Mavzu:Yosh va pedagogik psixalogiya fanining tadqiqot sohasi va muamolari
Reja:
Yosh va pedagogik psixalogiya fanining predmeti va asosiy vazifalari .
Yosh va pedagogik psixalogiya fanining fan sifatida vujudga kelishi va rivojlanishi .
Yosh va pedagogik psixalogiya fanining hozirgi kundagi ahamiyati .
Yosh va pedagogik psixalogiya fanining tadqiqot metodlari.
Hozirgi kunda, jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda ,yosh va pedagogik pixalogiya fani ta’lim jarayonida o’zining alohida o’rniga. ega.O’quvchi yoshlarni psixik jihatdan rivojlanishida ,yoshlar o’rtasidagi psixalogik taffavvutlarda ,yoshlarning ulg’ayib borishida ,pedagogik pixalogiya katta rol o’ynaydi.
Yoshning ulg’ayib borishi,psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari ,undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlaridan uning shaxsiga xos xususiyatlari ,yosh davrlari psixalogiyasi fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi .
Pedagogik psixalogiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganishdir .
Yosh va pedagogik psixalogiya insoning tug’ilgandan to umrining oxiriga qadar bo’lgan psixik holatlarini, psixalogik jarayonlarni o’rganib boradi.
Inson yoshi ulg’aygani sari undagi psixik jarayonlar ham o’zgarib ,fikrlash ,dunyo qarash ham turlicha bo’lib boradi .
Pedagogik psixalogiyaning predmeti bilim ,konikma va malakalarni chuqur egallash ,bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual farqlarni tomonlarini o’quvchilarda faol ,mustaqil va ijodiy tafakkurni o’stirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.
Pedagogik psixalogiya fanida ta’lim tarbiya natijasida , o’quvchining psixikasida yuzaga keladigan o’zgarishlarni ,o’quv materiallarining o’quvchilaring yosh darajasiga to’g’ri kelishi ,har xil ta’lim metodlari ,darsliklar ,o’quv qurollari va maktab ishlarini samaradorligini oshirishdagi psixalogik talablarning muammolari ham o’rganiladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan-o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyati xususiyatlarini ham pedagogik psixalogiya fani o’rganadi.
Yosh va pedagogik psixalogiya fanining asosiy vazifasi yosh davrlarda insonlarda kechadigan psixik holatlar ,qonuniyatlar ,psixalogik jarayonlar va ular o’rtasidagi taffavvutlarni o’rganishdir.
2.Har bir fan o’zining rivojlanish tarixiga ega va har qanday fan o’z –o’zidan paydo bo’lib qolmasligi barchamizga ma’lum. Yosh va pedagogik psixologiya fanining fan sifatida shakllanishida sharq va g’arb olimlari ham o’zlarining katta hissalarini qo’shgan .Shaxsning ta’lim va tarbiya olishida bizning qomusiy olimlarimizning asrlarini o’rni beqiyos . Bullarga :
Abu Nasr Farobiyning “Masalalar mohiyati”
Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish yodgorliklari”
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarlari
A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p asarlar shular jumlasidandir.
Bu asrlardan oziqllangan pedagogika, psixalogiya fanllari rivojlanib borgan. XVII-XVIII asrlarda g’arb va sharq madaniyatida ham pedagogik -psixologik mazmundagi asarlar diniy-axloqiy negizda yozilgan. Ma’lum uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar XVIII asrga kelibgina vujudga kela boshladi. Mashhur rus olimlaridan A.N.Gersen, N.G.Cherkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, V.G.Belenskiylarning inson kamoloti to’g’risidagi qarashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Yosh psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni I.M.Sechenov, I.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan Ribakov, K.N.Kornshlov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar amalga oshirdilar.
Yosh va pedagogik psixologiya fanining ham o’z rivojlanish tarixi bor.Bu fan alohida fan sifatida XIX asr boshlarida vujudga kelgan.
XX asrgacha yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 ta yo’nalish bo’lmagan ammo XX asrga kelib , yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada 2 ta yo’nalish vujudga kelgan .
Do'stlaringiz bilan baham: |