar tushunchasi bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Strategik rejalash – bu tashkilotning takibi asosida uzoq istiqbolga nazar solish uchun intilishdir, ya’ni hududiy doirada qanday o’zgarishlar bo’layotganini hamda raqobatchilar hulqini baholashdir. Bu darajada rejalashning bosh maqsadi – tashkilot bozor sharoitida o’zini qanday tutadi. 

Ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda ifodalanadi) tanlangan (korporativ boskichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yunaltiriladi. Bu erda yangi maxsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha istiqbollar va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari ko’rib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, baho, reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi. 

Ichki muxit tahlili korxonaning ichki resurs va imkoniyatlarini urganishni, uning xozirgi xolati, kuchli va zaif tomonlari hamda mavjud strategiya muammolarini aniqlashni kuzda tutadi. Ichki muxit tahlili korxonaning iktisodiy saloxiyatini, uni raqobatchi korxonalar bilan takkoslashni va bozordagi egal- lab turgan mavqeini to’g’ri talkin etish imkonini beradi. Tadbirkorlik faoliyati natijalari sistematik va kompleks tahlil kilinadi. Sistematik tahlilda  doimo ozgarib turuvchi bozor muxitini tahlil qilishdan, korxonani foydador va raqobat kobil qilishni taminlash uchun tahlil kilinadi.  Har kanday korxona ozini katta kichikligiga, faoliyat yunalishiga foydador yoki zarar kuruvchi ekanligidan katiy nazar bozor muhiti bilan ozaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina korsatkich bilan, yani masalan foyda korsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U korsatkichlar tizimiga asoslanadi. Bunday kursatkichlarga - foyda, sotilgan mahsulot xajmi yoki korsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mehnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, yani korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xarakterlovchi korsatkichlar kiradi. 

 
Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqiy korsatkichlarni reja (normativ) korsatkichlariga solishtirish bolib hisoblanadi. Korxona faoliyati samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini ozaro aloqalarini, xarajatlar bilan resurslarni, shuningdek turli omillar ta`sirini 


baholashdan iborat.

Tadbirkorlik amaliyotida ikkita tahlil turini farqlash mumkin, yani: 


1. 
 

Strategik tahlil. 


2. 
 


Operativ tahlil. 


          Strategik tahlil korxonani kuchli va ojiz tomonlarini, imkoniyatlarini va xavf- xatarlarini 


anaklashga yunaltirilgandir. Strategik tahlil asosan korxonani sifat harakteristikalarini 
(tavsifnomasini) beradi. 
         Operativ  tahlil  korxonani  faoliyat  natijalarini baholashga yunaltirilgan boladi. Operativ 
tahlil mahsulot sifatini taminlashda va xarajatlarni optimallashtirishda muhim rol uynaydi, u 
resurslarni boshqarishni samarali vositasi bolib xizmat qiladi. Operativ tahlil ishlab chiqarish 
xojalik faoliyatini barcha tomon va jihatlariga taalukli bolib, quyidagilarni oz ichiga oladi:  
korxona faoliyati natijalarini tahlil qilish ishlab chiqarish xarajatlari tahlili mahsulot tahlili

Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi bozordagi raqobat kurashida ancha past baholar hisobiga yutuqqa erishishga yo‘naltirilgan. Gap past baholar to‘g‘risida emas, balki gap raqobatchilar baholariga nisbatan baholarni past darajada ushlab turish imkonini beruvchi xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida ketyapti. O‘ta past baholarda mahsulot ishlab chiqarishning ma‘nosi yo‘q, ularni hech kim sotib olmaydi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi, asosiy iste‘mol sifatlari saqlab, xarajatlari kam bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi asosida beshta ―qirrali toshlar‖ yotadi va ular hisobiga raqobat ustunligiga erishiladi. Misol uchun, o‘lchamlarning qisqartirilishi. Biznes bo‘yicha adabiyotda bunday yo‘nalish ―Xershi Qarori‖ degan nom oldi.



―Xershi‖ kompaniyasi shokolad mahsuloti bahosini tushurish uchun, uning o‘lchamlarini qisqartirish qarorini qabul qildi. Bu baho ustunligini ta‘minladi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasini qo‘llashda muvaffaqiyatga erishish uchun, barcha tashkil qiluvchi bizneslar, tashkiliy madaniyat, motivatsiya tizimi, tashkilotning strukturaviy qurilmasini qo‘shgan holda shu masalani yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tashkilot strukturasi mumkin qadar kam darajalarni tashkil qilishi va hisobot tizimi maksimal oddiy bo‘lishi, menejment va ishchi – xizmatchilar tor funksional masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.


Biznes  bilan  shug’ullanayotgan  korxonalar  faoliyati  samaradorligi,  bozor muhitiga  qay  darajada  moslashishi,  unda  faoliyat  yuritishi  bevosita  uning raqobatbardoshligiga bog’liq. Korxonalarning  rivojlanishida  raqobatning ahamiyatini  kengroq  tushunish  uchun  raqobat  ustunligi  omillarini  aniqlash  va ularni  tizimli  tartibga  solish  lozim.  Biznesda  raqobat  omillarning  tabiati,  ta’sir darajasi,  xarakteri  boshqa  tarmoqlarga  nisbatan  turlicha  bo’ganligi,  uning  bozor faoliyati  samaradorlik  ko’rsatkichlarga  kompleks  ta’sir  ko’rsatishini  nazarda tutilganda  tarmoqda  faoliyat  yurituvchi  sub’ektlarning  raqobatbardoshlik  omillarini tadqiq  etish,  ularni  tizimli  tartiblashning  ilmiy-uslubiy  asoslarini  shakllantirish dolzarbdir. Korxona  raqobatbardoshligini  baholashning  aniq  bir  tuzilmaviy  shaklini ishlab  chiqish  borasida  bir  qator  ilmiy  tadqiqotlar  mavjud  bo’lib,  biroq  bu  borada hali  bir  to’xtamga  kelinmagan.  Ilmiy  adabiyotlarda  korxonalarning  ishlab chiqarayotgan  mahsuloti,  faoliyat  turi,  iqtisodiy  faoliyati  samaradorligiga  yoki marketing  faoliyatini  qay  darajada  yo’lga  quyganligiga  ko’ra  raqobatbardoshligini baholash  uslublari  keng  tarqalgan.  Raqobatbardoshlikni  baholashning  umume’tirof etilgan  usullarida  “mahsulot  sifatini  oshirish”  asosiy  omil  sifatida  ko’riladi 28,  biroq uni  tahlil  qilishda  shakllangan  ilmiy  maktablar  tajribalari  turlicha  hisoblanadi. Yaponlar  modelida  asosiy  e’tibor  “sifat  tizimini  yangilash”  asosiy  omil  sifatida baholansa,    frantsuzlar  “marketing  faoliyatini”  qay  darajada  tashkil  etganligini, amerikacha  uslublarda  esa  ko’proq  “bozorda  etakchilik”ni  ta’minlash  yoki  “bozor ulushini  baholash”  usullaridan  foydalanadi.  Yapon  modelining  asosiy  xususiyatlari  iste’mol  talabiga  mahsulotni  qay  darajada  muvofiqligini  o’rganishga asoslansa,  fransuzlar  modelida  “marketing  bo’yicha  raqobat”  ya’ni  korxonaning marketing  faoliyatiga  ishlab  chiqarish  qay  darajada  muvofiqligi  tekshiriladi. Raqobatbardoshlikni  baholashning  amerikacha  modelining  asosiy  xususiyati  esa korxonaning  bozorda  egallab  turgan  mavqei  va  uning  bozor  imkoniyatlari baholanadi.  Evropa  Ittifoqi  mamlakatlarida  esa  raqobatbardoshlikning  eng ishonchli  ko’rsatkichi  sifatida  korxonalarning  uzoq  vaqt  davomidagi  mahsuldorligi va  samaradorligining  saqlanib  turish  qobiliyatiga  ko’ra  baholash  ko’proq uchraydi 29.  Raqobatbardoshlikni  baholash  nazariyalaridan  chetlashmagan  holda mahsulot  raqobatbardoshligi  bozor  sub’ektining  raqobatbardoshligining  asosini tashkil  etadi  degan  fikr  mukammal  raqobat  sharoitida  u  qadar  to’g’ri  emasligi  ilmiy adabiyotlarda  keng  talqin  qilinmoqda .  Shuningdek,  raqobat  nazariyalarida  tovar raqobatbardoshligi, korxona raqobatbardoshligi, tarmoq va mintaqa raqobatbardoshligi  o’zaro  bog’liq  va  bir  birini  to’ldiruvchi  bo’lganligi  sababli, ularni  baholashni  o’zaro  bog’liq  uslublarini  ishlab  chiqishni  taqozo  etmoqda .
Download 19,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish