Bilingvizm – ikki tillilik demakdir. Turkiy xalqlar uchun ikki tillilik ularning butun tarixiy taraqqiyoti davomida va barcha hududlarda tarqalishi doimiydir. Ancha intensiv ifodalangan ikki tillilikning qadimiy davrdagi ko‘rinishlari turkiy-mo‘g‘ul, turkiy - fin-uyur va turkiy – fors, turkiy- arab bo‘lib, ularning o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi xususiyatlar hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Bu ta’sir bir tomondan, Sibir va Volga bo‘yi turkiy tillarida, boshqa tomondan O‘rta Osiyo va Kavkaz turkiy tillarida hozirgacha ko‘rinadi. Sovet ittifoqi davrida turkiy-rus bilingvizmi bu davr tilining asosini tashkil etdi. Bilingvizm shevalararo ham bo‘lishi mumkin: masalan, Buxoro shevasida tojik-o‘zbek ikki tilligi mavjud.
GLOSSARY
Atamaning o’zbek tilida nomlanishi
|
Atamaning ingliz tilida nomlanishi
|
Atamaning rus tilida nomlanishi
|
Atamaning izohi
|
jamiyat
|
society
|
общество
|
kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.
|
Sotsiolingvistika
|
Sociolinguistics
|
Социолингвистика
|
(lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etn. fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha.
|
differensiatsiya
|
differentiation
|
дифференциация
|
(frans. differentiation, lot. differentia — farqlanish, farq), ixtisoslashish — dastlab bir xil elementlardan iborat boʻlgan sistemaning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi.
|
integratsiya
|
integration
|
интеграция
|
(lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzi-dan)—sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha
|
bilingvizm
|
bilingualism
|
двуязычие
|
ikki tillilik hodisasi.
|
sheva
|
dialect
|
диалект
|
(fors. harakat tarzi, tarz, usul) tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi—sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi.
|
Аdabiyotlar:
1. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – T., 2008.
2. Yo’ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O`., Madjidova R. Tilshunoslik asoslari. – T., 2013.
3. Реформатский A.A. Введение в языкознание. – M., 2006.
4. Maслов Ю.С. Введение в языкознание. – M, 2007.
5. Sodiqov A. va b. Tilshunoslikka kirish.- T., 1981.- 212-b.
6. Кодухов В.И. Введение в языкознания. М., 1970.
Do'stlaringiz bilan baham: |