Ochiq topshiriqlar. Agar test topshirig’i matnida, uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi.
Bu shakldagi testlarda talabalarning bitta, ikkita so’zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo’llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo’sh joyida javob uchun zarur bo’lgan joy qoldiriladi. Masalan, «Test tushunchasi» ________yilda _____________ tomonidan birinchi marta ishlatilgan.
Yopiq topshiriqlar. Bunday topshiriq savoldan va bir necha javoblardan iborat bo’ladi, bu javoblardan biri to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va bundan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinovdan o’tuvchining tanlagan javobiga ko’ra, test topshirig’i tegishli ikkita kod: 1 yoki 0 bilan kodlanib, so’ngra shu holda eHMga kiritiladi.
Amaliyotda o’zlashtirishga qaratilgan testlar tobora ko’proq o’rin olib bormoqda. O’zlashtirishga qaratilgan testlar:
muyyan predmetni o’zlashtirishga qaratilgan testlar;
o’zbek tilini o’zlashtirishga qaratilga testlar;
chiroyli yozuvni belgilashga yo’naltirilgan testlar;
o’qish tezligi va texnikasi baholovchi testlar;
so’z boyligini aniqlovchi testlar;
bolaning rivojlanishini va maktabga tayyorligini aniqlovchi testlar;
bolaning intellektual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar;
bolaning didaktik ko’nikma va malakasini belgilovchi testlar va h.k.
Test asosida o’quvchi o’zlashtirishini aniqlash pedagogik diagnostikaning metodi ekanligini yuqorida bayon etgan etildi.
Oli Kyuforker maktabda amalga oshiriladigan testlarni 3 ko’rinishga bo’ladi deb ta’kitlagan. Ular quyidagilar:
o’zlashtirishni muayyan bir davr ichida aniqlovchi test (masalan, turli sertifikatlar olish uchun topshirilgan test);
o’quv qo’llanmasining ma’lum bir qismi, bo’limi, bobda olingan axborotlarni qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlovchi test;
o’quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg’ulotlar o’tkazilgandan keyingi o’quvchi o’zlashtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlash testi.
Pedagogik diagnostikaning o’lchovi, ishonchlilik koeffisiyenti mukammal va ishonchli bo’lmog’i uchun:
qayta testdan o’tkazish metodi;
ikkiga bo’lingan holda parallelli testni amalga oshirish, shu orqali olingan ma’lumotning ishonchliligini tekshirish mumkin.
Aniqlik, ishonchlilikni tekshirish maqsadida 4 xil usul qo’llaniladi. Ular:
mazmun tasdig’i;
har xil usullar bilan olingan natijalarni bir xil ko’rsatkichga olib kelish tasdig’i;
tahlillar natijalarining mos kelishi tasdig’i;
loyihalashning tasdig’idan iboratdir.
Pedagogik diagnostikada amal qilayotgan test sinovlari hududiy diagnostikani yo’lga qo’yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega.
Pedagogik diagnostikani ta’lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham joriy etish mumkin. Maqsad esa bitta – kamchilik va nuqsonlardan to’g’ri amaliy xulosalar chiqarish, faoliyatning asosiy va to’g’ri yo’nalishini belgilab olish va ularni bartaraf qilishda sabot bilan islashdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat Pedagogika instituti, Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi M.Matmusayevaning “Pedagogik diagnostika” fanidan ma’ruza matnlari. Qo’qon – 2010 yil.
2. https://hozir.org/ozbekiston-respublikasi-xalq-talimi-vazirligi-15.html?page=29
3. http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/28248
Do'stlaringiz bilan baham: |