2. Buzilgan fayllar va disklarni tiklash
Magnit disklarni ishlatishda ko’pincha fizikaviy va mantiqiy buzilishlar uchrab turadi va bular axborotlarni xato o’qilishiga olib keladi.
Fizikaviy kamchiliklar (FD) mexanik ta`sirlar, magnit maydoninng ta`siri, magnit katlamining eskirishi va boshka sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. FD ning paydo bo’lishi ba`zi sektor va klasterlarni ishga yaroksiz xolga keltiradi va bu faylni to’lik tiklab bo’lmaydi.
Mantikiy kamchiliklar diskning sistema soxasining zararlanishi tufayli kelib chiqadi. Bularga bo’limlar jadvali (tabl. razdelov), fayllar joylashuv jadvali (FAT), yuklovchi sektor (zagruzochniy sektor), kataloglar va boshkalar kiradi.
Bunday buzilishlar tok manbaining to’satdan o’chirilishi, xato ishlovchi dasturlarning to’xtab qolishi, kompyuter viruslari ta`sirida sodir bulishi mumkin.
3. Diskka xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
Buzilgan fayllar va disklarni tiklash uchun Chkdisk, Scandisk, DEFRAG utilitlari va NDD dasturlari ishlatiladi.
Magnit disklardan foydalanish vaqtida, ularning ish faoliyatlarida ayrim kamchiliklar yuzaga keladi. Fayllarni yozish va o’qish amallari bajarilmay qoladi, bu albatta disklarning fizik va mantikiy buzilishlaridan kelib chiqadi. Disklardagi mantiqiy va fizik buzilishlarni davolash uchun Norton Disk Doctor (NDDD) utiliti ko’llaniladi.
NDD dasturi avtomatik tarzda disklarni tashxis qiladi va buzilgan disklarni davolaydi.
Diskka tashxis qo’yish - diskning xolatini xar tomonlama taxlil kilish va ulardagi mantikiy buzilishlarni aniqlashdir.
Tashxis jarayoni maxsus testlar orkali olib boriladi. Diskdagi buzilishlarni aniqlagani haqida NDD foydalanuvchiga ma`lumot beradi.
Dasturni chaqirish va uni faollashtirish uchun NDD.EXE buyrug’idan foydalaniladi.
Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan ko’pincha Windows dan noto’gri chiqqanda (Kompyuterni Pusk\Zavershenie rabotы\Vыklyuchit kompyuter ketma-ketligidan o’chirilmaganida) foydalaniladi. Buning uchun Pusk/Programmы/Standartnыe/ Slujebnыe programmы qism menyusida Proverka diska (Scan Disk) bo’limi nomi «sichkoncha» bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot oynasi xosil bo’ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo’lgan nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki – Standart (Standartnaya) yoki to’liq (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan kerakligi va xatoliklarni avtomatik to’grilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) xolati tanlanib, Zapusk tugmasi bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |