Na'vi – «Avatar» filmi uchun maxsus yaratilgan til.
2009 yilda ekranga chiqqan «Avatar» filmidagi “na'vi” xalqi – o‘ylab topilgan oy – Pandoraning tub aholisi hisoblanadi. Djeyms Kameron ushbu gumanoidlar dunyosini shunchalik jiddiy qabul qildiki, hatto Janubiy Kaliforniya Universitetining mashhur professori Pol Frommerni o‘z qahramonlarining haqiqiy tilini yaratish ishiga jalb qildi.
Film namoyish qilingan paytda ushbu tilda mingga yaqin so‘z bo‘lib, uning grammatikasi faqat uning muallifigagina ma’lum edi. Keyinchalik esa, Frommer uning leksik tarkibini kengaytirib, so‘zlar sonini 2000 dan oshirdi va grammatik qoidalarini chop ettirdi. Shunday qilib, na’vi yakunlangan va o‘rganish mumkin bo‘lgan tilga aylandi.