TUPROQDAGI OZIQ MODDALAR VA O’SIMLIKLARNING OZIQLANISHI UCHUN LAYOQATLILIGI
Tuproqdagi yalpi azot miqdori bevosita gumus va fosfor miqdoriga bog’liq: organik moddalarga boy tuproqlarda azot ancha ko’p bo’ladi, lekin kaliyning granulometrik tarkibi va ona jinsga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Tuproqda rejalashtirilgan hosil uchun zarur bo’ladiganidan bir necha baravar ko’p oziq moddalar mavjud, lekin ularning asosiy qismi o’simliklar bevosita o’zlashtira olmaydigan birikmalar shaklidadir. Masalan, azot gumus moddalarning, fosfor qiyin eriydigan mineral tuzlarning, kaliy alumosilikatli minerallar tarkibiga kiradi. Shunga ko’ra, oziq moddalarning yalpi zaxirasi tuproqning faqat potensial unumdorligini xarakterlaydi. Tuproqning samarali (effektiv) unumdorligini aniqlashda ular tarkibidagi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladigan oziq moddalar miqdorini bilish lozim.
O’simliklar tomonidan faqat suvda va kuchsiz kislotalarda eriydigan hamda almashinib singdiriladigan shakldagi moddalar oson o’zlashtiriladi. Tuproqdagi oziq moddalarning o’simlik o’zlashtira oladigan holatga o’tishi unda kechadigan biologik, fizik-kimyoviy jarayonlarning tabiati va jadalligiga bog’liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. “O’g’it qo’llash tizimi” maruzalar matni Toshkent 2000-yil B.S.Musayev, Z.Sh.Asqarova, B.B.Rajapov, M.M.Atabayevlar tuzishdi 80bet kitobidan olingan.
2. “Paxtachilikda o’g’it qo’llash tizimi” Toshkent-2003yil. M.U.Karimov 80bet
3. “To’praqlerding agroximyaliq o’zgeshelikleri ham to’gin qo’llanuv tiykari” Qaraqalpag’istan 1992-jil. 160bet.
4. M. Z. Muratazayev “Qishloq xo’jaligi asoslari 6-sinf ” Tosh-2012 kitobidan olingan. Kartoshka yetishtirish texnologiyasi
5. M. Z. Muratazayev “Qishloq xo’jaligi asoslari 6-sinf ” Tosh-2012 kitobidan olingan. O’simlikshunoslik
6. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand Qishloq xo’jaligi institute “Dexqonchilik va Melioratsiya asoslar ”. www.hozir.orgdan olingan. Organik o’g’itlar
7. M. Z. Muratazayev “Qishloq xo’jaligi asoslari 6-sinf ” Tosh-2012 kitobidan olingan. Donli ekinlarni yetishtirish
8. R. O. Oripov, n X. Xalilov (fayillar.org)dan olingan
( Kuzgi boshoqli don ekinlarini oziqlantirish) “O’simliklar fiziologiyasi” Toshkent 2007.
9. K o’g’iti hosil sifati va hosildorlikni oshirishda qanday o’rin tutadi? Manba: www.google.com
10. Murakkab o’g’itlar haqida ma’lumot. Manba: google.com
11. “Qishloq xo’jaligi ekinlariga suspenziya sepish tavsiyalari” R.S.Nazarov, A.Qayumov, F.Hamroyev, F.To’xtayev R.Umidovlar tomonidan tayyorlangan (Navoiy shahri 15.01.2015)
Do'stlaringiz bilan baham: |