14.05.2020
|
62-63 mavzu:
Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi. Iqlimi, suvlari, tuproqlari va hayvonot dunyosi.
|
Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi Amudaryoning
qadimiy va hozirgi deltalarini o‘z ichiga oladi. Okrug g‘arbda
Ustyurt, janubi g‘arbda Òurkmaniston, sharqda Qizilqum,
shimolda esa Orol okruglari bilan chegaralanadi. Maydoni 50
ming km2 atrofida. Quyi Amudaryo okrugi janubi sharqdan shimoli g‘arb tomonga cho‘zilgan bo‘lib, shu tomon kengayib, pasayib boradi. Okrug janubi sharqda Òuyamo‘yin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km bo‘lib, kengligi bir xil emas.
Quyi Amudaryo okrugining iqlimi kontinental bo‘lib, qishi
davomli va sovuq, yozi nisbatan quruq va issiq. Okrugning
shimoliy qismi tekis bo‘lganligidan qishda shimoli sharqdan
Sibir antisikloni, shimoldan Arktika havosi to‘siqsiz kirib keladi.
|