Ustozning ishlab chiqarish amaliyotiga tayyorgarligi
Ishlab chiqarish amaliyotining vazifasi hozirgi zamon ishlab chiqarish
korxonalariga malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash, o'quvchilarning
o'rganayotgan kasblari bo'yicha bilim, ko'nikmalarini mustahkamlash va
takomillashtirishdan iboratdir. Ishlab chiqarish amaliyoti kasb-hunar kollejlarida
malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo'yicha kasb-hunar tayyorgarligining
asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ustoz usta ishlab chiqarish amaliyot boshlanishdan eng kamida bir oy oldin unga
tayyorgarlik ishlarida kerakli yordam ko'rsatadi. Buning uchun u quyidagi ishlarni
bajarish kerak:
1 .
Ishlab chiqarish amaliyot manzili bilan (korxona, zavod, fabrika, jamoa
xo'jaligi, brigada va boshqalar) bilan tanishadi. Bu obyektlar bajariladigan ishlab
chiqarish ish jarayonining amaliyot dasturida ko'zda tutilgan maqsadlarga mos
kelishini, ya'ni dastur mazmunini amalga oshirishi imkoniyatlari aniqlanadi. Ish
joylari tanlanadi va amaliyotni bajarish mumkinligi hamda uning
samaradorligi belgilanadi.
2.
Korxona bilan ishlab chiqarish amaliyotini o'tkazish bo'yicha shartnoma
tuziladi va bu shartnomada «korxona» va «o'quv muassasi» ning o'zaro shartlari
belgilanadi.
3.
Shartnoma tuzilgandan keyin o'quvchilarni ish joylariga taqsimlash va ularni
bir joydan ikkinchi joyga ishlashga o'tish grafigi tuziladi.
4.
Ishlab chiqarish amaliyotini boshlashdan oldin «korxona» xodimlari
tomonidan maxsus, instruktaj o'tkaziladi. Bunda «korxona» da qanday yurib turish
kerakligi, uskunalar bilan ishlaganda qanday texnik xavfsizligi choralariga rioya
qilishni, korxonaning ish tartibi va qoidalari, ish o'rinlarida o'zlarini qanday tutishni
va boshqa talablar haqida yo'riqnoma beradi.
5.
Ishlab chiqarish amaliyoti, odatda, ishlab chiqarish korxonasi bilan
tanishishini ekskursiyadan boshlanadi va o'quvchilarni korxona sexlari,
uchastkalari bilan hamda chiqariladigan mahsulotlar va ularga ishlatiladigan
materiallar bilan tanishtiriladi. Bu vaqtda ishlab chiqarish korxonalaridan
ilg'or ishchilar yoki muhandislar ham qatnashadi. Shu bilan birga ekskursiya
oxirida korxonaning rahbari, o'rinbosarlari, jamoatchilar, ilg'or tajriba egalari
korxona haqida, uning an'analari tarixi haqida so'zlab beriladi.
6.
Ustoz korxonadagi ish o'rinlariga o'quvchilarni biriktirib, ularning ishlarini
kuzatib boradi, kerakli instruktajlar beradi, zarur vaqtda o'quvchilar ish joylarini
grafik asosida almashtiradi. Ishlab chiqarish amaliyotiga korxonadagi javobgar
shaxslar, tomonidan asosiy rahbarlik amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish
amaliyoti jarayonida ba'zi kamchiliklarni uchrasa bunday kamchiliklarni ustoz va
rahbarlar orqali barham beriladi.
Amaliyot o'qituvchisi o'quvchilarni tegishli kasb va mutaxassisliklari bo'yicha
ish joylariga taqsimlanishi, ishlab chiqarish ta'limi va amaliyoti dasturlarining
bajarilishi, o'quvchilarning mehnat intizomi va mehnat xavfsizligiga rioya
qilishlarini va boshqa vazifalarning bajarilishi yuzasidan javobgardir.
Ayrim kasb-hunar kollejlarining o'quv-ishlab chiqarish faoliyati bozor
iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishini e'tiborga olgan holda, ishlab chiqarish
amaliyoti (shu jumladan, bitiruv oldi ishlab chiqarish amaliyoti) kasb-hunar
kollejidagi ishlab chiqarish ustaxonalari, sex, uchastka va boshqa ishlab chiqarish
tizimlarida o'tkazilishi mumkin.
7. Ishlab chiqarish amaliyoti natijasi bo'yicha hisobot to'plash uchun ustoz
tomonidan ko'rsatmalar berilib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |