Reja: Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsifi. Banklarning passiv operatsiyalari, ularning turlari. Tijorat banklari passiv operatsiyalarining balansda joylashishi



Download 116,38 Kb.
bet2/2
Sana07.01.2022
Hajmi116,38 Kb.
#326461
1   2
Bog'liq
Reja Tijorat banklarining resurslari, ularning tarkibi va tavsi

K1 = RK / TAUS.

2019 yil 1 yanvardan boshlab banklar tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi kapitalni konservatsiya qilish buferini hisobga olgan holda K1 ning eng kichik darajasini 0,13 (13,0 foiz) miqdorida ta’minlashlari shart.

Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qo‘shimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kapital zaxirasining ta’minlanishini kafolatlash hisoblanadi.

I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.

Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital bo‘lishini hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 2017 yilning 1 yanvaridan 0,095 (9,5 foiz) va 2019 yilning 1 yanvaridan 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.

I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik miqdori 0,075 (7,5 foiz)dan kam bo‘lmasligi kerak.

2019 yil 1 yanvardan boshlab K3 ning eng kichik darajasini 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.

Banklar 2015 — 2018 yillarda soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan sof foydadan ajratmalar ajratish orqali quyida keltirilgan ko‘rsatkichlardan kam bo‘lmagan miqdorda kapitalni oshirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishlari lozim.

5-jadval

Kapitalning monandligiga qo‘yilgan minimal talablar (%)

Talab kuchga kirish sanasi

Regulyativ kapitalga, (K1)

I darajali kapitalga, (K2)

I darajali asosiy kapitalga

01.01.2017

12,5

9,5

7,5

01.01.2019

13

10

8

Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda nazarda tutilgan aktivlar qo‘shilgan umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak:

K4 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar + Balansdan tashqari vositalar+Hosilaviy (derevativ) vositalar — (nomoddiy aktivlar+birlashmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari+boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar))

Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz)ga teng.

Leveraj koeffitsiyentini hisoblashda kelgusida balans aktivlarida aks etishi ehtimoli bo‘lgan bank balansining «Ko‘zda tutilmagan holatlar» hisobvaraqlaridagi aktivlar ham hisobga olinadi. Bularga kapitalni monandligini hisoblashda qo‘llaniladigan aktivlar kiradi.

Balansdan tashqari aktivlar leverajning asosiy manbasi hisoblanadi. Shuning uchun banklar leveraj koeffitsiyentini hisoblashda yuqorida qayd etilgan balansdan tashqari aktivlarni, kreditning qayta hisoblash omilini (100 foiz) qo‘llagan holda, quyidagi ikki holatdan tashqari, hisoblashlari lozim:

xosilaviy (derevativ) operatsiyalar kapital monandligini hisoblashda foydalaniladigan «tavakkalchilikka dastlabki moyillik»ka muvofiq o‘tkazilishi;

bank har doim o‘zi tomonidan so‘zsiz bekor qiladigan barcha majburiyatlar uchun 10 foizlik kreditning qayta hisoblash omilini qo‘llashi lozim.

6-jadval

Bank tizimi jami kapitali monandlilik darajasi3



Ko‘rsatkichlar nomi

01.01.2020 y.

01.08.2020 y.

mlrd. so‘m

ulushi, foizda

mlrd. so‘m

ulushi, foizda

I darajali kapital

43 659

83,2%

47 907

86,1%

Asosiy kapital

43 622

83,1%

47 869

86,1%

Qo‘shimcha kapital

38

0,1%

38

0,1%

II darajali kapital

8 808

16,8%

7 710

13,9%

Jami regulyativ kapital

52 467

100%

55 617

100%

Kapital monandlilik darajasi

23,5%

19,4%

I darajali kapital monandlilik darajasi

19,6%

16,7%

3.Quyidagi shartlarning barchasiga muvofiq bo‘lgan, qo‘yilgan pul mablag‘lari omonatdir (depozitdir):

  • mijozning talabiga binoan yoki muddat o‘tganidan keyin foizlar yoxud boshqa daromadlar bilan yoki ularsiz yoxud omonatchi yoki uning vakolatli vakili va pul mablag‘larini qabul qiluvchi bank o‘rtasida, kelishilgan shartlar asosida qaytarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari;

  • subordinar qarzga, egalik qilish huquqlariga yoki xizmatlariga, shu jumladan sug‘urta xizmatlariga taalluqli bo‘lmagan pul mablag‘lari;

  • pul mablag‘larini qabul qiluvchi bankning tegishli hujjati bilan yozma shaklda tasdiqlangan pul mablag‘lari.

Pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanishga faqat banklar haqli.

Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



  • depozitlar;

  • nodepozit resurslar.

Jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi. Banklar maqsadlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qiladilar. Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, balki bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning

ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik subyektlarini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kapitalini joylashtirish borasidagi bank marjasi hisoblanadi.

Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini bankka jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarining 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin Depozit operatsiyalarning subyektlari bo‘lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:

- davlat korxona va tashkilotlari;

- moliya, sug‘urta, investitsion va trast kompaniyalar;

- xususiy korxona va tashkilotlar;

- aksioner kompaniyalar;

- banklar va boshqa kredit muassasalari;

- qo‘shma korxonalar, kooperativlar;

- jamoa tashkilotlari va fondlar;

- alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar.

Depozit operatsiyalarining obyekti ehtiyojdan ortiqcha pul mablag‘lari (qo‘yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo‘lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligidir. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshiriladi. Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:



  • yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);

  • jismoniy shaxslar.

Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • muddatli depozitlar;

  • talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;

  • aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.

Tijorat banklarining nodepozit operatsiyalari deb, tijorat banklrining yirik pul bozorlaridan pul mablag‘larini jalb qilish, qimmatli qog‘ozlar, veksellarni, obligatsiyalar vositasini muomalaga qo‘yish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi.

Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag‘larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllari ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

- banklararo bozordan qarz olish;

- qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish;

- bank akseptlarini sotish;

- tijorat qog‘ozlarini chiqarish;

- yevro-dollarlar bozoridan qarz olish va v.b.

Respublikamiz bank amaliѐtida depozitlar quyidagicha turkumlanadi:



  • talab qilib olinguncha depozitlar;

  • muddatli depozitlar;

  • jamg‘arma depozitlar.

7-jadval

Bank tizimi faoliyatida jalb qilingan jami depozitlar to‘g‘risida

ma’lumot4

Ko‘rsatkichlar nomi

01.01.2020 y.

01.08.2020 y.

jami

shundan, xorijiy valyutada

ulushi, foizda

jami

shundan, xorijiy valyutada

ulushi, foizda

Jalb qilingan jami depozitlar

91 009

39 969

43,9%

99 119

42 497

42,9%

Talab qilib olinguncha depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: - depozitning bu turida xohlagan vaqtda, xohlagan summada mablag‘ni qo‘yish ѐki olishi mumkin; - depozit muddati chegaralanmagan; - kam miqdorda foiz to‘lanadi va h.k. Tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar tarkibida talab qilib olinguncha depozitlar turlicha hajmga ega. Bu odatda, bank resurslarini shakllantirishning eng arzon manbaidir. Muddatli depozitlar - bu banklar tomonidan ma’lum muddatga jalb qilinadigan depozitlardir. Bu turdagi depozitlar qo‘yilgan muddatda o‘zgarmas bo‘lishi lozim va ular joriy to‘lovlar uchun ishlatilmaydi. Muddatli depozitlar quyidagi xususiyatlarga ega: –aniq muddatga ega va ular bo‘yicha o‘zgarmas (depozit siѐsatida ko‘rsatilgan) foiz to‘lanadi; –joriy hisob-kitoblar uchun foydalanilmaydi; –mijoz tomonidan muddatidan oldin olinmasligi lozim, aks holda foiz to‘lash bo‘yicha shartnoma shartlari bekor qilinadi va talab qilib olinguncha depozit miqdorida foiz to‘lanishi mumkin;

–mablag‘lar sekin aylanadi, uzoq muddatli ssudalarga yo‘naltiriladi va h.k.

Jamg‘arma depozitlari aholi pul jamg‘armalarining to‘planishi uchun xizmat qiladi. Jamg‘arma depozitlarga pul mablag‘larini jamg‘arish ѐki saqlash maqsadida shakllantirilgan qo‘yilmalar kiradi. Ularning maxsus xususiyatli tomonlari saqlashning rag‘batlantirilishi va yuqori daromadlilik darajasi, ma’lum davr ichida jamg‘arila borishi kabilar hisoblanadi.


8-jadval
Depozit va depozit sertifikatlari mablag‘lari qoldig‘i5

mlrd.so‘m



Sana

Jami

Muddatlari bo‘yicha

Talab qilib olinguncha

1 kundan
30 kungacha

30 kundan
180 kungacha

180 kundan
365 kungacha

1 yildan
yuqori

01.01.2020 y.

91 009

35 189

3 133

11 654

11 523

29 511

01.08.2020 y.

99 119

42 038

3 138

13 641

12 146

28 157



  1. Aholi pul jamg‘armalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Aholi omonatlarini kafolatlashning huquqiy asoslari.

Aholi omonatlarini kafolatlashning huquqiy asosini «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni (2002 yil 5 aprel) tashkil etadi. Fuqarolarning banklardagi omonatlari kafolatlash ob’yekti hisoblanadi.

Fuqarolarning banklardagi, qonun hujjatlari bilan kafolatlashning alohida tartibi nazarda tutilgan omonatlarida turgan, fuqarolarning banklar ishonchli boshqaruviga topshirilgan, taqdim etuvchiga to‘lanadigan hisobvaraqlarda saqlanayotgan, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan,mazkur bank yoki uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarni ta’minlash uchun fuqarolarning banklardagi garovda turgan omonatlariga qo‘yilgan, banklarning chet ellardagi filiallariga qo‘yilgan pul mablag‘lari kafolatlash ob’ekti hisoblanmaydi.



Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tuziladi.Fond faoliyatining maqsadi bankning bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqini beruvchi litsenziyasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chaqirib olingan taqdirda fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lanishini ushbu Qonunda nazarda tutilgan shartlarda va miqdorda kafolatlashdan iboratdir. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha Fondning haq to‘lanishini kafolatlashi bank qayta tashkil etilganligi munosabati bilan litsenziya chaqirib olingan hollarga taalluqli emas.Fond yuridik shaxs hisoblanadi va banklar bilan yozma ravishda tuziladigan bitimlar asosida faoliyat yuritadi.Fondning mol-mulki banklarning majburiy badallari, mablag‘ qo‘yilishidan olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan shakllantiriladi.Fondning pul mablag‘lari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida saqlanadi. Fondning o‘z mablag‘larini davlat qimmatli qog‘ozlariga va boshqa aktivlarga qo‘yishdan olgan daromadlari soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.Fondni boshqarish Fondning kuzatuv kengashi va Fondning ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Fond moliyaviy yordam ko‘rsatish va xayriya faoliyati bilan shug‘ullanishi, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishi mumkin emas. Bir yo‘la to‘lanadigan va kalendar badallar banklarning Fondga to‘laydigan majburiy badallaridir. Bankning Fondga bir yo‘la to‘laydigan badali bankning amalda shakllangan ustav kapitali miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi. Kalendar badal banklar tomonidan Fondga yilning har choragida o‘tkaziladigan pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi. Kalendar badallarning miqdori ushbu Qonunga muvofiq kafolatlanishi lozim bo‘lgan fuqarolar omonatlarining yil choragidagi amaldagi qoldig‘iga qarab Fond kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan, ammo omonatlar umumiy summasining 0,5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Kalendar badallarning to‘langan summasi fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldig‘i umumiy summasining 5 foiziga yetganda banklar tomonidan kalendar badallarni to‘lash to‘xtatiladi. Fuqarolarning bankdagi omonatlari qoldig‘ining umumiy summasi o‘zgarganda Fondga to‘langan kalendar badallarning summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak.O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar uchun fuqarolarning pul mablag‘larini omonatlarga jalb etishga taqiq joriy etilishi banklarni Fondga kalendar badallarini to‘lashdan ozod etmaydi. Kalendar badalning stavkasi o‘zgartirilgan taqdirda Fond banklarni bundan kamida o‘ttiz kun oldin xabardor qilishi shart. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha kalendar badal chet el valyutasida hisob-kitob qilinganda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, kalendar badal o‘tkazilgan kundan oldingi kungi kurs bo‘yicha qayta hisoblab chiqiladi. Banklar tomonidan Fondga to‘lanadigan majburiy badallar banklarning ko‘rsatilayotgan xizmatlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlariga qo‘shib qo‘yiladi.

Fuqarolarning omonatlari bo‘yicha haq to‘lash bankning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldig‘idan kelib chiqqan holda bank va Fond mablag‘lari hisobidan to‘liq hajmda amalga oshiriladi. Agar bank omonatchiga nisbatan kreditor sifatida ham ish yuritgan bo‘lsa, omonatlar bo‘yicha haq to‘lash miqdori omonatchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan omonatlar bo‘yicha haq to‘lash summasi bilan bankning muqobil talablari summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. Fuqarolarning banklardagi chet el valyutasidagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash ushbu Qonun bilan belgilangan tartibda va miqdorlarda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, litsenziya chaqirib olingan kungi kurs bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi. Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash maqsadida bankning tugatish komissiyasi litsenziya chaqirib olingan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxiralari fondiga depozitga qo‘yilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larini olish choralarini ko‘radi. Mazkur mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi.

Fond oraliq tugatish balansini olgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lash tartibi va muddatlari to‘g‘risidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq to‘lashni Fond ommaviy axborot vositalarida xabar e’lon qilingan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida boshlashi shart. Haq to‘lash O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining roziligi bilan Fond belgilaydigan bank (agent bank) tomonidan amalga oshiriladi. Omonatchilar agent bankka o‘z omonatlari bo‘yicha haq olish uchun murojaat qilganlarida agent bank mazkur haqni omonatchi o‘zining omonati borligini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan taqdirda to‘lashi shart.

Fuqarolarning banklardagi omonatlari bo‘yicha haq tegishli hujjatlar ko‘rsatilgan taqdirda omonatchilarning qonuniy vakillariga yoki ularning huquqiy vorislariga ham to‘lanadi.

Omonatchining Fonddan o‘z omonati bo‘yicha haqini olishi uning bankka nisbatan omonati bo‘yicha olgan haqidan ortiq miqdordagi talablarini qanoatlantirishga doir huquqlarini istisno etmaydi.

4.Tijorat banklarining kredit potensiali (resurs imkoniyati) – bir tomondan bank ixtiyoridagisafarbar qilinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larini yig‘indisi, ikkinchi tomondan bank egaligidagi nomoddiy aktivlar tushuniladi.Umuman olganda, tijorat banklarining kreditlash potensiali jalb qilingan mablag‘lar, ya‘ni depozitlarning umumiy summasi bilan majburiy zaxira hamda tijorat banklari tomonidan o‘z likvidligini ta‘minlash uchun ajratmalarga bog‘liqdir. Tijorat banklari ustav kapitali ko‘payishi, muddatli depozit va jamg‘armalar miqdorining barqarorligi ularning kredit potensialining barqarorligini ta‘minlaydi.

Tijorat banklarining resurs bazasi uning kredit potensiali darajasini belgilaydi. Bankning kredit potensiali - jalb qilingan mablag‘larning kredit va bankning boshqa aktiv operatsiyalarini amalga oshirishning iqtisodiy chegarasi hisoblanadi.

Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:

Ks=D-Mz-Lz.

Bu yerda:

D – jalb qilingan mablag‘lar;

Mz – majburiy zaxira miqdori;

Lz – likvidlilikni ta‘minlash bo‘yicha zaxiralar.

Tijorat banklari kredit potensialiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatishini keltirib o‘tishimiz mumkin:

- tijorat banklari jalb qilingan mablag‘larining safarbar qilingan (mobilizatsiya qilingan) qismi;

- Markaziy bank majburiy zaxira stavkasi;

- banklar amaliyotida tashkil etilayotgan rezerv va fondlar;

- kredit potensialining tuzilishi (tasnifi).

Tijorat banklari kredit potensialini tasniflashda uning shakllanishi manbalaridan kelib chiqib yondoshildi. Ya’ni, mablag‘lar qisqa va uzoq muddatlarga, milliy va xorijiy valyutada, shuningdek naqd va naqdsiz shaklda jalb etilishi mumkin.Kredit potensialining qisqa va uzoq bo‘lishi, o‘z navbatida jalb qilingan mablag‘larning muddatiga bog‘liqdir. Shu jihatdan kredit potensiali uzoq muddatli bo‘lishi ko‘p jihatdan jalb etilayotgan mablag‘larni uzoq muddatlarga jalb etish samaradorligini oshirishni talab etadi. Ya’ni, uzoq muddatli depozitlar miqdorini oshirish kredit potensialining uzoq muddatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, depozitlar tarkibida talab qilib olinguncha (transaksion) depozitlar miqdori respublikamiz tijorat banklari amaliyotida yuqori salmoqqa ega. Bu esa, ular tomonidan uzoq muddatli kreditlar salmog‘ini oshirishga to‘sqinlik qiladi. Tijorat banklari kredit potensiali shuningdek, ekvivalentiga ko‘ra milliy va xorijiy valyutada bo‘ladi. Bu esa, milliy va xorijiy valyutada qay darajada mablag‘lar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bugungi kunda, respublikamiz Markaziy banki tomonidan milliy va xorijiy valyutada jalb etilayotgan depozitlarga nisbatan bir xil majburiy zaxira talabnomalarining o‘rnatilishi tijorat banklarining xorijiy valyutadagi kredit potensialiga salbiy ta’sir qilmoqda. Tijorat banklari nafaqat naqdsiz balki ayrim sohalarga naqd ko‘rinishidagi kreditlarni taqdim etishi talab etiladi. Shu bois, naqd ko‘rinishdagi mablag‘lar(depozit)ni jalb etish tijorat banklarining naqd ko‘rinishidagi kredit potensialini oshirishga imkon yaratadi.



5.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida (keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lganda, mablag‘larni hisobdan chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa pul-hisob-kitob hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshiriladi.. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘ida mablag‘ unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, pul-hisob-kitob hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xo‘jalik yurituvchi sub’ektning faqat asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda shakllantiriladi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘iga davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan taqdirda, shu qarzdorlik miqdorida oldin davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ijrosiz qoldiriladi. Davlat ijrochilari tomonidan banklarga davlat soliq xizmati organlarining ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari raqami, sanasi, summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilinadi.Banklar shu kunning o‘zida davlat soliq xizmati organlariga ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari to‘g‘risida elektron xabar beradi. Davlat soliq xizmati organlari shu kunning o‘zida ushbu xabarnoma asosida ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi. Banklar tomonidan davlat ijrochilarining inkasso topshiriqnomalarining to‘lanmagan summasi ijroga qabul qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank 2-son kartoteka paydo bo‘lganligi to‘g‘risida 3-so‘rovnomaning «taqiq» faylini «2» belgisi bilan shakllantirib, Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda yuboradi. Ushbu ma’lumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi.Mazkur ma’lumotlar Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali Davlat soliq qo‘mitasiga axborot tariqasida uzatilib boriladi.Hisobvaraq ochgan banklar ushbu ma’lumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, ma’lumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini uning asosiy hisobvarag‘iga memorial order asosida o‘tkazib berishlari shart.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘ida 2-son kartoteka paydo bo‘lgandan so‘ng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan pul-hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvarag‘iga bo‘lgan to‘lovlardan tashqari boshqa to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa hisobvarag‘idan to‘lovlar asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankdan uning 2-son kartotekasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi fayl ma’lumot dasturiy ravishda olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud bo‘lgan hollarda to‘lovlar quyidagi navbatda amalga oshiriladi:

navbatdan tashqari, hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun to‘lovlar o‘tgan oy davomida uning faqat asosiy hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdorigacha, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga asosan o‘ta muhim ob’ektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmatidan foydalanuvchi hisobvaraq egalari uchun esa 6 foiz miqdorigacha amalga oshiriladi.

2-son kartoteka paydo bo‘lganda, hisobvaraq egasi tomonidan ariza kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar miqdoriga bog‘liq hisob-kitob bilan birga shu oyning keyingi dekadasi birinchi sanasiga, joriy oyning uchinchi dekadasi va keyinchalik esa keyingi oyning uchinchi sanasigacha bankka taqdim qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ta muhim ob’ektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmati bo‘yicha xarajatlarni ham hisobga olgan holda zaruriy xarajatlar ro‘yxatini aniqlaydi.

Hisobvaraq egasi kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar hisob-kitobini va arizani bankka taqdim etgan kunning ertasidan boshlab joriy oy davomida ushbu to‘lovlarni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishi mumkin. Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar limitining ishlatilmagan qismi joriy oyning oxirgi kunigacha ishlatilishi mumkin va keyingi oyga ishlatish uchun o‘tkazilmaydi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun to‘lovlar hisobvaraq egasining to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomalarining «to‘lov maqsadi» grafasida «kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobiga», deb yozilgan bo‘lishi shart.

Banklar kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limitining to‘g‘ri hisoblanganligi (aniqlashini) va unga rioya qilinishini nazorat qiladi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limiti noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha taqdim etilgan ariza va to‘lov hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi;

b) birinchi navbatda, mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik sub’ektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;

v) ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin asosiy hisobvaraqdan quyidagi majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajarilishi ta’minlanadi:

banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga Hukumat kafolati ostida berilgan muddatli va muddatida qaytarilmagan kreditlarni (ularning foizlarini ham) qaytarish uchun qo‘yilgan mijozning talabnomalari bo‘yicha to‘lovlar;

O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan berilgan budjet ssudasi, kredit liniyasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar;

O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha qarzlar va ular bo‘yicha to‘lovlar;

g) uchinchi navbatda, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan boshqa pul talablari yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘lov hujjatlarining kelib tushish sanasiga qarab kalendar navbatida hisobdan chiqariladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning milliy valyutadagi hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, xizmat ko‘rsatuvchi bank davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasi asosida mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ektning chet el valyutasidagi hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan mablag‘ning ushbu talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lgan miqdoridagi qismini keyingi ish kunidan kechikmagan holda Respublika valyuta birjasiga sotish uchun buyurtmanoma kiritadi.

Xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan chet el valyutasini sotishdan olingan mablag‘lar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘iga kirim qilinadi va ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibda mazkur hisobvaraqqa taqdim etilgan talablarni qondirish uchun yo‘naltiriladi.

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning «20400 — Jamg‘arma depozitlar», «20600 — Muddatli depozitlar» hisobvaraqlaridagi mablag‘lar, shuningdek «22602 — Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari» va «22606 — Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari» hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari ushbu Yo‘riqnomaning 5-bandida ko‘rsatib o‘tilgan talablarni qondirish uchun depozit va akkreditiv shartnomalarida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegishli hisobvaraqqa kirim qilinadi.

Asosiy hisobvaraqda unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning «20400 — Jamg‘arma depozitlar», «20600 — Muddatli depozitlar», «22602 — Mijozlarning akkreditivlari bo‘yicha depozitlari» va «22606 — Mijozlarning import bilan bog‘liq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar bo‘yicha depozitlari» hisobvaraqlari bo‘yicha shartnomalar muddatini uzaytirish hamda yangi shartnomalar tuzish taqiqlanadi.

Pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan holda pul-hisob- kitob hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda hisobdan chiqarish

Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar limiti aniqlangandan va zaxira qilinganidan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘idan pul mablag‘larini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yo‘riqnomaning 5-bandi «b» kichik bandida nazarda tutilgan navbat asosida amalga oshiriladi.

Mutanosib ravishda hisobdan chiqarishni amalga oshirish uchun asos bo‘lib quyidagi hujjatlar xizmat qiladi:

to‘lovchining budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari;

davlat soliq xizmati organlarining budjet va davlat maqsadli jamg‘armalariga muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish borasidagi inkasso topshiriqnomalari;

bojxona xizmati organlari tomonidan muddatida to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini undirish borasida inkasso topshiriqnomalari;

davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlariga (jarima va moliyaviy sanksiyalar hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar ko‘rinishidagi) hisobvaraq egasining to‘lov topshiriqnomalari;

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari;

xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni amalga oshirish uchun hisobvaraqda mablag‘larni band (bron) qilishga doir ariza, shuningdek ish haqidan Kasaba uyushmalariga ixtiyoriy badallarni, jismoniy shaxslarni daromad solig‘i hamda jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarini o‘tkazish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan va dumaloq muhr (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda, bunda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlangan reyestr ilova qilingan to‘lov topshiriqnomalari hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish borasidagi sud qarori asosida ijro organlari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lov hujjatlari.

Band (bron) qilishga doir ariza bank bilan kelishilgan grafikdagi kundan bir kun oldin taqdim etilishi lozim. Band (bron) miqdori ish haqidan ajratmalarsiz shakllantirilgan bo‘lsa hamda arizada ko‘rsatilgan ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar summasiga to‘lov topshiriqnomalari bankka taqdim qilinmasa, bank tomonidan bunday arizalar qabul qilinmaydi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilayotgan birinchi navbatdagi talablarni mutanosib ravishda qondirish ulushi qarzlarning umumiy hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Mutanosiblikni aniqlashda soliqlar va yig‘imlarning barcha turlari bo‘yicha qarz budjetga to‘lovlar sifatida bir miqdorga jamlanadi hamda ularga nisbatan bitta ulush aniqlanadi. Barcha davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha talablari ham shunday usulda jamlanadi, keyinchalik ular davlat maqsadli jamg‘armalari o‘rtasida mutanosib tartibda taqsimlanadi. Ish haqini berish, shuningdek ish haqi to‘lash uchun olingan kreditlarni qaytarish, belgilangan miqdorlardagi ushlab qolingan daromad solig‘i, jamg‘arib boriladigan shaxsiy pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar va Kasaba uyushmasiga ixtiyoriy badallar summalarini o‘tkazish mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Mutanosib taqsimlash hisobvaraqdagi mablag‘larning kun boshidagi qoldig‘idan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Oyning oxirgi bank ish kunida asosiy hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar kun davomida mutanosib taqsimlanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, hisobvaraqdan pul mablag‘larini mutanosib ravishda hisobdan chiqarish mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasida keltirilgan misol asosida amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilmaydigan bank hisobvaraqlar ro‘yxati

1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy hisobvarag‘i ochilgan balans hisobvarag‘ida «888» tartib raqam bilan ochilgan hisobvaraq.

2. 22604 — Mijozlarning boshqa depozitlari — Jamg‘arma — Maqsadli. (Hukumat qarorlari asosida ajratilgan mablag‘lar)

3. 22626 — Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari. (Hukumat qarorlari asosida ajratilgan mablag‘lar)

4. 23202 — Kliring tranzaksiyalar.

5. 23204 — Bir martalik o‘zaro hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari.

6. 23208 — Moliya vazirligi huzuridagi fondlar bilan bo‘ladigan kliring tranzaksiyalar.

7. 23210 — Moliya vazirligi huzuridagi fonddan qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar.

8. 23218 — Moliya vazirligi huzuridagi fonddan ajratilgan maqsadli mablag‘lar.

9. 23220 — Moliya vazirligi huzuridagi fonddan olingan maqsadli mablag‘lar.

10. 23222 — Moliya vazirligi huzuridagi fondning maqsadli mablag‘lari.

11. 23224 — Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro bir martalik hisob-kitoblar uchun budjet mablag‘lari.

12. 23226 — Respublika budjetining eksportchi-korxonalar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari.

13. 23228 — Respublika budjetining pudratchi tashkilotlar bilan bo‘ladigan maqsadli hisob-kitoblar uchun mablag‘lari.

14. 20412 — Nodavlat notijorat tashkilotlarining jamg‘arma depozitlari (Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 avgustdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni kapital va joriy ta’mirlash uchun mablag‘lar to‘plash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan ochilgan jamg‘arma depozit hisobvaraq).

15. Maqsadli mablag‘lar taqsimoti bo‘yicha alohida tartiblarda ishtirok etadigan «O’zbekiston temir yo‘llari» DATK tarkibidagi tashkilotlarga «O’zbekiston temir yo‘llari» DATK korxonalari hisob raqamlaridan to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida nizomga (ro‘yxat raqami 1088, 2001 yil 27 noyabr) muvofiq ochilgan hisobvaraqlar (asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘idan tashqari).

16. 22630 — Mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha mablag‘lar (Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan ochilgan maxsus hisobvaraq).

17. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 oktyabrdagi 306-son «Suv ta’minoti va kanalizatsiya tashkilotlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «Suvoqova» davlat unitar korxonalari tomonidan ularning shahar va tuman filiallari ta’minoti hamda joriy xarajatlarini (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, mahalliy soliqlar, xizmat safari xarajatlari, suv, gaz, elektr energiyasi, telefon va boshqa kommunal to‘lovlar, ijara haqi, avtotransport xarajatlari) qoplash maqsadida ajratiladigan mablag‘lar uchun ochilgan 22622 — «Yuridik shaxslarning o‘z vakolatxonalari va filiallari ta’minoti uchun ajratgan mablag‘lari» hisobvarag‘i.

18. 22634 — Tabiiy gazdan tushadigan pul mablag‘larini jamlaydigan yagona maxsus hisobvaraq.



19. 22636 — Elektr energiyasidan tushadigan pul mablag‘larini jamlaydigan yagona maxsus hisobvaraq.


1 Лаврушин О.И. Банковское дело: Учебник. М.: Финансы и статистика, 1998. С. 68

2 http://www.cbu.uz/oz/statistics/bankstats/402982/

3 http://www.cbu.uz/oz/statistics/bankstats/402996/

4 http://www.cbu.uz/oz/statistics/bankstats/402981/

5 http://www.cbu.uz/oz/statistics/bankstats/402998/

Download 116,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish