Reja: Yengil atletikani rivojlanish tarixi



Download 0,87 Mb.
bet1/6
Sana12.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#657421
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOLALAR YENGIL ATLETIKASINING TURLARI(9-10 YOSH UCHUN) NI NAZARIY ASOSLARI


MAVZU: BOLALAR YENGIL ATLETIKASINING TURLARI(9-10 YOSH UCHUN) NI NAZARIY ASOSLARI
REJA:

  1. Yengil atletikani rivojlanish tarixi

  2. Yengil atletika bo’limlari

  3. Maktab yoshidagi bolalarni yengil atletika mashqlari orqali mashg’ulotlarni tashkil etish

1.Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yurish, yugurish sakrash va uloqtirishni tabiiy zarur harakatlar sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo’llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga qadar ko’p ming yillar o’tdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida engil atletika mashqlari odaml-arning mehnat faoliyati bilan bog’liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo’la boshladi. Eng boy va uzoq umrli bunday sport to’rini topish qiyin. Yengil atletika tarixini va o’tmishini bilish bu engil atletikadir. Yurish, sakrash va uloqtirish buning hammasi inson bilan birga tug’ishgandir. Birinchi o’yin va musobaqalar engil atletikadan boshlangan. Arxeologik qazilmalardan ko’rinib turibdiki, eramizdan oldin Osiyoda, Afrika, eski Misrda va yaqin Sharqda hamda Uzoq sharq o’lkalaridagi mamlakatlarida yengil atletika bilan shug’ullanganliklaridan so’z boradi. Uning qizil yulduzi qadimiy Grestiya shaharlaridan yondi. Yurish, sakrash va uloqtirish Greyiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular harbiy jismoniy tayyorgarlikda katta o’rin egalladi va qabilalar hamda diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpia o’yinlari hisoblanadi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari, o’yin o’ziga xos jismoniy mashqlar ko’p bo’lganligidan dalolat beradi. Ko’p manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish va uchkurash mavjud bo’lgani ko’rsatiladi. Birinchi Olimpiada o’yini 776 yil, eramizdan oldin bo’lib o’tdi. Uning dasturidan o’rin olgan bir xil yugurish, ya’ni bir stadiy (192 m 27 sm) yugurish bo’lib, bu yugurishni Greklar "Dromos" deb ataganlar, 724 yil eramizdan oldingi XIV olimpiadasida ikki xil yugurish (ikki aylanish) "diaulos"deb ataladi. Uning uzunligi esa 385 m ga teng bo’ladi. Start beruvchini "geroldom" deb atagan. Kim oldin, signaldan oldin chiqib yugursa startyor qattiq jazolagan. XIV Olimpiadasida uzoq masofalarga yugurishni "dolikos" (24 xil aylanish) deb ataganlar. 708 yil eramizdan oldingi XVIII olimpiadada besh kurash "Pentatlons" ya’ni u yugurish, otish va sakrashdan iborat edi. Shunday qilib qadimgi Grestiyada engil atletikaning hamma turlari keng qo’llanila boshladi. Ularning tayyorgarlik ko’rishlari hozirgi zamondagidek oldin va kuchli tayyorgarlik ko’rar edilar. Start berilib, qoidasi bo’yicha yugurar edilar. Har bir sportchi o’z yo’lkasi orqali yugurar edilar. g’oliblarni aniqlashda yarim final va final yugurishlar bo’lar edi. Uzunlikka sakrash ham olimpiada o’yinlariga kiritilgan. Greklar disk va kopeni 3 kg dan 5,5 kg gacha uloqtirar edilar. Sparta shahrida jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan sparta maktabi ochilgan u yerda mashg’ulotlar harbiycha o’tar edi. Faqatgina kuchli janglarni tarbiyalar edilar; Ular etti yoshdan shunday usullarda tarbiyalab voyaga etkazar edilar. Afina shahrida boshqacha usulda tarbiyalar edi. Bu yerda ilm va fan bilan birgalikda sport bir xil tus olgan edi. 16 yoshdan gimnaziyalarda ko’p vaqtlarini jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Bu esa ularni musobaqada aktiv qatnashganlari, greklar kuchli sportchilar etishtirib berar edilar. Oxirgi asrlarda eramizdan oldingi yillarda sportchilarning "profistional" yo’nalishlar ya’ni "gladiator" majburiy yugurishlarda odam o’ldirishga majbur qilar edi.
Yengil atletika atamasi shartli bo’lib, bu sport turiga kiradigan hamma mashqlarning tabiiy ahamiyatini yoritib bera olmaydi. Shu bilan birga yengil atletika qadimiy yunoncha “atletika” so’zidan olingan bo’lib, “mashq”, “kurash”, “bellashuv” ma’nosini anglatadi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish