Reja: Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining umumiy qoidalari



Download 113 Kb.
bet3/12
Sana08.02.2022
Hajmi113 Kb.
#436812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi xususiyatlari

Birinchi guruh normalarga – jazo turi, jazo tayinlash, jazodan shartli ozod qilish, javobgarlik va sudlanganlik muddatini belgilovchi normalar;
Ikkinchi guruh normalarga – jazoni o`tash kalloniyasi turlarini belgilovchi, tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov choralari kiradi.
2001 yil 29 avgustda O`zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq VI-sessiyasida jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar jazo sanksiyalarining yengillashuviga, jazo muddatlarining kamayishiga, ozodlikdan mahrum qilish, qamoq jazolarining kamroq belgilanishiga olib keldi. Jinoiy jazolar tizimidagi bunday islohotlar voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda muhim ahamiyatga ega.
Kriminologik tadqiqotlar, statistik ma`lumotlar shundan dalolat beradiki, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish, qamoq, va umuman jamiyatdan ajratish bilan bog`liq bo`lgan jazolarning qo`llanishi salbiy natijalarni bermoqda va kelajakda retsidiv jinoyatlarni ko`payishiga zamin yaratmoqda. Voyaga yetmagan shaxslarning jinoyat sodir etishining oldindani olish masalasi Respublikamizda barchani o`ylantirayotgan eng og`riqli, achinarli va dolzarb muammolardan biridir. Chunki kelajagimiz, yosh avlodning barkamolligi bilan bog`liqdir. Ularni tarbiyalash, jamiyat uchun foydali, ma`naviy sog`lom qilib yetishtirish har birimizning burchimizdir. Shu o`rinda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablariga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, voyaga yetmagan shaxslarni jinoyatga yetaklaydigan sabab va shart-sharoitlar quyidagilardan iboratdir:
1) aholi turmush darajasining pasayishi;
2) ota-ona, tarbiyachilar, maktab, internat va boshqa muassasalarda bolalar tarbiyasi bilan yetarli darajada shug`ullanmaslik, tarbiyaviy, profilaktik tadbirlarning o`tkazilmasligi. Masalan, 1999-yilning birinchi yarmida jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar 1105 kishini tashkil etib, 372 tasi (33.6%) hech qayerda o`qimagan, 110 tasi mast holatda jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslardir.
3) oila, maktab va o`quv muassasalarida nazoratning sustligi;
4) voyaga yetmagan shaxs yashayotgan, o`qiyotgan mikromuhitdagi kriminologik sharoit;
5) maktablarda yuristlar va psihologlarning faoliyat olib bormasliklari;
6) oilalardagi ajrashib ketish, ota yoki onalik huquqidan mahrum qilish holatlarining yuqoriligi. Masalan, 1999-yilning birinchi yarmida voyaga yetmagan sudlanganlar 1105 kishini tashkil etib, shulardan 258 (23.3 %) tasi ota-onasiz tarbiyalanganlardir;
7) bosqinchilik, o`g`rilik kabi jinoyatlarga voyaga yetmagan shaxslarni jalb qilish holatlarining tez-tez uchrashi;
8) axloqqa qarshi jinoyatlar, ya`ni voyaga yetmagan shaxsni g`ayri-ijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar qilish, pornografik narsalarni tayyorlash va sotish, fohishaxona saqlash yoki qo`shmachilik qilish kabi jinoyatlarning sodir etilib turilishi;
9) jazoni o`tab chiqqan voyaga yetmagan shaxslarni o`z holiga tashlab qo`yilganligi, ish bilan band qilishning sust darajada olib borilishi;
10) huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan militsiya, mahalla posbonlariga voyaga yetmagan shaxslar bilan ishlash, tarbiyaviy, profilaktik choralarni ko`rish, ishga joylashtirish tadbirlari o`tkazish vazifasini yuklovchi huquqiy hujjatlarning mavjud emasligi, mavjud bo`lgan huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlovchi mexanizmning yo`qligi va hokazolar. Statistika ma`lumotlariga e`tiborni qaratadigan bo`lsak, birgina 1999-yilning birinchi yarmida sudlangan voyaga yetmaganlarning 73 tasi(6.6 %;) ichki ishlar organlarida hisobda turganlar.
Statistik ma`lumotlarga ko`ra 1999-yilning birinchi yarmida sudlanganlarning soni 28540 ta bo`lib, shulardan 1105 tasini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. Ya`ni umumiy sudlanganlarning 3.9 foizi. 2000-yilning birinchi yarmida esa 29466 ta shaxs sudlangan bo`lib, shulardan 1156 tasini voyaga yetmaganlar tashkil qiladi. Ya`ni umumiy sudlanganlarning 4 foizi. Shundan 1999-yilning birinchi yarmida 58 ta, 2000 yilniing birinchi yarmida esa 56 ta qiz bolalar sudlangan. Bu 1999-yil birinchi yarmida sudlangan voyaga yetmaganlarning 5.2 foizini, 2000-yilda esa 4.8 foizini tashkil etadi.3[154]
O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1996-yil 19-iyuldagi 16 sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risidagi» qarorida voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolarning samaradorligiga e`tibor berish lozimligi aytilgan. Shu bilan birga og`ir jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam sudlangan, huquqni buzganlik uchun ichki ishlar organlarida hisobda turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda qat`iyatsizlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi. Sudlar voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari yuzasidan dastlabki tergov ishlarini sifatli va puxta olib borilishini, voyaga yetmaganlarning shaxsini ifodalovchi ma`lumotlarni, ularning yashash sharoiti, tarbiyasi, jinoyat sodir qilish motivlari, jinoyat sodir qilishga olib kelgan sharoit va sabablar to`la va har tomonlama aniqlanishini talab qilishlari lozim Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishida katta yoshdagilarning ta`siri, ularning jinoyat yoki boshqacha huquqbuzarliklarga jalb qilinishining sabablarini batafsil aniqlash kerak, deb ta`kidlangan

Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish