Reja: Yoqilg’i-energetika majmuining tarkibi, uning asosiy xomashyolari va yoqilg’i balansi



Download 0,68 Mb.
bet8/9
Sana08.02.2022
Hajmi0,68 Mb.
#434910
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O

Taraqqiyot strategiyasi: 2026-yilga borib yurtimizda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 000 MVtga yetkaziladi.
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 mlrd kub metr tabiiy gazni tejashni nazarda tutuvchi Prezident qarori loyihasi tayyorlanadi. Unda:
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga koʻra:
1. Umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan 8 ta shamol elektr stansiyasi quriladi. Jumladan:
▪ 2023-2024 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt boʻlgan 4 ta;
▪ 2025-2026-yillarda Respublika boʻylab umumiy quvvati 2400 MVt boʻlgan 4 ta shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
2. Umumiy quvvati 4 000 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Jumladan:
▪ 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 100 MVt boʻlgan 4 ta;
▪ 2024-yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan 5 ta;
▪ 2025-2026-yillarda Respublika boʻylab jami quvvati 1 800 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.
▪ 2030-yilga qadar quvvati 1 MVtgacha boʻlgan kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hajmi 1 000 MVtga yetkaziladi.
3. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini boshqarish tizimi rivojlantiriladi.
2022-2026 yillarda 8 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinlarining elektr taʼminoti yaxshilanadi.
Soʻnggi 5 yilda mamlakatimizda barcha sohalar kabi energetika sohasida ham ulkan ishlar amalga oshirildi.
Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq ushbu sohani kelgusida yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan.
Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida respublika hududlarida qariyb 80 ming kilometr magistral va taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari, 20 mingdan ortiq transformator punktlari hamda 200 dan ziyod podstansiyalar quriladi va yangilanadi.
Buning natijasida respublika boʻyicha 8 300 dan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinlarining elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi.
Eslatib oʻtamiz: 2017-2021 yillarda uzunligi 902 km magistral va 40 600 km taqsimlovchi elektr uzatish tarmoqlari hamda 12 900 ta transformator punktlari modernizatsiya qilingan.
Buning natijasida respublika boʻyicha 7,3 mingdan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinining elektr energiyasi taʼminoti yaxshilandi.
Joriy yilda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash, jumladan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Xususan, uzunligi 15 000 km boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari va 4 000 ta transformator punktlari yangilanadi va rekonstruksiya qilinadi.
Maʼlumot uchun: 2021-yilda uzunligi 15 000 km boʻlgan elektr uzatish tarmoqlari va 4 000 ta transformator punktlari yangilandi va rekonstruksiya qilindi.
Prezidentimiz tomonidan respublikamizning 4 ta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha qarorlari imzolandi. Ushbu qararlarga asosan 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt boʻlgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:
Birinchi qaror. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil 14 yanvarda “Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-85-son qarori imzolandi.
2023-yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 456,6 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Ikkinchi qaror. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-86-son qarori imzolandi.
2023-yil oktabr oyiga qadar Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Uchinchi qaror. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvarda “Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-87-son qarori imzolandi.
2023-yil oktabr oyiga qadar Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Toʻrtinchi qaror. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 14-yanvardagi “Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt boʻlgan fotoelektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-88-son qarori imzolandi.
2023-yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning “Phanes Energy Holding III B.V.” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.
Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022– 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-sonli qaroriga asosan Energetika vazirligi tizimidagi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan bir qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Jumladan, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasida jami quvvati 900 MVtga teng boʻlgan ikkita, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 1300 MVtga teng ikkita bugʻ-gaz qurilmalari hamda Toshkent issiqlik elektr markazida har birining quvvati 32 MVtdan boʻlgan ikkita gaz turbina qurilmalari (jami 64 MVt), qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Yangi quvvatlarni foydalanishga topshirish grafigi:
- Talimarjon IESda umumiy quvvati 900 MVtdan kam boʻlmagan navbatdagi ikkita bugʻ-gaz qurilmasi 2024-yilda;
- Navoiy IESda uchinchi va toʻrtinchi bosqichda har birining quvvati 650 MVt boʻlgan ikkita bugʻ-gaz qurilmasi 2024-2025-yillarda foydalanishga topshiriladi;
- Toshkent IEM da har birining quvvati 32 MVtdan boʻlgan ikkita gaz turbinasi 2023-yilda ishga tushiriladi.
Ushbu quvvatlarni joriy etish natijasida energotizimda qoʻshimcha 2 264 MVt quvvat qoʻshilib yiliga 18,0 mlrd kVt.soat elektr ishlab chiqariladi.
Qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 2,4 mlrd kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Iqtisod qilingan tabiiy gazning oʻziga bir yilda 14,0 mlrd kVt.soat elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish