Shunga ko‘ra, bu ma’lumotlar quyidagilarni o‘zida ifodalashi lozim:
indikativ, ya’ni uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishidagi o‘ziga xos jihatlar va yo‘nalishlar xususidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirishi;
taktik, ya’ni doimiy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlarining amaliy faoliyatlarida zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
ctrategiya nuqtai nazaridan, ya’ni eng muhim axborotlar sifatida uyushgan jinoyatchilikning shakli va uning tashkiliy tizimiga xos bo‘lgan hamda tegishli tarzda to‘plangan va tahlil etilgan ma’lumotlar;
isbotlovchi, ya’ni tekshirilgan va sud jarayonida dalil-isbot sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar.
Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik ko‘p jihatdan ichki ishlar organlarining operativ qidiruv faoliyati bilan uzviy bog‘langandir. Shuning uchun ham ularning oldini olishda operativ qidiruv profilaktikasini qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Eng muhimi, uyushgan jinoyatchilik va ularning yo‘lboshchilari xususida Ichki ishlar vazirligi va uning tizimiga kiruvchi barcha xizmat sohalari, boshqarma va bo‘limlari olib boradigan barcha axborotlarni mar- kazlashgan holda jamlash lozim. Chunki bu kabi axborot markazi o‘z vaqtida har bir xizmat sohasi, boshqarma va bo‘limlar uchun zarur axborotlarni o‘z vaqtida topishga katta yordam beradi. Shu jumladan, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan axborotlar ham ushbu markazga kiritilishi lozimligini unutmaslik zarur.
Albatta, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, birinchi navbatda, davlat boshqaruvining barcha yo‘nalishlari faoliyatida qonunchilikning to‘liq ta’minlanishiga rioya etishni talab etadi va shu orqali poraxo‘rlik, davlat, uning ijro organlari va ayniqsa ichki ishlar organlarida korrupsiyaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bunda mamlakatda amalga oshiri- layotgan siyosiy tizimni isloh qilish, demokratiya va oshkoralikni yo‘lga qo‘yish alohida ahamiyatga egaligini e’tiborga olmoq darkor.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining tutgan o‘rni o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda gaze- talarda bir qator maqolalar, televideniye va radio orqali maxsus ko‘rsatuv hamda eshittirishlarda uyushgan jinoyatchilik va uning fosh etilishi yuzasidan muntazam ravishda ma’lumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, internet tarmoqlari orqali ham xalqaro miqyosdagi uyushgan jinoyatchiliklar xususida ko‘plab ma’lumotlarni olish mumkin. To‘g‘ri, bu kabi ma’lumotlar nafaqat xabar berishi, balki ommaning bunday unsurlarga nisbatan ma’naviy jihatdan xulosa chiqarishlariga imkon yaratishi lozim va shu orqali jinoyatchilikning ildizi ayrim ijtimoiy guruhlar ongidagi salbiy ruhiyatga borib taqalishini ochib berish lozim.
Zotan, uyushgan jinoyatchilik va uning ishtirokchilarini ulug‘lash kabi holatlarning yuzaga kelib qolishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni umumdavlat va eng ahamiyatli miqyosdagi tadbir sifatida tushunmoq zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |