Matn turlari va uning tarkibi.
Reja:
Uslubiyat.
Adabiy til uslubi.
Uslubiyat turlari.
Ma’lumki, inson voqelikni, borliqni til orqali, uning vositalari yordamida aks ettiradi. Shu jarayonda u turli matn ko’rinishlarini yaratadi. Bular quyidagilar:
Yuz bergan voqea-hodisa haqidagi oddiy axborot ko’rinishida yaratilgan matn ma’lumotnoma matni deb ataladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) so’zlar o’z m’nolarida qo’llanadi; 2) tilda mavjud bo’lgan badiiy-tasviriy vositalardan (masalan, badiiy san’at turlaridan) deyarli farqlanmaydi; 3) yuz bergan voqea-hodisa oddiy so’zlar vositasida tasvirlanadi.
Yuz bergan voqea-hodisa haqida ijodiy – tavsifiy bayonni aks ettiruvchi matn ijodiy – tavsifiy matn deb yuritiladi. Bu matnning quyidagi belgilari bor: 1) yuz bergan voqea-hodisa haqida shaxsiy fikr mulohaza bayon qilinadi; 2) tilning badiiy – tavsifiy vositalaridan unumli foydalaniladi; 3) har bir voqea-hodisa muayyan dalillar bilan ishonarli tarzda aks ettiriladi.
Bu matn turlariga ilmiy, ommabop va badiiy uslublarda yaratilgan matnlarni, shuningdek, inshoni kiritish mumkin.
O’quvchilar bilan amaliy ishlash:
Matn tuzish
Dialogik matn tuzish
Monologik matn yaratish
Badiiy asarlardan dialogik va monologik matn turlariga misol yozish
Matnni qisartirish va kengaytirish
Uslubiyatda uslublar, til vositalararining nutqda qo’lanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo’lanish xususiyatlari o’rganiladi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga sharoitiga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiriladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi deyiladi.
O’zbek adabiy tilida quydagi asosiy nutq uslublari bor:
So’zlashuv uslubi:
Keng qo’llanadigan uslublardan so’zlashuv uslubidir.
Bu uslubda ko’pincha adabiy til me’yorlariga rioya qilinad. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha diologik shaklida bo’ladi.Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmosidan tuzilgan nutq diologik nutq deyiladi. So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, ortirilishi mumkin. Obbo, hamma ishni dondiribsizda.Mazza qildik.Ketaqool!
So’zlashuv uslubida qopdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi.Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar,undalmali gaplardan foydalaniladi.
Ilmiy uslub.
Fan texnikasining turli tarmoqlariga doir ilmiy asoslar darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar(qoidalar, ta’riflarga) boy bolishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.Fuqoroning huquq layoqati tug’ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi,bu uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llaniladi,qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishiga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar,kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub.
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar, rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimaihol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi.
Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma’lum bo’lgan ayrim qisqrtma so’zlar ishlatiladi, har bir soxaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan ham foydalaniladi.Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bolishiga rioya qilinadi. O’z lavozimini suviste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
Ommabop (publitsistik) Uslub.
Kashfiqot - targ’ibot ishlarini olib borishda qo’llanadigan uslub,ya’ni matbuot uslubi Ommabop uslub hisoblandi. Bu uslubda ijtimoiy- siyosiy so’zlar ko’p qollanadi. Nutq ta’sirchan bo’lishi uchun ta’sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalaniladi, darak, his-hayajon va ritorik soroq gaplardan yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalrdan unimli foydalaniladi. Azamat paxtakorlarimiz mol hosil yetishtirish uchun fidokona mehnat qilishyapti.
Badiiy uslub.
Badiiy asarlar (nazm, nasr va drammatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsolar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko’rsatadi. O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda.
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, sheva, bulgarizmdan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlarga ham uchraydi.
Nutq madaniyati haqida. Nutq tog’ri, aniq va yoqimli bo’lishi lozim. Buning uchun mantiqiy izchilikka va me’yorga rioya qilish, qayerda qanday gapirishni bilish lozim. Azada ko’tarinki nutq munkin bo’lmaganligi kabi, tantanada g’amgin so’zlash ham nutq madaniyati pasligidan dalolat beradi.
Adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili” “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqidagi qonunlari. “Xalq ta’limi”.
Ne’matov H., Bozorov O. Til va nutq. T. 1993. 23
Hozirgi o’zbek adabiy tili. T. 1996
Azizov O. Tilshunoslikka kirish. T. 1963.
Mirzayev M., UsmonovS., Rasulov R. O’zbek tili. T. 1979. 1-2
Shodmonov E., Nafasov T. Hozirgi o’zbek tili. Laboratoriya mashqlari. T. 1986
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |