Rejalashtirish boshqarishning barcha boshka funktsiyalarini tashkil etish, yulboshchilik (qiziqtirish) va nazoratni sezilarli darajada aniqlab beruvchi menejmentning muhim funktsiyasi hisoblanadi. Har qanday tashkilot o’z faoliyatini amalga oshirayotganda, u nimaga intilayotganini va u uchun xarakatntng qanday yo’llari eng muvofaqiyatli bo’lishi mumkinligini bilishi lozim. Shuning uchun maqsadlar va rejalar tushunchasi bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Strategik rejalash – bu tashkilotning takibi asosida uzoq istiqbolga nazar solish uchun intilishdir, ya’ni hududiy doirada qanday o’zgarishlar bo’layotganini hamda raqobatchilar hulqini baholashdir. Bu darajada rejalashning bosh maqsadi – tashkilot bozor sharoitida o’zini qanday tutadi.
Ishbilarmon yoki raqobat. Ishbilarmon strategiyalar (biznes rejalarda ifodalanadi) tanlangan (korporativ boskichda) tovar bozorida raqobat ustunliklariga erishish usulini ta’riflab beradi. Ushbu strategiya alohida tovar va xizmatlarni raqobat pozitsiyasini yaxshilashga yunaltiriladi. Bu erda yangi maxsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha istiqbollar va mavjud istiqbolsiz tovarlardan voz kechish masalalari ko’rib chiqiladi, ma’lum tovar bozori yoki bozor segmentidagi ishlab chiqarish, baho, reklama, sotish va shu kabi siyosatlar aniqlashtiriladi.
Ichki muxit tahlili korxonaning ichki resurs va imkoniyatlarini urganishni, uning xozirgi xolati, kuchli va zaif tomonlari hamda mavjud strategiya muammolarini aniqlashni kuzda tutadi. Ichki muxit tahlili korxonaning iktisodiy saloxiyatini, uni raqobatchi korxonalar bilan takkoslashni va bozordagi egal- lab turgan mavqeini to’g’ri talkin etish imkonini beradi. Tadbirkorlik faoliyati natijalari sistematik va kompleks tahlil kilinadi. Sistematik tahlilda doimo ozgarib turuvchi bozor muxitini tahlil qilishdan, korxonani foydador va raqobat kobil qilishni taminlash uchun tahlil kilinadi. Har kanday korxona ozini katta kichikligiga, faoliyat yunalishiga foydador yoki zarar kuruvchi ekanligidan katiy nazar bozor muhiti bilan ozaro harakat qiluvchi murakkab tizimdir. Korxona faoliyatini birgina korsatkich bilan, yani masalan foyda korsatkichi bilan ifodalash mumkin emas. U korsatkichlar tizimiga asoslanadi. Bunday kursatkichlarga - foyda, sotilgan mahsulot xajmi yoki korsatilgan xizmat hajmi, moddiy xarajatlar, mehnat haqi fondi, ishchilar soni va hokazolar, yani korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xarakterlovchi korsatkichlar kiradi.
Korxona faoliyatini baholashni eng oddiy usuli haqiqiy korsatkichlarni reja (normativ) korsatkichlariga solishtirish bolib hisoblanadi. Korxona faoliyati samaradorligini baholashni murakkab uslubi esa oxirgi faoliyat natijalarini ozaro aloqalarini, xarajatlar bilan resurslarni, shuningdek turli omillar ta`sirini
baholashdan iborat.
Tadbirkorlik amaliyotida ikkita tahlil turini farqlash mumkin, yani:
1.
Strategik tahlil.
2.
Operativ tahlil.
Strategik tahlil korxonani kuchli va ojiz tomonlarini, imkoniyatlarini va xavf- xatarlarini
anaklashga yunaltirilgandir. Strategik tahlil asosan korxonani sifat harakteristikalarini
(tavsifnomasini) beradi.
Operativ tahlil korxonani faoliyat natijalarini baholashga yunaltirilgan boladi. Operativ
tahlil mahsulot sifatini taminlashda va xarajatlarni optimallashtirishda muhim rol uynaydi, u
resurslarni boshqarishni samarali vositasi bolib xizmat qiladi. Operativ tahlil ishlab chiqarish
xojalik faoliyatini barcha tomon va jihatlariga taalukli bolib, quyidagilarni oz ichiga oladi:
korxona faoliyati natijalarini tahlil qilish ishlab chiqarish xarajatlari tahlili mahsulot tahlili
Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi bozordagi raqobat kurashida ancha past baholar hisobiga yutuqqa erishishga yo‘naltirilgan. Gap past baholar to‘g‘risida emas, balki gap raqobatchilar baholariga nisbatan baholarni past darajada ushlab turish imkonini beruvchi xarajatlarni kamaytirish to‘g‘risida ketyapti. O‘ta past baholarda mahsulot ishlab chiqarishning ma‘nosi yo‘q, ularni hech kim sotib olmaydi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi, asosiy iste‘mol sifatlari saqlab, xarajatlari kam bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasi asosida beshta ―qirrali toshlar‖ yotadi va ular hisobiga raqobat ustunligiga erishiladi. Misol uchun, o‘lchamlarning qisqartirilishi. Biznes bo‘yicha adabiyotda bunday yo‘nalish ―Xershi Qarori‖ degan nom oldi.
―Xershi‖ kompaniyasi shokolad mahsuloti bahosini tushurish uchun, uning o‘lchamlarini qisqartirish qarorini qabul qildi. Bu baho ustunligini ta‘minladi. Xarajatlarni kamaytirish strategiyasini qo‘llashda muvaffaqiyatga erishish uchun, barcha tashkil qiluvchi bizneslar, tashkiliy madaniyat, motivatsiya tizimi, tashkilotning strukturaviy qurilmasini qo‘shgan holda shu masalani yechishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tashkilot strukturasi mumkin qadar kam darajalarni tashkil qilishi va hisobot tizimi maksimal oddiy bo‘lishi, menejment va ishchi – xizmatchilar tor funksional masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Biznes bilan shug’ullanayotgan korxonalar faoliyati samaradorligi, bozor muhitiga qay darajada moslashishi, unda faoliyat yuritishi bevosita uning raqobatbardoshligiga bog’liq. Korxonalarning rivojlanishida raqobatning ahamiyatini kengroq tushunish uchun raqobat ustunligi omillarini aniqlash va ularni tizimli tartibga solish lozim. Biznesda raqobat omillarning tabiati, ta’sir darajasi, xarakteri boshqa tarmoqlarga nisbatan turlicha bo’ganligi, uning bozor faoliyati samaradorlik ko’rsatkichlarga kompleks ta’sir ko’rsatishini nazarda tutilganda tarmoqda faoliyat yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshlik omillarini tadqiq etish, ularni tizimli tartiblashning ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantirish dolzarbdir. Korxona raqobatbardoshligini baholashning aniq bir tuzilmaviy shaklini ishlab chiqish borasida bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud bo’lib, biroq bu borada hali bir to’xtamga kelinmagan. Ilmiy adabiyotlarda korxonalarning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, faoliyat turi, iqtisodiy faoliyati samaradorligiga yoki marketing faoliyatini qay darajada yo’lga quyganligiga ko’ra raqobatbardoshligini baholash uslublari keng tarqalgan. Raqobatbardoshlikni baholashning umume’tirof etilgan usullarida “mahsulot sifatini oshirish” asosiy omil sifatida ko’riladi 28, biroq uni tahlil qilishda shakllangan ilmiy maktablar tajribalari turlicha hisoblanadi. Yaponlar modelida asosiy e’tibor “sifat tizimini yangilash” asosiy omil sifatida baholansa, frantsuzlar “marketing faoliyatini” qay darajada tashkil etganligini, amerikacha uslublarda esa ko’proq “bozorda etakchilik”ni ta’minlash yoki “bozor ulushini baholash” usullaridan foydalanadi. Yapon modelining asosiy xususiyatlari iste’mol talabiga mahsulotni qay darajada muvofiqligini o’rganishga asoslansa, fransuzlar modelida “marketing bo’yicha raqobat” ya’ni korxonaning marketing faoliyatiga ishlab chiqarish qay darajada muvofiqligi tekshiriladi. Raqobatbardoshlikni baholashning amerikacha modelining asosiy xususiyati esa korxonaning bozorda egallab turgan mavqei va uning bozor imkoniyatlari baholanadi. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida esa raqobatbardoshlikning eng ishonchli ko’rsatkichi sifatida korxonalarning uzoq vaqt davomidagi mahsuldorligi va samaradorligining saqlanib turish qobiliyatiga ko’ra baholash ko’proq uchraydi 29. Raqobatbardoshlikni baholash nazariyalaridan chetlashmagan holda mahsulot raqobatbardoshligi bozor sub’ektining raqobatbardoshligining asosini tashkil etadi degan fikr mukammal raqobat sharoitida u qadar to’g’ri emasligi ilmiy adabiyotlarda keng talqin qilinmoqda . Shuningdek, raqobat nazariyalarida tovar raqobatbardoshligi, korxona raqobatbardoshligi, tarmoq va mintaqa raqobatbardoshligi o’zaro bog’liq va bir birini to’ldiruvchi bo’lganligi sababli, ularni baholashni o’zaro bog’liq uslublarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |