Reja: Umumiy xolatlar



Download 27,22 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi27,22 Kb.
#663041
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kon zarbalarini dinamik ko’rinishlarini.

Xududiy prognoz konning geologik tavsifi va tog‘ jinslarning xususiyatlarini o‘zaro bog‘iqlikda, kon zarbalari va otilib chiqish hodisalarining xavflilik nutai nazaridan asoslanadi.
Hududiy prognozlash ma’lumotlar hududiy kon qazish ishlarini rivojlantirishning kompleks loyihasini tuzishda, shaxta va rudniklarning loyihasini tuzishda, yangi gorizontda ochish va qazib olishni loyihalashtirish bosqichida hisobga olinadi.
Hududiy usulda prognozlash yaqinlashtirish bilan aniqlanadi, shu sababli ular chegaralangan miqdordagi ma’lumotlar bo‘yicha tog‘ jins massivining xususiyatlari va holatlari bilan xarakterlanadi. Uning ishnochlilik darajasi ko‘rilayotgan massivning o‘rganilganligi bilan bog‘liqlikda topiladi. Bu ma’lumotlar konlarni ochish, tayyorlash va qazib olishda. mahalliy prognozlash usuli bo‘yicha tekshiriladi va to‘g‘irlanadi.
Mahalliy prognoz tog‘ jinslarining mustahkamlik-deformatsiya xususiyatini aniqlash, kuchlanish ta’sirini tajribaviy o‘lchash, jinslardagi gaz bosimini aniqlash, jinslarning g‘ovakliligi, gaz o‘tkazuvchanligi, namligi, sorbsiyalash hajmi va xossalarini o‘zgarishini baholash va shaxta maydoni uchastkalarini ochish, bloklarni ekspluatatsiyaga tayyorlash, alohida lahimlar o‘tish tadbirlari bo‘yicha aniq uchastkalarning holatini baholashga mo‘ljallangan.
Otilishga xavflilikni mahalliy prognozlashda, otilishlarning potensial imkoniyati bilan bog‘liq u yoki bu darajadagi asosiy omillarni hisobga olib, kompleks ko‘rsatkichlarning miqdoriy tavsifidan aniqlanadi.
Mahalliy prognozlash natijalari asosida lahim atrofidagi massiv uchastkasini ikki toifa: “Xavfli” va “Xavfsiz”ga ajratiladi.
Lahimning konturoldi qismida massivning kuchlanish holati “Xavfli” toifasiga mos keladi, bunda kon zarbasi yuz berish ehtimoli mavjud bo‘ladi. Bunday uchastkalarda zarbaga xavfsiz xolatga keltirish maqsadida profilaktik tadbirlar bajarilmaguncha kon ishlari olib borish man qilinadi. Keltirilgan tadbirlarni amalga oshirmasdan, odamlarning o‘tishi taqiqlanadi. Zarbaga xavfsiz holatga keltirish loyixa bo‘yicha olib borilib, korxonaning bosh muxandisi tomonidan tasdiqlanishi shart.
Ilgaridek “Xavfli” toifasida bo‘lgan joylarda zarbaga xavflilikni muttasil nazorat qilish zarur, u ham lahimlarda kon-geologik va kon-texnik ahvolning o‘zgarishi yoki zarbaga xavflilikning tashqi belgilari paydo bo‘lishiga ko‘ra bajariladi.
“Xavfsiz” toifasi zarbaga xavfsiz holatlar va zarbaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishni talab qilmaydigan holatlarga mos keladi.
O‘ta murakkab ko‘rinishdagi uchinchi turdagi prognozlash kon zarbalari yoki otilib chiqish hodisalarini vaqtli bashoratlashdir.
U tog‘ jins massivi yoki lahimlarning holatini joriy prognozlashni bajarish maqsadida tashkil qilinadi.
Bu turdagi qisqa muddatli prognozlash ko‘zda nazorat qilish va instrumental kuzatishlarga asoslangan bo‘lib va kon zarbalari va otilib chiqish darakchilarini qayd qilishga asoslanib, kon ishlarini olib borish jarayonida jinslarning kuchlanishi gazodinamik rejimning o‘zgarishi qayd qilinadi, dinamik jarayonni namoyon bo‘lishi ba’zida bir necha minut yoki hatto sekund ichida aniqlanadi. Joriy prognzlashning asosiy vazifasi massiv uchastkasi va lahim holatini baholash va uchastka holatining xavfliligi yoki aksincha xavfsiz ekanligidan o‘z vaqida ogohlantirishdir. Konlarni o‘zlashtirishning turli bosqichlarida zarbaga xavflilik va otilishga xavflilikning prognozlash usulari.
Konlarni razvedka qilish yoki muxandislik-geologik izlanishlar bosqichida zarbaga xavflilik va otilishga xavflilikni hududiy prognozlashni amalga oshirish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar olinadi.
Bunda tog‘ jinslarining bu qobiliyatlari elastik energiyalarning to‘plamini baholaydigan jinslarning mexanik xossalarini sinash vositasida geologik qidiruv quduqlaridan olingan kern namunalaridan foydalanilib amalga oshiriladi.
Tog‘ jins massivi strukturasini mufassal tadqiq qilishda, tektonik buzilmalarning tarqalish darajasi va parametrlari, maydalangan va ezilgan zonalar, plikativ buzilmalar, siqilishlar, kengayishlar va nurashlar hamda alohida tog‘ jins pochkasining mexanik tavsifi va nisbiy qalinligining o‘zgarishini o‘rganiladi.
Massivning kollektorilik xossasini o‘rganishda jinslarning gazlanish ko‘rsatkichlari, gaz o‘tkazuvchanligi, undagi gaz bosimining kattaligi bo‘yicha olib boriladi. Ko‘mir qatlamlarida otilib chiqishlar minimal gaz bosmi 2-3 kgs/sm2 bo‘lganda ro‘y berishi mumkin.
Agar gaz bosimi 10-15 kgs/smni tashkil qilsa otilishlar lahimga gaz to‘lishi bilan birga ro‘y berib, tayyorlov lahmari otilgan jinslar bosim ostida zichlanib qoladi.
Gidrogeologik sharoitlarga katta e’tibor ajratilishi kerak. Namlik miqdorining oshishi jinslarda otilishga xavfllikni pasaytiradi, shu sababli, birinchi navbatda jinslarning plastik deformatsiyalanishi kuchaytirilib, mo‘rt buzilish qobiliyati pasaytiradi.
Geologik qidiruv quduqlarining kern namunalarini tahlili natijalari bo‘yicha massivning kuchlanish xolati tavsifi haqida birinchi xulosalar qilinadi. Jumladan, kernning diskli buzilishi yoki burg‘i qudug‘i kesimining konturlarida yo‘nalishli buzilishlar tog‘ jins massividagi yuqori kuchlanish va uning yo‘nalishli ta’siri haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Agarda razvedka va izlanishlar konlar va xavzalarda ya’ni qazib chiqarish olib borilayotganda amalga oshirilsa, unda ushbu ob’ektdan jinslarning zarbaga xavfliligini baholash uchun taqqoslash usulidan foydalanib, tugatilgan ob’ektlarga shu ob’ektning kon-geologik sharoitlarini tenglash va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Bunday xolatlar, ya’ni razvedka yoki muxandis-geologik izlanish ishlari faqatgina burg‘i quduqlari o‘tish bilan emas, balki kon lahimlarida ham, tabiiy sharoitda tenzor kuchlanishni o‘lchash hamda quyi tartibli strukturaviy bir jinssizlikni hisobga olib, jinslarning xossalarini aniqlash ishlarni bajarish orqali olib boriladi.
Razvedka va izlanishlar bosqichida jinslarning zarbaga xavfliligini baholash, massivning aniq bir uchastkasining xolatini mahalliy prognozlash maqsadida, lahimlar o‘tish va qazib chiqarish ishlari olib borilib, ob’ektning qurilish yoki ekspluatatsiya qilish bosqichiga dastlabki ma’lumot va aniqliklar beradi.
SHunga ko‘ra zarbaga, otilishga xavflilikning ob’ektiv belgilari, kon zarbalari va otilishlarning darakchilari quyidagicha aniqlanadi:

  • Kern namunalarining disk shaklida kuchli maydalanishi (ilgarilama prognozlash burg‘ilash quduqlarining kernida);

  • SHpurlar va skvajinalarni burg‘ilashda ko‘mir shtiblarining yirikligini o‘zgarishi (shtiblarning yirikligini oshishi bo‘yicha uchastkalarda kuchlanishlar 10 marta va undan ham yuqori kattalashib ketishi mumkin);

  • SHpurlardan foydalanish koeffitsientining o‘sishi birgacha va undan yuqori bo‘lishi;

  • Portlashda jinslarning kavjoydan otilish masofasi va jinslarning maydalanish darajasi oshishi;

  • Ko‘mirning yaltiroqligi o‘zgarishi;

  • Kavjoyda chang bulutlari hosil bo‘lishi;

  • Kavjoyda havoning sovib ketishi;

  • Gaz ajralishining kuchayishi;

  • Tog‘ jinslarida tangachasimon plastinkalar paydo bo‘lishi (qalinligi bir necha mm. dan 1-2 sm gacha bo‘ladi).

  • Burg‘ulash uskunalari va siqilgan metangning otilishi, turtilishi, kuchsiz kon zarbalarining ishlab chiqarish jarayoni ta’sirida ro‘y berishi (shpur va skvajinalarning burg‘ulash va portlashda, qazish mashinalari va kombaynlar ishlash natijasida va h.k.).

Kon zarbalari va boshqa dinamik xodisalarning darakchilari nisbatan yaxshi o‘rganilgan turi, massivning seysmoakustik aktivligining o‘zgarishidir, ya’ni tog‘ jins massivida tabiiy seysmoakustik impulslar soni (asosan ovozlar)ning o‘zgarishidir, ular massivning ma’lum qismida kuchlanishning o‘sishi ta’siri ostida xosil bo‘lgan mikrobuzilishlar bilan bog‘liqlikda sodir bo‘ladi. Bu impulslarni tahlil qilish va qayd qilish kon zarbalari va otilishlarini prognozlashning seysmoakustik usullariga asosan amalga oshiriladi.
Tog‘ jinslarining kuchlanish holatining o‘zgarishi bilan muvofiq seysmoakustik aktivlik ham o‘zgarib turadi. Odatda kon zarbasi buzilishdan oldin seysmoakustik aktivlik keskin o‘sadi. Keyin esa, zarbaga 30-40 min qolganda amalda g‘oyib bo‘ladi. Seysmoakustik aktivlikning pasayish darajasi xavfli holatlarini bartaraf qilishga yo‘naltirilgan tadbirlar samarasini baholashga imkon beradi.
Biroq uning shunday turi ham borki, unda massiv uchastkasida seysmoakustik aktivlikning (shovqin) me’yorida ortiqcha o‘sishi doim ham zarbaga xavfli yoki otilishga xavfli holatdan darak beravermaydi. Ular shiplarining to‘satdan cho‘kishi, to‘kilishi va tog‘ jinsi massivda boshqa hodisalar olddidan paydo bo‘ladi. SHuninig uchun seysmoakustik prognoz doim ham 100% ishonchli bo‘lmaydi va bunday hollarda qo‘shimcha boshqa usullar qo‘llash talab qilinadi.
Kon zarbalarining prognozlash va qayd qilish uchun yana seysmik usullar ham qo‘llaniladi. Seysmik stansiyalar kon zarbalari sodir bo‘lgan hududda qurilib seysmoakustik uskunalar bilan birga sezgir seysmograf va naklomerlar bilan ham jihozlanadi. Seysmik kuzatish punktlari shaxta maydonining turli nuqtalarida joylashtirilib, davriy ravishda mikroseysmo rayonlashtirish xaritasi tuzib boriladi, u seysmik aktivlashgan zonalar, ya’ni kon zarbasi paydo bo‘lish ehtimoli bo‘lgan zonalar aniqlangan vaqtlarni ajratish imkonini beradi.
Kon zarbalari sodir bo‘lgan hollarda seysmik kuzatishlarning gipotsentri, shu jumladan kon zarbasi o‘chog‘ini chuqurlikdagi koordinatalarini aniqlash, seysmik energiya miqdorini baholash, vujudga kelgan seysmik tebranishlarni spektr chastotasi, uzunligi, amplitudasi va boshqa parametrlarini aniqlash imkonini beradi.

Download 27,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish