axborot madaniyatiga
ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta
ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni biladilar.
Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan
to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni
joylarda tatbiq etishlishini anglatadi.
Axborot xususiyatlarini o’rganish, uni yig’ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash,
o’zgartirish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan
shug’ullanadigan fan
informatika,
deb ataladi. Informatikaning asosiy vazifasi – davlat
boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot
ehtiyojini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir.
Informatikaning uchta asosiy yo’nalishi mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |