1.2. Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi
Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattaliklar vaqt o’tishi bilan sinus yoki kosinus qonuniyatlariga bo’ysungan holda o’zgarishi kuzatiladi:
, (1.2.1)
bu yerda u – tebranuvchi kattalik, A - tebranuvchi kattalikning amplitudasi (maksimal siljishi), - doiraviy yoki siklik chastota, t = 0 vaqtdagi tebranishning boshlang’ich fazasi, . t – vaqtdagi tebranish fazasi.
Garmonik tebranuvchi tizimning ayrim holatlari tebranish davri deb ataluvchi - T vaqtdan so’ng takrorlanib turadi. Bu davr ichida tebranish fazasi 2 ga o’zgaradi, ya’ni:
Bu yerdan tebranish davri quyidagiga teng bo’ladi:
, (1.2.2)
Tebranish davriga teskari bo’lgan kattalik, birlik vaqt ichidagi to’la tebranishlar sonini belgilaydi va u tebranishlar chastotasi deb ataladi:
, (1.2.3)
Chastota birligi Gers bilan o’lchanadi va 1 Gers - 1 sekund davomida 1 sikl tebranish bo’lishini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |