Epikard (epikardium). Yurak devorining tashqi pardasi – epikard yupqa biriktiruvchi to’qima qatlamidan iborat. Epikardda, odatda, ma’lum miqdorda yog’ kletchatkasi bo’ladi va u qon tomirlarga mo’l. Sirtdan u bir qavat yassi hujayralar – mezoteliy bilan qoplangan.
Yurak devori toj arteriyalar hisobiga oziqlanadi. Toj arteriyalar tarmoqlanib yurak devorining uchala qavatiga yo’naladi va kapillarlarga bo’linadi. Kapillarlar qo’shilib toj venalarini hosil qiladi. Toj venalar o’ng bo’lmachaga yoki g’ovak venasi ichiga quyiladi.
Yurak tibeziya tomirlari deb ataluvchi maxsus tomirlar sistemasi bo’lib, u tomirlar bevosita yurak kameralariga tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |