Reja: Yahudiylik dining vujudga kelishi



Download 142,5 Kb.
bet2/9
Sana11.01.2017
Hajmi142,5 Kb.
#191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Yahudiylar tarixi. Falastinda (Kan’on) Misr hukmronligining ta’siri susaygan miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda bu mamlakatda bir qancha kan’oniy (xanaan)lardan tashkil topgan mayda shahar-davlatlar bo’lgan. (Kan’on (Xanaan)-Falastinning eski nomi. Tavrotda yozilishicha, Xudo hazrati Ibrohim, Ishoq, Yaqub payg’ambarlarga va’da qilgan mamlakat bo’lib, Nuh payg’ambar o’g’li Xom, uning o’g’li Kan’on naslidan tarqalgan butparast xalqlarning eri bo’lgan.

Misr asoratidan zo’rg’a qutilib kelgan Bani Isroil qabilalari Muso alayhissalomning shogirdi, undan keyin bo’lgan payg’ambar va buyuk sarkarda Yuvsha’ (Iisus Navin) alayhissalom boshchiligida miloddan avvalgi XIII asrning birinchi yarmilarida Tangri Taolo Isroil avlodlariga va’da qilgan Falastin erlariga kirib keldilar va bu erdagi mayda shahar-davlatlarda yashovchi Falastinning tub aholisi bo’lmish kan’oniylarni birin-ketin zabt etib siqib chiqara boshladilar. Bu shaharlarni egallash juda mushkullik bilan kechdi, ular kelgindilarga qattiq qarshilik ko’rsatdilar, shuning uchun ham kan’oniylarning bir qancha shaharlari, tevarak atrofida Bani Isroil qabilalari qurshovida bo’lgani holda ancha vaqtgacha mustaqil bo’lib turdi.

Kelgindi ko’chmanchi Bani Isroil qabilalari bu erlarda o’troq bo’lib er egalari-zamindorlarga aylandilar va asta-sekinlik bilan vodiylarni hamda kan’oniylarning shaharlarini birin-ketin egallab ola boshladilar.

Yangi erlarni egallab va o’zlashtirib olishda Kan’onning tub xalqi bilan olib borilgan kurashlarda Isroil qabilalarining vaqtinchalik birlashuvi va o’zaro bir-birlari bilan hamkorligi bir tomondan mustahkamlanib borsa-da, ikkinchi tomondan, Isroil qabilalarining keyinchalik bepoyon Kan’on erlarining turli tomonlariga sochilib ketib joylashib olishlari ularning bir-birlaridan ajralib, tarqalib ketishlariga ham zamin yaratdi.

Janubga, ya’ni O’lik dengizning g’arbidagi keyinchalik Yahudiya deb atalgan tlik viloyatlarga joylashib olgan yahudiylar qabilasi Falastinning shimolidagi unumdor erlarni egallab olgan Isroil qabilalarining asosiy o’zagi bo’lgan bu qabiladoshlariga qaraganda erta muqim (o’troq) bo’lib o’rnashib, ulardan ajralib chiqdi.

Falastinning tub xalqi-kan’oniylar Misr bosqichi zolimlariga qarshi tinimsiz kurashi, uzluksiz urushlar, “dengiz orti xalqlari”ning Falastinning O’rta er dengizi sohillarida yashaydigan butparast filistiylar va boshqa chet el bosqinchidarining paydar-pay hujumlaridan holsizlangan Falastinni Isroil qabilalari tomonidan bosib olinishi ancha oson va tez kechdi. (Falastin so’zi ana shu xalq nomidan olingan bo’lib “filistiylar mamlakati” degan ma’noga ega bo’lgan).

Dengiz orti xalqlari” deb nom olgan bu xalqlar miloddan avvalgi XIII-XII asrlarda ana shu O’rta er dengizi sohillariga kelib o’rnashib qolgan edilar.



Falastinga isroilliklar kirib kelganlaridan so’ng jangovar filistiylar ularga ham birday qarshi kurashni boshlab yubordilar va betinim ketma-ket hujum qilib turdilar.

Miloddan avvalgi XI asrning ikkinchi yarmida filistiylar yahudiy qabilalarining chegaraoldi viloyatlariga bostirib kirib, ularning bir necha qal’alarini qo’lga kiritdilar.

Filistiylar isroilliklarga yana bir necha og’ir zarbalar berib, Isroilning asosiy shahri Silomni qo’lga kiritdilar.

Ichki va tashqi vaziyat bani isroil qabilalarini o’zlarining yagona birlashgan davlatlarini vujudga keltirishni taqozo etdi. Milodda avvalgi XI asr oxirlarida –1049 yilda Umumxalq majlisida butun Isroilning yagona birinchi podshohi etib payg’ambar Sham’un (Samuil) tavsiyasiga binoan Ya’qub alayhissalomning o’g’li, Yusuf alayhissalomning ukasi Benyamin urug’idan bo’lgan Saul (Tolut) degan odam saylanadi.

Saul barcha Bani Isroil va yahudiy qabilalarini o’ziga bo’ysundirdi. Shundan keyin u yanada kuchayib, filistiylar ustiga bir necha bor g’olibona yurishlar ham qildi.

Ammo bir muncha vaqtdan keyin omad undan yuz o’girdi. Saulni o’zi va uning ikki o’g’li filistiylar bilan bo’lgan jangda o’ldirildi. Isroil podshohining kesilgan boshini nayzaga sanchib butun filistiylar eri bo’ylab namoyish qilib yurdilar. Uning boshsiz tanasini ilgari Misrning, endilikda filistiylarniki bo’lgan Bet-Sheana shahar-qal’asi devoriga osib qo’ydilar.

Uning o’limiga yahudiylar qabilasidan bo’lgan, Saulning xarbiy qo’mondonlaridan biri bo’lgan Dovud (David, u keyinchalik payg’ambar bo’lgan) o’rtasidagi husumat ham hal qiluvchi rol o’ynadi. Filistiylarning bahaybat, engilmas pahlavoni, qo’shin boshlig’i Goliafni yakkama-yakka jangda charm sopqonidan tosh otib o’ldirib jang taqdirini isroilliklar foydasiga hal qilib, g’alabani ta’minlab bergani uchun uning obro’-e’tibori xalq o’rtasida tobora ortib borayotganidan xavfsiragan Saul zimdan o’ldirish payiga tushganini bilib qolgan Dovud filistiylar tomoniga o’tib ketgani isroilliklarni harbiy kuchini birmuncha zaiflashtirdi. Natijada Dovud hal qiluvchi jangda ishtirok etmasa-da, sezilarli darajada zaiflashib qolgan Isroil qo’shinlarini filistiylar tezda tor-mor qilib tashladilar va yuqorida aytilganidek, Saulning o’zi va uning ikki o’g’li bu jangda o’ldirildi.

Saulning o’limidan keyin yuz bergan tartibsizliklardan foydalangan, undan norozi bo’lgan kiborlar va oddiy yahudiy xalqi, ayniqsa, yahudiy qohinlari Dovudni (1079-1009) uning o’rniga podshoh qilib sayladilar.

Dovud yaqinda zabt etilgan, yahudiy qabilalari yashaydigan hududlarda joylashgan qadimgi Ierusalim shahrini o’ziga poytaxt qilib belgiladi. Uning qarorgohi shahar yaqinidagi balan Sion (Sinay) tepaligida joylashgan bo’lib, bu tepalik tabiiy harbiy qal’a valifasini ham o’tar edi.

Birlashgan Isroil va yahudiy qabilalaridan tashkil topgan bu davlatning ikkinchi podshohi, payg’ambar hazrat Dovud alayhissalom vafotidan so’ng miloddan avvalgi 1009 yilda taxtga uning o’g’li 20 yoshlik o’g’li Sulaymon (Solomon, 1029-969) o’tirdi (keyinchalik u ham payg’ambar bo’lgan).

Sulaymon alayhissalom podshohligining oxirgi ya’ni miloddan avvalgi 960 yillarida xalq o’rtasida noroziliklar yana kuchayib ketdi. Ayniqsa, shimol tomondan poytaxt Ierusalim joylashgan qismida Sulaymon alayhissalom xizmatida yurgan, kelib chiqishi noma’lum bo’lgan Ierovoam nomli shaxs boshchiligida bu norozilik ochiqdan-ochiq isyonga aylanib ketdi.

Ierovoamni Silom shahrining mahalliy qohinlari qo’llab-quvvatladilar. Qo’zg’olon katta miqyosda bo’lishiga qaramasdan Sulaymon alayhissalom bu qo’zg’olonni bostirdi. Ierovoam esa Isroilni Yahudiyadan ajratib olishda misrliklarning yordamiga umid bog’lagan holda Mirsga qochishga majbur bo’ldi.

Mirsga esa, yonida Falastindek kuchli, yaxlit birlashgan yagona davlat qo’shni bo’lishdan ko’ra, bir-biridan mustaqil bo’lgan ikki kuchsiz davlat qo’shni bo’lishi ma’qulroq edi.

Podshoh Sulaymon alayhissalomning vafotidan keyin, miloddan avvalgi 969 yilda qadimgi odatga ko’ra, xalq majlisi tomonidan uning o’g’li Rovoam mamlakatga podshoh etib saylandi. Ammo mamlakatda tez orada yana qo’zg’olon ko’tarildi. Bu gal Ierovoam Misr fir’avni Sheshenk yordamiga tayanib o’z ishini oxiriga etkazdi. Sheshenk Ierovoam bilan birgalikda miloddan avvalgi 928 yilda birlashgan Isroil-Yahudo davlatining yangi bo’lgan podshohi Rovoamga qarshi yurish qilib Ierusalimni bosib oldi va undagi bosh ibodatxona – Ma’baddagi hazinani talon-taroj qilib o’z yurtiga olib ketdi.

Shunday qilib, 80 yilga yaqin (1005-928) yagona bir qudratli mamlakat bo’lgan Isroil va Yahudiya miloddan avvalgi 928 yildan boshlab alohida davlat bo’lib ikkiga ajralib ketdi.

Ammo Dovud alayhissalom avlodlari hukmronlik qilgan Yahudiyaga nisbatan Isroilda davlatga hukmronlik qiluvchi sulolalar tez-tez almashinib turdi. Bu sulolalardan eng kattasi Isroilning Umri degan qo’shin boshlig’i sulolasi bo’ldi. U sulolaga miloddan avvalgi 875 yil asos soldi va bu sulola qariyib 50 yil-825 yilgacha davom etdi. Uning davrida Isroil gullab-yashnadi. Ossuriya (Shom, Suriya) solnomalarida bu davrni “Umri uyi” davri deb atalgan. Bu sulolaning asoschisi o’ziga poytaht qilib Samariya shahrini belgiladi. Bu shahar mamlakatning o’rtasida, hosildor vodiyda bo’lib, strategik tomondan balandlikda joylashgan bo’lib, uni qudratli qal’aga aylantirish oson bo’lganligidan hukmdor bu shaharni o’ziga poytaxt qilib tanlagan edi.

Isroilning hukmron doiralari aholini toboro kambag’allashib borayotgan qismini qullikka, asoratga tushirish va ularni kunbay ishlaydigan mardikorlar, qarzdor-qullarga aylantirish siyosatini yurgizdilar. Natijada Isroilda aholini qo’shimcha ko’ngillilardan iboart bo’lgan xalq lashkarlari etkazib beradigan qismining soni keskin kamayib ketdi. Bu orada Ossuriyaning siqib kelishi juda kuchayib ketdi, natijada miloddan avvalgi 722 yilda Samara quladi. Ossuriya tomonidan uzil-kesil zabt etildi. Isroil davlati yo’q qilindi.

Ossuriyaliklar yuz minglab odamlarni asir qilib haydab olib ketdilar va ularning o’rniga o’zlarining bepoyon mamlakatlarida yashab turgan aholini olib kelib joylashtirdilar.

Isroilning qismati Yahudiyaga ham xavf solib turardi. Miloddan avvalgi VIII asr oxirlarida Yahudiya podshohi Xizqiya (Ezekiya) Ierusalimda ossuriyaliklar qamalida qoldi. Miloddan avvalgi VII asrning oxirlarida Ossuriyaning halokatidan so’ng Bobil, Misr bilan raqobatlashib Ossuriyaga qarashli Old Osiyo davlatlarini birin-ketin bosib ola boshladi.

Miloddan avvalgi 597 yilda Bobil Yahudiyani o’ziga butunlay bo’ysundirdi. Misrning Yahudiyaga yordam berishi ham foyda bermadi. Yahudiya zodagon aslzodalarning bir qismi Vaviloniyaga olib ketildi.

Shunday qilib Isroil davlati miloddan avvalgi 722 yilda Ossuriya tomonidan, Yahudiya davlati esa qariyib 136 yildan keyin, ya’ni 586 yila Bobil tomonidan bosib olindi. Yahudiya o’zining engilishiga toqat qila olmadi. Misrning homiyligiga umid bog’lab zimdan yangi urushga tayyorlana boshladi va pirovardida miloddan avvalgi 590 yilda Bobil bilan yana urushni boshlab yubordi. Bobil armiyasi yahudiylarning Ierusalimdan tashqarid agi barcha harbiy kuchlarini tor-mor keltirib, Ierusalimni qamal qildi. Yahudiya zodagonlari qo’shin safini to’ldirish maqsadida qarzdor qullarni ozod qildilar, ammo bu tadbir ham yahudiylar qismatiga qarshi yordam bera olmadi va natijada miloddan avvalgi 586 yilda Yahudiya quladi, ya’ni Isroil singari davlat sifatida batamom yo’q qilindi.

Yahudiy xalqining deyarli barcha mulkdor qatlamlari, hunarmandlar, hatto kambag’al aholini bir qismi ham Bobilga haydab olib ketildi. Aholining bir qismi esa Misrga qochdi.

Midiya va Lidiyani butunlay, hamda Kichik va O’rta Osiyodagi ko’p davlatlarni bosib olgan Ahamoniylar (Eron) sulolasining birinchi podshohi Kayhusrav (Kir II) miloddan avvalgi 538 yilda Mesopotamiya va Bobilni o’ziga bo’ysundirgach, yahudiylarga Ierusalimni qayta tiklashga ruxsat berdi (Mirsga qarshi kurashda Ierusalim o’ziga tayanch nuqtasi bo’lishini o’ylagan bo’lsa kerak!).

Bobilga olib ketilgan bir necha ming yahudiy oilalarni miloddan avvalgi VI-V asrlarda yana Ierusalimga qaytardi. Hatto Ierusalim shahri va undagi bosh ibodatxona-Ma’badni tiklash uchun suriya-falastin viloyatlaridan tushayotgan daromad hisobiga birmuncha mablag’ ham ajratdi.

Kayhusrav yahudiylarga shunday yaxshiliklar qilsada, ammo ularning yanada kuchayib ketib kelgusida o’zining davlatiga xavf solishi mumkinligidan ularni o’z qo’lida mahkam tutib turdi. Shu bois ham shahar va ibodatxonaning qayta tiklanishi uzoq davom etdi va u miloddan avvalgi V asr oxirlari va IV asr boshlarida qurib bitkazildi.


Download 142,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish