Parij kongressi. Yakun va hududlarning qayta taqsimlanishi
13-fevral kuni Parijda diplomatik kongress ochildi. Uning natijalariga ko‘ra, 1856-yilning 18-martida Rossiya hamda Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Sardiniya, Avstriya va Prussiya o‘rtasida Parij shartnomasi imzolandi. Rossiya Sevastopolning janubiy qismi, Balaklava va Qrimning boshqa shaharlari evaziga Kars qal’asini Turkiyaga qaytarib berdi, Moldaviya knyazliklariga Dunay va Bessarabiyaning janubiy qismi berildi. Serbiya va Dunay knyazliklari avtonomiyasi tasdiqlandi.
Qora dengiz, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari neytral – savdo kemalari uchun ochiq va harbiy kemalarga va boshqa barcha kuchlar uchun yopiq deb e’lon qilindi. Rossiya Olland orollarida istehkomlar qurmaslikka va’da berdi, 1774-yildagi Kuchuk Qaynarja tinchlik bitimida qo‘lga kiritgan Moldova va Valaxiya protektoratidan va Rossiyaning Usmonlilar imperiyasining xristian fuqarolari ustidan homiyligidan mahrum bo‘ldi.
Urush paytida aksilrossiya koalitsiyasining ishtirokchilari o‘zlarining barcha maqsadlariga erisha olmadi, ammo Bolqonda Rossiyaning kuchayishiga to‘sqinlik qildi va uni 15 yil davomida Qora dengiz flotiga ega bo‘lish imkoniyatidan mahrum etishdi. Shu tariqa tinchlik shartnomasi imzolandi.
1871-yilning 1-martida Londonda Parij shartnomasining moddalarida ko‘zda tutilgan Qora dengizni qurolsizlantirish rejimini bekor qilish to‘g‘risida konvensiya imzolandi (Sobraniye traktatov i konvensiy, zaklyuchyonnix Rossiyey s inostrannimi derjavami. T. XV. Traktati s Fransiyey. “Runivers.ru”).
Qrim qurbonlari. Yo‘qotishlar raqamlarda
Harbiy yo‘qotishlar hisob-kitoblariga ko‘ra, jangda halok bo‘lganlarning, shuningdek, ittifoq qo‘shinida yaralanganlar va kasalliklardan vafot etganlarning umumiy soni 160-170 ming kishini, Rossiya armiyasida 100-110 ming kishini tashkil etgan. Boshqa ba’zi manbalarda keltirilishicha, urushda halok bo‘lganlarning umumiy soni, shu jumladan, harbiy bo‘lmagan yo‘qotishlar bilan hisoblaganda Rossiya va ittifoqchilar tomonidan taxminan 250 mingtani tashkil qiladi.
Urushning nomiga va u bilan bog‘liq tarzda ta’sis etilgan mukofot va unvonlar bilan ham tarixda qoldi. Jumladan, Buyuk Britaniyada fidoyi askarlarni mukofotlash uchun “Qrim medali” hamda Boltiqbo‘yi qirollik dengiz floti va dengiz korpusidagi munosib askarlarni mukofotlash uchun “Boltiq medali” ta’sis etildi.
1856-yilda “Qrim urushi” davrida munosib xizmat qilganlarni mukofotlash uchun ta’sis etilgan “Viktoriya xochi” bugungi kungacha ham Buyuk Britaniyadagi eng yuqori harbiy mukofotdir. Rossiya imperiyasida 1856-yil 26-noyabrda imperator Aleksandr II tomonidan “1853–1856-yillardagi urushni eslash uchun” medali (Ionina N., 100 velikix nagrad. M.: “Veche”, 2003.), shuningdek, “Sevastopolni himoya qilgani uchun” medali ta’sis etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |