Reja umumiy tushunchalar



Download 20,55 Kb.
bet1/6
Sana31.03.2022
Hajmi20,55 Kb.
#519972
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
QAYTA O\'ZLASHTIRISH


Mavzu: Mehnat muhofazasi bo`yicha o`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash




REJA

  1. Umumiy tushunchalar

  2. Korxonalarda o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar

  3. Ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riq va uni o’tkazish tartibi

O’zbekiston Respublikasi mehnatkashlarining turmush sharoitini yaxshilash, sanoat korxonalarida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanib, mehnat sharoitini yuqori darajaga ko’tarish, shikastlanish va kasb kasalligi darajasini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 22 sentyabrda O`RQ-410 sonli "Mehnatni muhofaza qilish " to’g’risidagi qonuni qabul qilindi. Shu qonunning 25-moddasi. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish va ularni o‘qitish
Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga o‘qitishni tashkil etishi shart.
Xavfliligi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo‘yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va so‘ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davriy attestatsiya o‘tkaziladi.
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘quvdan o‘tishi, yo‘l-yo‘riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan o‘tishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘quvdan o‘tmagan, yo‘l-yo‘riqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.
Ushbu qonunga ko’ra malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay yo’qotish sanoat korxonalari rahbarlarining oldiga qo’yilgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishi yangidan-yangi texnologiya va mashina mexanizmlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika xavfsizligi to’g’risidagi qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo’lishlarini talab qiladi.
Bugungi kunda ishchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida juda ko’p qo’llanmalar, qonun-qoidalar va me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar bo’lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo’qotishni ta’minlovchi sharoit mavjud emas.
Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi hattoki ma’lum bir korxonada ham ish tartibi bir-biriga o’xshash ikkita sexni topilishi qiyinligi sababli sanoat korxonalari xavfsizligini ta’minlashni tartibga soladigan usulni ishlab chiqarish mushkul. Shuning uchun ham har bir sanoat korxonasi, korxona ishchilari uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan va bu tarmoqlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o’rgatish bilan birgalikda ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora tadbirlarini o’z ichiga olgan holda yo’l-yo’riq o’tkazishlari lozim.

Download 20,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish