Reja: Zamonaviy iqtisodiyot tushunchasi Zamonaviy iqtisodiyot fanining predmeti Zamonaviy iqtisodiyot fanining vazifalari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Zamonaviy iqtisodiyot tushunchasi Iqtisodiyot


Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti



Download 26,38 Kb.
bet3/4
Sana01.08.2022
Hajmi26,38 Kb.
#846207
1   2   3   4
Bog'liq
abbos iqtisod ZaIq predmeti M1

Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o’rganishdan iborat.
Iqtisodiy munosabatlar – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida vujudga keladigan turli hil munosabatlardir.
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo’lish shakllari qo’ydagilar:

  • Iqtisodiy hodisalar: ishsizlik, inqiroz, inflyatsiya, bandlik va hokazo.

  • Iqtisodiy jarayonlari: ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol va h.k.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi. Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to’laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko’rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin.
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o’z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - biri bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo’lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko’ra bilish va amaliy harakat yo’lini to’g’ri belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo’llanmadir.
«Pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g’oya, milliy mafkuradir»1. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o’zgartirish»2 vazifasini ham bajaradi .

Download 26,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish