Reja: Uglevodlarning umumiy ta’rifi



Download 145,5 Kb.
bet1/6
Sana19.12.2020
Hajmi145,5 Kb.
#53544
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uglevodlar



8-Mavzu. Uglevodlar va ularning tirik organizmlarda ahamiyati

Reja:


  1. Uglevodlarning umumiy ta’rifi.

  2. Uglevodlarning sinflanishi

3.Uglevodlarning tabiiy manbalari va turlari





Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar qatoriga kiradi:ular istalgan organizmlarni,xususan bakteriya,o‘simlik va hayvonlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uglevodlar orasida molekulyar massasi 200 ga teng sodda tuzilishli birikmalar bilan bir qatorda molekulyar massasi bir necha millionga boradigan yirik molekulalar ham uchraydi. Uglevodlar hujayrada turli-tuman vazifalarni bajaradi. Ular hujayra energiyasini manbai va akkumulyatori (kraxmal, glikogen), o‘simlik va ba’zi hayvonlarda (krab va krevetkalarda) tuzilma vazifasini, bakteriyalar hujayra devorini asosi va ba’zi antibiotiklar tarkibiga kirishlari mumkin. Shu bilan birga uglevodlar hujayra sirti retseptorlari vazifalarini bajarishlari so‘nggi yillarda ma’lum bo‘ldi. Qadimdan inson uglevodlardan o‘zining amaliy faoliyatida foydalanishni bilgan. Paxta, yog‘och, zig‘ir, shakarqamish, asal, kraxmal- sivilizatsiyani rivojlanishida beqiyos hissa qo‘shgan uglevodlardir. Toza holatda birinchi marta ajratib olingan uglevodlar glyukoza va fruktoza bo‘lib, XVIII asrning oxiri – XIX  asrning boshlarida ajratib olinganlardir. Ularni tuzilishi faqat organik moddalar tuzilish nazariyasi ta’limoti rivojlangandan so‘nggina aniqlandi.Glyukoza, fruktoza, mannoza va boshqa uglevodlarni element tarkibini aniqlash shuni ko‘rsatdiki,ular Cn (H2O)n umumiy formulaga ega bo‘lib, uglerod va suvdan iborat bo‘lganliklari uchun karbonsuvlar deb ham nomlash mumkin. 1868-1870 yilda R.Fittig va A.Baeyer birinchi bo‘lib, glyukozani to‘g‘ri formulasini taklif etdilar. E.Fisher stereokimyoviy formulalar orqali bir qator monosaxaridlarni nisbiy konfiguratsiyasini aniqladi. Shundan keyin olib borilgan tadqiqotlar uglevodlarni nafaqat tuzilishi, balki ularni sintez qilish usullarini ham qamrab oldi.Barcha ma’lum uglevodlar uch asosiy sinfga bo‘linadilar – monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar. Uglevod birligiga ega aralash biopolimerlar alohida sinfni tashkil etadilar.


Download 145,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish