“Soatcha” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Til xarakatchanligini rivojlantirish.
O ’yinning borishi: Bolalar yarim doira shaklida o‘tiradilar. Logoped bolalarga qarata shunday deydi. Qaranglar bolalar biz ertalab uxlab yotgan edik. Soatimiz jiringlab qoldi. Biz soatga qarasak millari xarakat qilayotgan ekan. Kelinglar biz ham tilimiz bilan xarakat qilamiz. Logoped bolalarga tillarini o‘ngga, chapga, yuqoriga, pastga harakat qilishni ko‘rsatadi. Bolalarning xarakatlarni aniq bajarishi kuzatib boriladi.
Lab xarakatchanligini rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar.
“Lablarimiz bulochkaday dumaloq” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Lab harakatchanligini faollashtirish.
O‘yinning borishi: Logoped bolalarga dumaloq bulochka chizilgan rasmni ko‘rsatadi va bolalardan “Kim lablarini shunday dumaloq qila oladi?” deb so‘raydi. Avval logoped bolalarga o‘zi lablarini dumaloq shaklga keltirishni ko‘rsatib beradi (o-o-o-o). So‘ngra bolalarni ketma-ket chaqirib, mashqni erkin bajarish tavsiya etiladi. Bolalar mashqni erkin bajarishi kuzatib boriladi. Mashqni bajarishda lablarning to‘g‘ri xarakati kuzatib boriladi, og‘iz ochilgan holda bo‘ladi, lekin pastki jag‘ oldinga chiqib ketmasligi kerak.
“Kim yaxshi kuladi?” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Lab xarakatchanligini faollashtirish.
Jixoz: Bo‘g‘irsoq, qo‘g‘irchoq.
O‘yinning borishi: Bolalar yarim doira holda o‘tiradilar. Logoped bolalarga shunday deydi. Bolalar hammamiz mehmonga borishni va mehmon kelganini yaxshi ko‘ramiz-a. Bugun bizning bog‘chamizga xam mehmonlar kelishmoqchi. Biz juda xursand bo‘ldik. “Biz xursand bo‘lganimizda kulamiz”, mana bunday (o‘zi kulib ko‘rsatadi). Biz juda xursand bo‘lib kulganimizda tishlarimiz ko‘rinadi. Qani bolalar topinglarchi bog‘chaga kim mehmonga kelyati?, to‘g‘ri bo‘g‘irsoq bilan qo‘g‘irchoq. Hammamiz hursand va kulib ularni kutib olamiz. Bolalar tishlarini ko‘rsatib kuladilar. Mehmonlar bilan o‘ynab juda xursand bo‘ldik. Endi mehmonlarimiz ketmoqchi. Biz hafa bo‘ldik. Tishlarimizni bekitamiz. Mehmonlarimiz yana kelamiz deyishdi. Biz xursand bo‘ldik. Kulamiz. Shu tariqa mashqlar bir necha marta takrorlanadi. Lab xarakatlarining aniq bajarilishi kuzatib boriladi.
“Kim nay chala oladi?” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Lab xarakatchanligini faollashtirish.
O‘yinning borishi: Bolalar yarim doira holda logopedga qaragan holda o‘tiradilar. Logoped bolalarga nayning rasmini ko‘rsatadi va bolalardan lablari bilan nay hosil qilish so‘raladi. Avval logoped nay chalishni taqlid qilishni bolalarga o‘zi ko‘rsatib beradi. So‘ngra bolalardan talaffuz etish so‘raladi. Nay chalinyapti deganda bolalar lablari bilan nay chalish harakatini bajaradilar. Kuy tugadi deyilganda bolalar lablarini oddiy holga keltiradilar. Mashq bir necha marta takrorlanadi va aniq bajarilishi logoped tomonidan kuzatib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |