Reja: Xarakter shakllanishi


Xarakterning fiziologik asoslari



Download 46,81 Kb.
bet2/11
Sana06.02.2022
Hajmi46,81 Kb.
#432798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XARAKTER

Xarakterning fiziologik asoslari.


Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sharoitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o‘rtasidagi o‘xshashlik bo‘yicha taxminiy xulosa chiqarishdir. Ma’lumki, I. P. Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e’tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqatlanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta’sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo‘zg‘ovchiga javoban ikki xil dinamik stereotiplar hosil bo‘lishi mumkin. Harakat stereotiplar va so‘lak ajratishdan iborat ijobiy va tomozlanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilish sharoitida esa qo‘zg‘ovchilarning o‘ziga mudofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko‘chish mexanizmi deyiladi. Ko‘chish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog‘liq tarzda markaziy nerv tizimida har xil funksional holat paydo bo‘ladi, chunonchi, ovqatlanishda ovqatlanishning markazlarida kuchli qo‘zg‘alish yuzaga keladi va bunda ovqatlanish bilan bog‘liq dominanta tug‘iladi. Teriga elektr toki bilan ta’sir qilishda mudofaa bilan bog‘liq harakat markazlari kuchli qo‘zg‘alishi tufayli muhofaza (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakterining xislatlari namoyon bo‘lishi bilan o‘xshashligi mavjud: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun stereotip xususiyatga ega; 2) sharoitga bog‘liq holda odamlarda va hayvonlarda bir qo‘zg‘ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaksiyalar tizimi vujudga keladi; 3) funksional holatlar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb etadi. Funksional holatlar hosil bo‘lishining tashqi omillariga asoslanib, xarakter xislatlari shakllantirishning fiziologik sharoitlaridan biri - ko‘chish mexanizmi asosida dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog‘liq nerv tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharoitga nisbatan turlicha munosabatiga aloqadordir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchi munosabati o‘zgartirilsa, unda nerv jarayonlarining qo‘zg‘aluvchanligi, harakatchanligi, to‘xtalishi kuchayadi, demak, nerv tizimining funksional holati o‘zgaradi. SHunday qilib, xarakter xislatlarining asosi, ko‘chishi mexanizmi insonlarda hayvonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signallar tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xarakter xislatlarining namoyon bo‘lishi bilan nerv tizimi qiyoslansa, u holda birinchisining ro‘yobga chiqishi o‘zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko‘rish mumkin. Sobiq sovet psixologiyasida ta’kidlanishicha, nerv tizimi umumiy tipining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi. B. M. Teplov, V. S. Merlin, E. A. Klimovlarning tadqiqotlarida, o‘qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari aniqlangan. Xuddi shu bois xarakter xislatlari paydo bo‘lishining o‘zgacha fiziologik sharoiti nerv tizimi umumiy tipining xususiyatlari hisoblanadi. Ma’lumki, nerv tizimining umumiy tipi - bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. SHuning uchun temperament tipi xarakterning individual o‘ziga xos xislatlarining ro‘yobga chiqishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri bo‘lib hisoblanadi. I. P. Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi ta’sir hukm surganda nerv tizimi umumiy tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.



Download 46,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish