Reja: Xatlar tuzilishida dizaynning qanday o`rni bor


Oltinchi qadam: xat tugashi



Download 44,96 Kb.
bet4/9
Sana17.07.2022
Hajmi44,96 Kb.
#812000
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
22-MAVZU. XATLAR TUZILISHIDA DIZAYNNING QANDAY O`RNI BOR.

Oltinchi qadam: xat tugashi
Yakunlovchi paragraf - bu narsalarni yakunlash uchun sizning imkoniyatingiz. Bir nechta narsani eslatib o'tadigan prefektura vaqti. Qabul qiluvchiga ular bilan gaplashishni istaganingizni eslatib, qanday qilib buni aytib berishingiz mumkin.
Ex. Menga bir oz vaqt qo'ng'iroq qiling, men sizdan xabar olishni xohlardim, imkoningiz bo'lganda menga elektron pochta orqali xabar yuboring
Paragrafdan har qanday xayrlashish uchun savollar berish uchun foydalanishingiz mumkin.
Ex. Fluffy voqea sodir bo'lganidan keyin qanday edi? Jenni hanuzgacha mendan g'azablanadimi? To'yga etib bora olasizmi?
Shuningdek, siz o'zingizning maktubingizni o'qish uchun vaqt ajratgani uchun o'quvchiga minnatdorchilik bildirishingiz mumkin (agar siz o'zingizni juda xushmuomala yoki rasmiy his qilsangiz). Yodingizda bo'lsin, odamlar o'qiganlarini ko'p esda saqlashga moyildirlar, shuning uchun agar sizda bir-biridan ajralib turadigan xayrlashuv sharhlari bo'lsa, ularni yozish vaqti keladi.
Ex. Agar siz to'yga kelmasangiz, men sizning kuyovingizni orqangizdan yuborishim kerak, va u katta!
Shaxsiy xatlar-kishilar o’rtasidagi fikr mulohazalarni, ichki his tuyg’ularni, dard alam, hayotiy kechinmalarni bayon qilishda keng qo’llaniladi.
Shaxsiy xatlar badiiy adabiyotlarda keng qo’llaniladi.
Shaxsiy xatlar rasmiy xatlardan quyidagi belgilari bilan farq qilinadi.
Rasmiy xatlarda zaruriy qismlari mavjud bo’ladi.
Shaxsiy xatlar esa quyidagicha yoziladi.A.Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanidagi Otabekning Mirzakarim qutidor yozgan ushbu xatini keltiramiz.
Muxtaram qayn otamizga!
Siz bilan meni qorong’u zindonlarga tushirib dor ostilarigacha toprtgan buning ila o’zining vaxshiyona tilagiga yeta olmagan keyin mrning tilimdan soxta taloq xati yozib darvoza yonidagi haydattirishiga muvaffaq bo’lgan va bir gunohsizniu shahid etgan Homid ismli bir to’ng’izni nihoyat ikki yillik sargardonlik so’ngida yordamchilari bilan tuproqqa qorishishga muvaffaq bo’ldim... Sizni shonli hovlingizni yonida voqe bo’lgan bu kurash albatta sizni va uy ichingiz ham yor do’stlaringizni anchagina tinchsizlikka qo’ygan bo’lsa kerak... Sizdan bu ulug’ gunohi uchun avf so’rab haydalgan o’g’lingiz- Otabek Yusufbek hoji o’g’li??
Xatdan ko’rinib turibdiki ikki yillik hijron azobini boshidan o’tkazgan qanchadan-qancha voqealar bayon etilgan.
Bizga ma’lumki Navoiy davrida ham xatlarning o’rni juda katta bo’lgan.
Navoiy Husayn Boyqaroga yozgan xatlarida, mamlakatni idora qilishning o’sha zamon uchun eng ajoyib va demogiratik usullarni tavsiya qiladi.Mazlumlarning arzu dodiga yetish, zolimlarni ish boshidan haydash, maktablar ochish, mamlakat iqtisodiyotini oyoqqa bostirish uchun savdo ishlarini rivojlantirish, poraxo’rlarga qattiq jazolar berish, fisq majlislarga hirs qo’ymaslik, qimorxona, ichkilikxonalarni yopishni talab qiladi. Navoyining shu xatlardan ba’zi namunalarni ko’raylik.
“Erta bilan xaramdan chiqqach, devonda o’tirib dodhox surilsa dog’i dodhox surarda o’zlik bilan mashg’illik qilinsa, agar mazlumga birovdan zulm o’tgan bo’sa zolimlarga mujibu intihoh bo’lsa”.
“Atrof- javonidan dog’i elning ariza doshti kelsa bor uzanur elni ko’p to’xtatilmasa. Har qaysisiga o’z holiga ko’ra iltifot qilinsa”.
“Yana ulkim, Majlis qurib chag’ir icharga ko’p hirs ko’rsatilmasa”.
“Ov va qushga mashg’ullik qilmoq ko’p bo’lmasa”.
“Devonbeklarga hukm qilinsakim, har kun devonda o’tirib, musulmonlar ishini bitirsalar”.Bu kunki ishni tonglag’a qo’masala”.
“Shaharni idora qilish ishiga yaxshi e’tibor qilinsa.Andohkim, sharobxona, baytullutf, qimorxona bularga o’xshash nomashru ishlarni man qilinsa”.
Xatlar juda xilma-xil bo'lib, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjat sanaladi. Xat orqali bajariladigan masalalar ko'lami juda keng bo'lib, bunday yozishmalar vositasida turli ko'rsatmalar so'rovlar javoblar tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi.
Xatlar rasmiy va shaxsiy bo'lib ulardan quyidagi o'rinlarda foydalaniladi.
Rasmiy xatlar tashkilotda ish yuritish jarayonida qo'llaniluvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatab 80% ni tashkil etadi.
Xizmat xatlari xususiyatlarga ko'ra o'zaro farqlanadi.Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo'lish mumkin.
1 Javob xatni talab qiluvchi xatlar(da'vo xatlar, so'rov xatlar, iltimos xatlar)
2 Javob xatni talab qilmaydigan xatlar(ilova xat, eslatma xat,tasdiq xat, axbarot xat, kafolat xat va boshqalar).
Ushbu xatlar ma'lum bir maqsadda yoziladi: kafolat xatlarda-kafolatberish ifodalansa , ilova xatlarda-xatga ilova qilinayotgan hujjatlar haqida axborot beriladi.Biroq shunday xatlar borki aynan bir xat mazmunidaham kafolat berish ham iltimos, ham eslatish ma'nolari ifodalaniladi.
Rasmiy xatlar bosma ish qog'ozlariga yoziladi. Xat agarda oddiy qog'ozga yozilsa uning chap tomonidagi yuqori burchagiga xat jo'nataytgan muassasa nomi ko'rsatilgan to'rtburchak muhr qo'yiladi.
Har qanday rasmiy xati mantiqiy jihatdan o'zaro bog'liq uch qismdan iborat bo'ladi.
Xatning birinchi (kirish) qismida, odatda xat bilan tegishli muassasaga murojaat qilishga majbur etuvchi asosiy sabab ko'rsatiladi.
Ikkinchi qismida xatda qo'yilayotgan masalani hal qilish zarurligi dalillar asosida bayon qilinadi.
Xatning uchinchi (xulosa) qismida esa xat yozishdan ko'zlangan asosiy maqsad ifodalaniladi.
Qoidaga ko'ra xizmat xatlari bir betdan oshmasligi lozim.
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi.
Birinchi nusxa jo'natilib ikkinchi nusxa muassasaning o'zida saqlanadi.
Xizmat xatlari matnidan so'ng xatga imzo chekuvchi rahbar lavozimining nomi aniq ko'rsatilishi kerak.
Hujjat muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Xatda bayon qilingan masalalar bo'yicha javobgarlik bir necha shaxs zimmasiga yuklatilgan bo'lsa imzolar soni ikki va undan ortiq bo'lishi mumkin.
Xizmat xatlari vazifasi va mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi.
Hozir shulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz.
Xizmat xatlari quyidagi zaruriy qismlarni o'z ichiga oladi.
1.O'zR ger .
2.Muassasaning ramziy belgi(emblema)si.
3.Mukofotlar.
4.Vazirlik,boshqarma ismi.
5.Tashkilot nomi.
6.Bo’linma nomi.
7.Tasniflagich bo’yicha hujjatning xos raqami.
8.Muassasaning xos raqami.
9.Pochta telegraf adresi, bankdagi hisob-kitob raqami.
10.Sana.
11.shartli raqam(indeks).
12.Kelgan hujjat shartli raqami.
13.Hujjatning kelish sanasi.
14.Hujjat jo’natiladigan adres(xat oluvchi muassasaning nomi).
15.Munosabat belgisi(rezolutsiya).
16.Nazorat haqida belgi.
17.Matn sarlavhasi(xatning qisqacha mazmuni).
18.Matn.
19.Ilovalar haqida belgi.
20.Imzo.
21.Rozilik belgisi(viza).
22.Kelishuv haqida belgi.
23.bajaruvchi haqida belgi va uning telefon raqami.
Axborot xat namunasi.

Darsliklar bilan ta’minlash haqida.
“O’qituvchi”nashriyoti o’zbek tilida o’quvchilar uchun quyidagi darsliklarni nashrdan chiqarilganligini sizga ma’lum qiladi:
“Jahon tarix”-7-sinf uchun
“Jahon tarix”-10- sinf uchun
“Umumiy biologiya”10-11-sinflar uchun
K.Abdullayev.”Yozishni o’rganamiz”.
Ushbu darslik va kitoblarni yetkazib borish uchun tegishli nusxada buyurmalr qabul qilinadi.
Ulgurji xaridorlarga darsliklarni sotib olishga chegirma (skedka)beriladi.
Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar, yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi.

Download 44,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish