Reja umumiy tushunchalar


Korxonalarda o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar asosan 2 guruhga bo’linadi



Download 20,55 Kb.
bet2/6
Sana31.03.2022
Hajmi20,55 Kb.
#519972
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA O\'ZLASHTIRISH

Korxonalarda o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar asosan 2 guruhga bo’linadi:
1. Kirish yo’l-yo’rig’i.
2. Ish o’rnidagi yo’l-yo’rig’i.


Ish o’rnidagi yo’l-yo’riq o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
2.a) Ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riq.
2.b) Rejali yoki takroriy o’tkaziladigan yo’l-yo’riq.
2.v) Rejadan tashqari yo’l-yo’riq.
2.g) Joriy yo’l-yo’riq.

Sanoat korxonalarining hammasida ishlovchilar ish toifasi, bajariladigan ishi, xavfsizlik darajasiga va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar hamma ishchi va xizmatchilar yo’l-yo’riq olishlari shart.


Kirish yo’l-yo’rig’i va uni o’tkazish tartibi.
Bu yo’l-yo’riqni o’tkazishning asosiy maqsadi yangidan ishga kirayotgan ishchilar mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi to’g’risida ma’lumot berish, uni korxona chegarasida va bo’limlaridagi tartib qoidalardan xabardor qilishdir.
Kirish yo’l-yo’rig’ini yaxshi jihozlangan va ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlangan maxsus, mehnatni muhofaza qilish xonasida bosh muhandis, mehnatni muhofaza qilish muhandisi, yoki shu vazifani bajaruvchi kishi tomonidan o’tkaziladi.
Kirish yo’l-yo’rig’ini o’tkazish vaqtida ishga kiruvchi ishchi-xizmatchilar quyidagi tartib qoidalar bilan tanishtirilishi lozim:
1. Korxonada qo’llanilib kelayotgan mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuniyatlar asoslari;
2. Ishlab chiqarish korxonasidagi ichki mehnat tartib qoidalari (ishning boshlanish vaqti, tanaffuslar, korxonaning ish sharoitlarini boshqa korxonalarnikidan farqi);
3. Mehnat kodeksida ishlovchi yosh bolali ayollar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilish to’g’risidagi tadbirlar;
4. Ishga kelayotganda, ishdan qaytayotganda, hamda ish jarayonida korxona chegarasida harakatlanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;
5. Ishlab chiqarish hamda maishiy xizmat ko’rsatish joylarida o’rnatilgan elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish;
6. Korxonada ishlab chiqarish sanitariya va gigiyenasi, shaxsiy gigiyena qoidalari, ulardan to’g’ri foydalanish usullari;
7. Ishchilarga mahsus kiyimboshlar, shaxsiy himoya vositalari, maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ularni berish tartibi;
8. Korxonada yong’inni oldini olishga qaratilgan tadbirlar;
9. Ishlab chiqarishda sodir bo’lgan jarohatlanishlar, ularni keltirib chiqargan sabablari;
10. Korxonada sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar tufayli jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;
11. Хavfli va zararli moddalar bilan ishlash tartibi;
12. Uskuna va jihozlarda buzilishlar sodir bo’lganda to’xtatish tartibi tushuntiriladi va o’rgatiladi.
Yuqoridagi qoida talablar batafsil tushuntirilgandan so’ng kirish yo’l-yo’rig’i maxsus daftarda yoki nazorat varaqasida qayd qilinadi (ilova 1,2).
Korxona rahbarining yangidan ishga kirayotgan ishchini kirish yo’l-yo’rig’ini o’tmasdan turib ishga qabul qilish to’g’risidagi buyrug’iga imzo chekishi ta’qiqlanadi.
Ishchi, muhandis texnik xodimlarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatish bo’yicha o’qitish tartibi hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida, yangidan yangi chet el texnologiyalari va mashina-uskunalarining kirib kelishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi tushunib unga amal qilishni talab qiladi. Shu sababli ham korxonaga ishga kirgan kasbi bo’lmagan, yoki kasbini o’zgartirishni istagan hamma ishchilar, bajaradigan ishlarining xavfliylik darajasidan qat’iy nazar xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilishlari lozim.
Korxonada xavfsiz ishlash usullariga o’rgatishni tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish qonuniga ko’ra, shu korxona rahbari zimmasiga yuklatilgan.



Download 20,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish