Reja: Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi



Download 4,31 Mb.
bet6/15
Sana24.06.2022
Hajmi4,31 Mb.
#698284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tuproqlarni pedsidsidlar va ayrozonlar bilan ifloslanishi. орол ва тупроқ

Ekologiya, biologiya va zoologiya
Tuproq qoplamining kimyoviy ifloslanishi natijasida uning bir qator xossa-xususiyatlari, xususan kimyoviy, fizikaviy, biologik, biokimyoviy, ekologik va boshqa xossalari o‘zgarishga uchraydi. Tuproq xossalarining o‘zgarishi albatta ifloslanish turiga, harakteriga, darajasiga va vaqtiga ko‘ra o‘zgaradi. Tuproq xossalarining o‘zgarishiga qarab, unda o‘suvchi o‘simlik dunyosi va hayvonot olamida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
Har qanday kimyoviy modda tuproq qoplamiga tushganda dastlab tuproqning biologik olami, xususan mikroorganizmlar ( Organizmlar haqida referat ) faolligi va miqdori, fermentlar faolligi zarar ko‘radi. YA’ni shartli ravishda toza tuproq deb olingan tuproqda yashayotgan mikroorganizmlar tuproqqa tushgan kimyoviy modda ta’sirida ayrimlari nobud bo‘ladi, ba’zi bir mikroorganizmlar esa o‘zining faoliyatini susaytiradi. Agar ifloslovchi moddaning kimyoviy tarkibi juda zararli bo‘lsa, tuproq biologik olami to‘lik nobud bo‘lishi ham mumkin. Biologik olam zararlangandan so‘ng tuproqda ular bilan bog‘liq bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar susayadi, tuproqning kimyoviy va boshqa xossalari yomonlashadi.Quyidagi chizmada kimyoviy ifloslanishlarning tuproq xossalariga ta’siri keltiriladi.Tuproqning takrorlanmas xususiyatlaridan biri, tabiiy tarzda o‘zini o‘zi tozalashidir. Ya’ni tuproq qatlamlariga tushgan og‘ir metallar, chiqindilar, pestitsidlar, neft va neft mahsulotlari, radioaktiv modsalar tuproqqa tushganda turli mikroorganizmlar tomonidan o‘zlmng‘iriladi. Misol uchun, neft va neft mahsulotlarini parchalovchi bakteriyalar, og‘ir metallar va turli mineral tarkibli moddalarni parchalovchi mikroorganizmlar, chirituvchi hamda bijg‘ituvchi mikroorganizmlar tuproqning o‘zini o‘zi tozalash imkonini beradi. Qanchalik tuproqning biologik olami boy bo‘lsa, tuproq qoplami shunchalik toza, unumdor va serhosil bo‘ladi. Tuproqda mavjud barcha tirik mavjudotlar (mikroorganizmlar, o‘similik va hayvonot dunyosi) uning biomassasini tashkil etadi.Tuproq qoplamidagi tirik olam haqida so‘z yuritganda dastlab undagi o‘simlik dunyosi va mikrobiologik olami ko‘z oldimizga keladi. Yuqorida ma’lum qildikki, tuproq qoplamiga turli ko‘rinish va tarkibdagi kimyoviy moddalarning tushishi natijasida dastlab uning tirik olami zarar ko‘radi. Bunda tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar va boshqalar), hashoratlar, o‘simlik qoplami va boshqalar ifloslovchi moddaning kimyoviy xususiyatiga ko‘ra turlicha ta’sir qiladi.



Tuproq tarkibida kimyoviy moddalarning qabul qilingan meyoridan (QQM) ortishi asosiy tirik qoplamni keskin kamayishiga va ayrim hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi. Natijada esa tuproq biologik dunyosi qayta tiklanishi uchun bir qator rekultivatsiya tadbirlarini olib borishda 5-15 yil vaqt talab etadi.Kimyoviy ifloslanishlar natijasida tuproq unumdorligi pasayadi va qishloq xo‘jalik ekinlaridan olinadigan hosildorlik miqdori va sifati ta’sir qiladi. Tuproq mikroorganizmlarining roli shundaki, tuproqda boradigan bir qator hayotiy jarayonlar, oziqa elementlarining o‘zlashtirilishi, biokimyoviy jarayonlar, chirindi hosil bo‘lishi, nafas olish va boshqalar barchasi mikroorganizmlar ishtirokida kechadi.Tuproq bilan tirik organizmlarning o‘zaro bir - biriga ta’siri tuproq hosil bo‘lish jarayonining eng asosiy omillaridan biri, biosferaning rivojlanishi va kurrai zaminimiz hayotining evolyutsiyasi bilan bog‘liqdir.
Tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi turli omillar ta’sirida paydo bo‘lib, yillar davomida tuproq qoplami zararlanishi kuzatiladi. Tuproqlar ifloslanishi turlicha bo‘lib, asosan sanoat korxonalari, maishiy va boshqa chiqindilar hamda turli jarayonlar mobaynida ifloslanadi .Har bir davlatda tabiiy resurslar hisoblanuvchi yer resurslarini muhofaza qiluvchi tashkilotlar bo‘lib, mazkur tashkilotlar tomonidan doimiy tarzda tuproqlarni kimyoviy ifloslanish holati nazorat kilinadi va shu asosda tegishli tadbirlar belgilanadi.Uzbekiston Respublikasida yer resurslarining holati, ularni muhofazasi va tegishli masalalar bilan Tabiatni muhofaza kilish Qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati va bir qator ilmiy - tadqiqot institutlari shug‘ullanadi. Bularda laboratoriya sharoitida ifloslovchi modda tarkibi, miqdori va boshqa xossalari o‘rganilib, ifloslanishga tavsif beriladi.Tuproq qoplamiga ko‘proq to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish sanoati va maishiy chiqindilar tushadi. Qayta ishlash sanoati va boshqa turdagi chiqindilar nisbatan kamroq. Tuproq qoplamini kimyoviy ifloslanishida turli omillar yetakchi o‘rin egallaydi. Ifloslangan tuproqlar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi (4-jadval).2-jadval Qishloq xo‘jalik sohasida foydalaniladigan tuproqlarning kimyoviy ifloslanish kategoriyalariTuproqlarni kimyoviy ifloslanishini muhofaza qilish bugungi kunda yer kurrasida eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, shu bois bu masalaga jiddiy yondashishni talab etiladi. Chunki bu insoniyatning barcha turmush faoliyati bilan uzviy bog‘liqsir.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida ayrim element va moddalar uchun tegishli ifloslanish darajalari keltiriladi (6-jadval).Dunyo olimlari (SL.Davidova, V.I.Tagasov, 2002 y.) tomonidan turli kimyoviy modsalarning havflilik nuqtai nazaridan stress -indeks ko‘rsatkichlari belgilangan, bunga ko‘ra pestitsidlar - 140, og‘ir metallar - 135, AES chiqindilari - 120, qattiq shakldagi zaharli chiqindilar - 120, metallurgiya materiallari - 90, tozalanmagan oqava suvlar - 85, oltingugurt (II) - oksidi - 72, neft -72, kimyoviy o‘g‘itlar - 63, organik maishiy chiqindilar - 48, azot oksidlari - 42, saqlanayotgan radioaktiv chiqindilar - 40, shahar chiqindilari - 40, uchuvchan uglevodorodlar - 18, uglerod oksidi - 12 indeks ko‘rsatkichlari bilan belgilangan.I (jadval Lyrim kimyoviy modda va elementlarning ifloblanish darajasi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish