Badiiy adabiyot. XV asrning birinchi yarmida Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy kabi shoirlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar, uning ikkinchi yarmi asosan Alisher Navoiy davri bo’lib tarixga kirdi. Hirot birgina Xurosonning emas, butun turkiy dunyoning muhim madaniy-adabiy markaziga aylandi. Ayni paytda, turk va fors adabiyotlari o’rtasidagi o’zaro ijodiy bahs hamkorlik davom etdi. Har ikki tilda ijod qilish an’anaga aylana bordi.Alisher Navoiy fors tilini juda yaxshi bilar, uni butun nazokati bilan egallagan edi. Bu tilda «Foniy» taxallusi bilan ajoyib g’azallar, qasidalar yozdi, devon tuzdi. Forsigo’y zamondoshlarining, jumladan, Abdurahmon Jomiy va Kamoliddin Binoiylarning olqishiga sazovor bo’ldi Lekin, ayni paytda, o’z ona tili va adabiyotining ravnaq va taraqqiyoti uchun xizmat qilishni umrining asosiy mazmuni deb bildi. «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida o’z xalqining ijodkor ziyolilarini ona tillarida yozishga da’vat etdi. O’zi esa millat va vatanga xizmat qilishning buyuk namunasini ko’rsatdi. Turkiy va forsiy adabiyotlarning ikki buyuk namoyandasi bo’lgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bir davrda yashab ijod etdilar. Abdurahmon Jomiy (t414 1492) Navoiyning ustozi, do’sti, hamkori edi. U Navoiyga buyuk muhabbat bilan qaradi, she’rlarini g’oyat yuksak baholadi, o’zining ko’pchilik asarlarini yozishda undan qimmatli maslahatlar oldi. Navoiy ham bu do’stlikning qadrini nihoyatda baland tutdi. Jomiy vafot etganida aza egasi bo’lib, marhumning o’g’li Ziyovuddin Yusufning yonida turdi, shahar va mamlakat ulug’larining ta’ziyasini qabul qildi. Keyinroq ustozi haqida «Xamsat ul-mutahayyirin» («Besh hayrat») nomli acap yozdi. Navoiy va Jomiy munosabatlari Xuroson va Movarounnahrning ikki qadim xalqi — bugungi o’zbeklar va tojiklar hamkorligining XV asrdagi timsoli edi.
Adabiyot XV asrning ikkinchi yarmida hap tomonlama rivojlandi. Unga, avvalo, hikmat va san’at tajassumi deb qaraldi. Bunga ko’ra, har bir she’r, poetik so’z, birinchi navbatda, yuksak fikrga suyanmog’i lozim edi. Masalan, Navoiy: «Nazmla ham asl anga ma’ni durur»,— deb yozadi. Demak, «ma’no («ma’ni») she’r («nazm») ning mag’zi» («asl»)lir. Ba bu fikr go’zal bir shaklda berilishi kerak. Boshqacha aytganda, ma’noli gap san’atkorona aytilsin. Shoirlarimiz Sharq she’riyatidagi barcha janrlardan foydalandilar. Masalan, Alisher Navoiyning she’riy merosida 16 xil janr uchraydi. Bular g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy, qasida, ta’rix, muammo, mustazod, fard, tarkibband, tarje’band, muvashshah, murabba’, muxammas, musaddas kabilardir. Bular barchasining mavqei bir xil emas, albatta. Bular orasida, shubhasiz, eng keng tarqalgani g’azal bo’ldi. Devonlarda asosiy o’rinni g’azal egalladi. G’azal VIII-IX asrlarda arab adabiyotida maydonga kelgan bo’lib, ishqiy she’r degan ma’noni anglatadi. U X acpda fors adabiyotiga o’tdi. Rudakiy uning ajoyib namunalarini yaratdi. XIV acp boshlarida u turkiy adabiyotga kirib keldi. Uning dastlabki namunalari Rabg’uziyla uchraydi. Uni yuksak bosqichga ko’targan Alisher Navoiy bo’ldi Uning «Xazoyin ul-maoniy» sidan 2600 g’azal o’rin olganki, bu bejiz emas. Maqsud Shayxzoda Navoiyni «g’azal mulkining sultoni» deb atagan edi. Buyuk shoir ustoz g’azalnavislar haqida so’zlar ekan, uch nomni alohida ehtirom bilan tilga oladi. Bular Xusrav Dehlaviy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy. Navoiy fikricha, ulardan har birining o’z yo’li, o’z uslubi bor. Xusrav Dehlaviy o’z fikrini mo’jizaviy bayon qiladi. Xofiz Sheroziy hur fikri, ehtirosli so’zi bilan o’likka jon ato etguvchidir. Abdurahmon Jomiyning har satridan ilohiy bir donish-mandlik ufurib turadi. Navoiy she’ri esa, o’zi qayd etganidek, bu uchala jihatni qamrab olgan edi. Ruboiy takomil topdi. Navoiy va Bobur bu janrning betimsol namunalarini yaratdilar. Ayniqsa, muammo janriga alohida e’tibor berildi. Muammo arabchada «ko’r qilingan», «berkitilgan» deganidir. Uning asosiy xysusiyati biror fikr, nom yoki shunga o’xshash biror narsaning yashirib berilishidir. Ko’pincha muammo ikki ma’no asosiga quriladi. Birinchisi — tashqi, chalg’ituvchi ma’no, ikkinchisi ichki — asosiy ma’no.
Sharq adabiyotidagi xamsachilik ananalari davom ettirildi. Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy izidan borib. birinchi marotaba turkiy tilda «Xamsa» yaratdi. U birgina XV asrning emas, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotining eng muhim hodisasi edi.
Adabiyotlar:
S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007
B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001
B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006
B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005
Do'stlaringiz bilan baham: |