Adabiyotlar
1. Aleks Muur. Ta’lim berish va ta’lim olish: pedagogika, ta’lim dasturi va tarbiya. Ikkinchi nashr. - Rutledj. 2012. 202-bet.
2. Azizxulayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. –T.: 2020y. 183 bet.
3. Begmatova D.M. O‘zbek oilalarida yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvi. Моnografiya. – Samarqand, 2020. -142 bet.
4. Daminova N.K., Jamalova N.U. Та’limni tashkil etish shakllari mоdulini o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. – Samarqand, 2021. – 116 bet.
5. Mavlonova R.A. va boshqalar. Umumiypedagogika.- T.: 2010 y. “Fan va texnologiya” nashriyoti.
6. Махmudova М.М. Оila tarbiyasi asoslari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand, 2021. - 183 бет.
7. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M. umumiy tahriri ostida. –T.: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati. 2010 y.
4-MAVZU. TARBIYA NAZARIYASI VA TARBIYA TURLARI
REJA
1.Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalari, xususiyatlari, qonuniyatlari va tamoyillari.
2. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘ziga xosligi va tarbiyadagi o‘rni. 3.Tarbiya metodlari.
4,Tarbiya turlariga umumiy tasnif.
Tayanch so‘zlar: tarbiya nazariyasining mohiyati, tarbiya jarayonining mazmuni,tarbiya jarayonining umumiy mohiyati, tarbiya jarayonining natijasi, axloqiy tarbiya, axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya,tadbirkorlik tarbiyasi, toleranlik tarbiyasi, fuqarolik tarbiyasi, oila, jamiyat, taraqqiyot, fuqarolik jamiyati, huquq, majburiyat, qonun, ijtimoiy institut, ma’naviyat, madaniyat, tarbiya, ta’lim,nikoh,burch, vazifa, ko‘nikma, bilim, ma’suliyat, kommunikativliq motivasiya.
TARBIYA NAZARIYASINING MOHIYATI.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Тарбия – муайян, аниқ мақсад ҳамда ижтимоий-тарихий тажриба асосида шахсни ҳар томонлама ўстириш, унинг онги, хулқ-атвори ва дунёқарашини таркиб топтириш жараёни.
Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |