Reja: Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/22
Sana01.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#303034
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-maruza

4.

 

Protsessor texnologiyasi. 


Tayanch iboralar: dastlabki Elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari, shaxsiy 

kompyuterlar,  kompyuter  turlari,  kompyuterning  asosiy  va  qo‘shimcha  qurilmalari: 

monitor,  klaviatura,  protsessor  va  uning  ichki  qurilmalari,  sichqoncha;  printer,  skaner, 

modem,  faks-modem,  proyektor  (doskasi),  veb-kamera,  UPS,  XUB,  kolonkolar  (ovoz 

kuchaytirgich), mikrofon, naushnik, disk yurituvchu (CD va DVD ROM), CD va DVD 

disklar, flеsh disk. 

Hozirgi  vaqtda  inson  xayotiga  kompyuter  jadal  kirib  kelmoqda.  Kompyuter  ish 

yuritishni osonlashtiradi, yangi xujjatlar va har xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash va 

taxlil qilish, telefon aloka orqali axborotlar bilan almashish, murakkab xisob kitoblarni 

tez bajarish va ishlab chiqarish jarayonini osonlashtiradi. Yakin kelajakda kompyutersiz 

xayotimizni  tasavvur  qilib  bulmaydi.  Shuning  uchun  har  bir  kishiga  tushunarli  bo‘lgan 

kichik hajmdagi bilimlar juda kerak bo‘ladi.  

 Inson  xisoblay  boshlashidagi  dastlabki  xisoblash  vositasi  bo‘lib  odamlarning 

barmoqlari xizmat kilgan. Ammo ular yordamida faqat sanash ishlarni bajargan  (sabab 

barmoqlar  soni  cheklangan).  Shuning  uchun  asta  sekin  sun’iy  xisoblash  vositalari 

vujudga  kela  boshlagan.  Ulardan  birinchilari  bo‘lib  toshlar  va  tayokchalar  bo‘lgan. 

Sungra  abak  (grek,  misrlik,  rimlik,  xitoylik  suan-pan  va  yaponlik  soroban),  Neper 

tayokchalari, rus schyotlari vujudga kelgan.  

 

 Ammo  odamzod,  uziga  uxshash  mexanik  mashinani  -  yordamchini  (robotni) 



yaratish orzusi bilan yashab kelgan edi. 1623 yilda nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-

1636)  tomonidan  ixtiro  qilingan  mexanik  moslama  mexanik  xisoblash  mashinalar 

davrini  boshladi.  Ammo  Shikard  mashinasi  xam  aslida  birinchi  bo‘lmagan,  chunki 

buyuk  italiyalik  rassom,  olim  va  matematiki  Leonardo  da  Vinchining  nashr  etilmagan 

kulyozmasida  13-ta  raqamli  sonlarni  kushi  shva  ayirish  amallarni  bajaruvchi  mexanik 

moslamaning  chizmasi  topilgan.  Shuni  aytish  lozimki  Leonardo  da  Vinchi  xamda 




Vilgelm Shikard moslamalari xayotda qo‘llanilmagan bo‘lib qolgan. Mexanik xisoblash 

mashinalarni  yaratilish  tarixining  dastlabki  sahifalaridan  biri  fransuz  faylasufi, 

yozuvchisi,  matematiki  va  fiziki  Bleyz  Paskal  (1623-1662)  nomi  bilan  boglik.  U  1642 

yilda birinchi jamlovchi (qo‘shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa 

olim  nemis  Gotfrid  Vilgelm  Leybnis  (1646-1716)  4-arifmetik  amalni  bajaruvchi 

mashinani  yaratdi.  XIX  asrdan  boshlab  bu  mashinalarga  uxshash  mashinalar  juda  kup 

qo‘llanar  edi.  1820  yilda  Sharl  de  Kolmar  tomonidan  birinchi  kalkulyator  - 

ARIFMOMETR yaratildi.  

 

 1885  yilda  amerikalik  ixtirochi  Uvilyam  Barrouz  klaviatura  va  qog‘ozga 



pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi. 

 

 Universal  avtomatik  xisoblash  mashinani  yaratish  goyasi  va  loyixasi  Kembridj 



universitetining  profesori  Charlz  Beybidjga  (1792-1871)  mansubdir.  Uning  loixasi 

bo‘yicha  bu  mashina  xotira  qismi,  xisoblash  qismi,  boshqarish  qismi  va  chiqarish 

qismiga ega bo‘lishi shart edi.  

 XIX  asrning  oxirida  va  XX  asrning  urtalarida  fan  va  texnikaning  barcha 

sohalarida  juda  kuplab  kashfiyotlar  va  ixtirolar  kilindi.  Bu  kup  mexnat  talab  qiladigan 

mashinalarni  yaratishga  zarurat  paydo  kildi.  Beybidjning  loyixasi  asosida  kup  olimlar 

mashinalar  yaratishga  harakat  kilgan.  1988  yilda  amerikalik  injener  German  Xollerit 

birinchi  elektromexanik  xisoblash  mashinani  -  TABULYaTORNI  yaratdi.  Ushbu 

mashina  rele  asosida  ishlagan  bo‘lib  perfokartalarda  yozilgan  ma’lumotlar  bilan  ishlay 



olar  edi.  43-ta  Xollerit  tabulyatorlari  1890  yilda  bo‘lib  utgan  11-chi  Amerika  axolini 

ruyxatdan o‘tkazishda ishlatilgan.  

 

 1930  yilda  amerikalik  olim  Vannevar  Bush  tomonidan  kompyuterning  katta 



elektromexanik  analogi  -  DIFFERENSIAL  ANALIZATORI  yaratilgan.  Ushbu 

mashinada  ma’lumotlarni  saqlash  uchun  elektron  lampalar  qo‘llanilgan.  1941  yilda 

nemis  injeneri  Z3  nomli  birinchi  bo‘lib  dasturlarda  ishlovchi  xisoblash  mashinani 

yaratdi.  1943  yilda  Buyuk  Britaniya  maxfiy  laboratoriyalarida  Alan  Tyuring 

boshchiligida  elektron  lampalarda  ishlovchi  Koloss  nomli  birinchi  EXM  (elektro 

xisoblash mashinasi) yaratildi. 1944 yilda AKShning harbiylari uchun amerikali injener 

Govard  Eyken  elektromexanik  rele  asosida  ogirligi  35  tonnali  EXM  yaratdi.  Bu 

mashinani nomi MARK-1 edi. Lekin uning tezligi shu zamon talablariga javob bermas 

edi.  1946  yilda  amerikali  olimlar  Djon  Mochli  va  Prespera  Ekerta  birichi  universal 

to‘liq elektron hisoblash mashinani yaratdilar. Ushbu mashina elektron lampalar asosida 

ishlar edi va uning nomi ENIAC edi. U MARK-1 dan ming marta tezkorrok edi, leykin 

uning xam kamchiliklari bor edi: ogirligi  - 30 tonna; uzunligi 170 kvadrat metr xonani 

egallar edi; tarkibida 18 000 elektrolampalar bor edi; ishlash jarayoni juda murakkab va 

bu  mashina  juda  tez  ishlamas  edi  (sekundiga  300  kupaytirish  yoki  5000  qo‘shish 

amallari  bajarishi  mumkin  edi).  Shu  kamchiliklarni  bartarab  qilish  uchun  olimlar  juda 

kup  mexnat  kilar  edi.  Birinchi  EXM  lar  avlodi  lampali  deb  nomlanadi.  1947  yilda 

BELL  laboratoriya  xodimlari  V.  Shokli,  J.  Bardin  iva  V.  Berteyn  tomonidan  birinchi 

tranzistor  kashf  etildi.  1948  yildan  esa  elektron  lampalar  o‘rniga  kashf  etilgan 

tranzistorlar  qo‘llana  boshlandi  va  shuning  uchun  2  avlod  EXM  lari  tranzistorli  deb 

nomlangan. 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va 

shu  yilda  Kembridj  universitetida  birinchi  xotiraga  ega  EXM  -  EDSAC  nomli  EXM 

yaratildi.  1959  yilda  Robert  Noys  (INTEL  firmani  aratgan  odam)  bitta  plastinada  bir 




nechta  tranzistorlarni  joylashtirib  integral  sxemalar  yoki  chiplarni  yaratgan.  1968  yilda 

Burroughs  firma  tomonidan  integral  sxemalarda  ishlaydigan  birinchi  kompyuterni 

chiqardi  va  shuning  uchun  uchinchi  EXMlar  avlodi  katta  integral  sxemali  deb 

nomlanadi.  Shu  yilda  amerikali  injeneri  Duglas  Endjelbart  xozirgi  sichqoncha  qurilma 

vazifasini  bajaruvchi  uskunani  yaratdi.  1970  yildan  boshlab  INTEL  firma  xotiraning 

integral  sxemalarni  chiqara  boshladi.  Shu  firmada  ishlagan  Marshian  Edvard  Xoff  shu 

yilda mikroprosessorni kashf etgan (bita kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni 

joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprosessorlarda ishlovchi turtinchi EXMlar avlodi 

boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.  

 1973  yildan  boshlab  EXM  tarixining  yangi  sahifasi,  personal  kompyuterlar 

sahifasi  boshlandi.  Shu  yilda  fransiyadagi  Truong  Trong  Ti  firma  tomonidan  birinchi 

personal kompyuter yaratildi. Shu bilan birga 1973 yilda dunyoga tanikli XEROX firma 

tomonidan  Alto  nomli  shaxsiy  kompyuter  yaratilgan.  Ushbu  kompyuterda  birinchi 

bo‘lib fayllar va dasturlarni oynalar ko‘rinishda ochish prinsipi qo‘llanilgan.  

 1977  yilda  Apple  Computer  firma  tomonidan  Apple-II  nomli  shaxsiy 

kompyuterlar  ommaviy  ravishda  chiqarila  boshlagan.  Ushbu  kompyuterlar  plastmass 

korpus, klaviatura va displeyga ega bo‘lgan. 

 1980  yilda  Osborne  Computer  firma  birinchi  portativ  kompyuterlarni  chiqara 

boshladi. Ushbu kompter ogirligi 11 kg, juda kichkina hajmga ega bo‘lgan va narxi atigi 

1795 dollar bo‘lgan. 

 1981  yildan  boshlab  IBM  (International  Business  Machines)  firma  tomonidan 

personal  kompyuterlar  seriyalab  chiqara  boshlandi  va  butun  dunyoga  sotila  boshlandi. 

Shundan beri kompyuter xayotimizda mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning 

eng  zamonaviy  vositasiga  aylandi  va  butun  dunyoga  tanikli  bo‘ldi.  Shuning  uchun 

personal  kompyuterlar  standarti  shu  kompyuter  nomi  bilan  nomlanadi  -  IBM  PC 

(personal computer).  

Shaxsiy kompyuterning umumiy ko‘rinishi, uning qurilmalari  

 Kompyuter  o‘zi  nima?  Kompyuter  bu  insoniyatning  eng  ajoyb  kashfiyotlaridan 

biridir.  Xozirgi  kunda  kompyuter  xayotimizning  barcha  sohalariga  shiddat  bilan  kirib 

bormoqda.  Agar  boshida  personal  kompyuter  asosan  ma’lumotlarni  saqlash  va  ularni 




qayta ishlash uchun foydalangan bo‘lsa, xozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va 

chizmachilik  ma’lumotlar  bilan  ishlash  uchun  keng  foydalanadi.  Kelajakni  uningsiz 

tassavur qilish mumkin emas.  

 Kompyuterning asosiy qismlari:  

 Sistema  bloki.  Kompyuterning  asosiy  qismi  bo‘lib, 

uning  ichida  ona  platasi,  mikroprosessor,  kattik  disk 

(vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil 

tashqi  qurilmalar  ishini  boshqaradigan  elektron  sxemalar 

(kontrollerlar  yoki  adabterlar),  elektr  ta’minlovchi  blok 

va disk yurituvchilar bor. Bu qism bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.  

 

 Monitor  -  displey  yoki  ekran.  Ma’lumotlarni  ekran  orqali  foydalanuvchiga 



chiqarish  qismi.  Monitorlar  diogonal 

uzunligi  14  -  27  dyuymgacha)  va 

nuktalar urtadagi masofa (0,25 - 0,39 

milimetgacha) 

bilan 

farqlanadi. 



Bundan 

tashqari 

monitorlar  rangli  va  monoxrom  (2 

rangli) 


bo‘ladi. 

Qancha  monitorda  diogonal  uzunligi 

katta  bo‘lsa, shuncha  shu  monitor  kuprok  ma’lumotlarni  kusata  oladi.  Qancha  nuktalar 

urtasidagi masofa kichkina bo‘lsa, shuncha ekrandagi ma’lumotlar anik holda kurinadi  

  

 Klaviatura.  Ma’lumotlarni  kiritish 



qismi.  Klaviaturalar  tugmalar  soni  (101-

109 


tugmali) 

bo‘yicha 

farqlanadi.Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.  

 

   



 Sichqoncha. 

Amallarni 

tanlash  qismi.  Sichqonchalar 

tugmalar  soni  (2  va  3  tugmali)  va  ishlash  holatlari 

(trekbol 

va 



sensor panel) bo‘yicha farqlanadi.  

 

 Printerlar.  Ma’lumotlarni  bosmaga  chiqarish 



qismi. Printerlar lazer, matrisali (ignali) va sepuvchi 

turlari  bor.  Har  biri  ishlash  holati,  tezligi,  bosmani 

sifati  va  narxi,  xamda  ranglar  bo‘yicha  farqlanadi. 

Matrisali  printerlar  pechatlash  moshinaga  uxshagan 

holda ishlaydi. Qog‘oz va ignali qurilma urtasida kora rangli lenta joylashadi va ignalar 

lentaga urganda qog‘ozda nuktalar paydo bo‘ladi. Bu printerlar narxi urtacha, ular juda 

sekin  va  shovkin  ishlaydi,  bosmani  sifati  juda  past,  rangsiz,  leykin  bosmani  narxi  juda 

arzon.  Ishlash  vaqtida  kraskalangan  lenta  kerak  bo‘ladi.  Sepuvchi  printerlarda  qog‘oz 

ustidan  kraska  joylashgan  qurilmalar  harakatlanadi  va  kerakli  joyda  kraska  bilan  nuxta 

koldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular urtacha tezligda va urtacha shovkin bilan 

ishlaydi, bosmaning sifati urtacha, rangli bo‘lishi mumkin, bosmani narxi kimat. Ishlash 

vaqtida  kraskalar  kerak  bo‘ladi.  Lazer  printerlarni  pechatlashi  kserokslar  ishlashiga 

uxshash  holda  bo‘ladi.  Qog‘oz  magnitlangan  qurilma  ustidan  utib  kerakli  joylar 

magnitlanadi,  keyin  maxsus  poroshok  joylashgan  qurilma  tagidan  utib  magnitlangan 

joylarga  poroshok  yopishadi  va  keyin  issik  qurilma  ustidan  qog‘oz  utib  shu  poroshok 

eridi  va  nukta  hosil  qilinadi.  Lazer  printerlar  narxi  baland,  ular  yuqori  tezligda  va 

shovkinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi urtacha. Ishlash 

vaqtida poroshok kerak bo‘ladi.  

 Modem. Ma’lumotlar bilan telefon aloka orqali almashish qismi. 

Modemlar  tezligi  (2400  bit  sekunddan  -  33600  bit  sekundgacha) 

bo‘yicha  farqlanadi.  Telefonda  hamma  ma’lumotlar  tovush  holatida 

bo‘ladi,  kompyuterda  esa  raqamlar  holatida.  Shuning  uchun  bitta  modem  raqamlarni 

tovush  holatiga  o‘tkazadi,  ikinchisi  esa  tovushlarni  raqamlarga  o‘tkazadi.  Bu  holat 

modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM 

deb nomlangan.  

 Skanerlar. 

Tasvir 

va 


matn 

ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. 




Skanerlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo‘yicha farqlanadi.  

 

 



 Aktiv  kolonkalar.  Musika  va  har  xil  tovushlarni  chiqarish  qurilmasi.  Aktiv 

kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) bo‘yicha farqlanadi. va xokazo.  

  

 

Proyektorlar va ekranlar ma’lumotlarni yirik 



o‘lchamda 

tasvirlash 

uchun 

ishlatiladigan 



qurilmalardir. Unda tasvir o‘lchami ekranda yirik 

holatda aks ettiriladi. Bu qurilmalar kompyuter bilan birgalikda 

foydalanishga 

mo‘ljallangan 

bo‘lib, 

ko‘proq 


katta 

auditoriyalarda  va  zallarda  hamda  turli  majlislarda  prezintasiya 

va 

videoroliklarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.   



Videoproyektor  kompyuter  va  shunga  o‘xshash  namoyish 

vositalarining  alohida  qo‘shimcha  monitori  hisoblanib,  tasvirlarni  yirik  hajmda 

tasvirlash uchun mo‘ljallangan. 

Ekran  -  videoproyektor  orqali  yoritilayotgan  materiallarni  o‘zida  tasvirlovchi 

element. 

 

 



Kamera  (web-kamera)  –  kompyuter 

xotirasi  kichik  lavhalarni,  tasvirlarni  va 

suratga olish, rasm tushirish uchun mo‘ljallangan qurilma. 

 

 



  

Sistema bloki 

SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi:  



1. Ona PLata(MB-Mother Board).  

2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit).  

3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random Access Memory).  

4.Qattiq disk(doimiy xotira) (HDD- Hard Disk Drive).  

5. Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter).  

6 Blok Pitaniya (ATX).  

7. Diskovot (DVD-RW, Floppy).... 

 Qachonki  kompyuterni  yoqganimizda  Blok  pitaniyadan  Motherboardga  va  HDD 

ga  hamda  Kuller(vintilyator)ga  12,5,3  voltli  toklar  keladi.  Motherboardga  kelgan  tok 

yordamida  Mikroprotsessor  shu  Motherboardning  registorida(o'zini  xotirasida) 

joylashgan  BIOS  dasturiga  boradi  va  uni  buyruqlarini  bajara  boshlaydi.  BIOS  asosan 

qurilmalarni  tekshirish  uchun  ishlatiladi.  Qurilmalar  ishga  soz  xolatda  ekanligini 

bilgach, Microprotsessor CMOS xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi 

fayli  BOOT.exe  joylashgan  sektoriga  ko'rsatkich  orqali  qattiq  diskga  yetib  boradi  va 

operatsion tizimni ishga tushiradi. 

Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga 

qattiq  diskdan  yuklab  oladi,  so'ng  shu  qismlaridagi  buyruqlarni  birma  bir  bajaraveradi. 

Qachonki  siz  biror  dasturni  ishga  tushirganingizda  sichqonchani  dastur  ustida 

bosishingiz  mikroprotsessor  uchun  operatsion  tizimning  yangi  bir  "Dasturni  och!" 

buyrug'ini  bajarishiga  turtki  bo'ladi.  Dasturni  ochishda  shu  dastur  joylashgan  qattiq 

diskdagi  sektorga  mikroprotsessor  yetib  boradi  va  u  yerdan  ham  dasturning  kerakli 

qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi. Shunda 

operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari ham dasturni kerakli 

qismlari  yuklanadi.  siz  dasturda  ishlash  jarayonida  yana  bir  boshqa  buyruq  bersangiz, 

masalan  "natijani  xotirada  saqla!"  -  mikroprotsessor  borib,  dasturni  saqlash  uchun 

ishlatiladigan  qismini  chaqirib  keladi  va  uni  ham  operativkaga  yuklaydi.  so'ng  uni 

buyrug'i  bo'yicha  siz  hosil  qilgan  hujjatni olib,  qattiq  diskga  boradi  va  uni  biror  joyiga 

shu  hujjjatni  yozib  qo'yadi.  Hujjat  ayni  qaysi  dasturga  tegishli  ekanligini  keyingi 

kelishlarda  bilishlik  uchun  hujjat  ortiga  dasturning  mahsus  kengaytmasini  (masalan 

Microsoft  office  word  2007  dasturida  bu  kengaytma  "docx")nuqtadan  keyin  yozib 




qo'yadi, 

masalan 


hujjat_nomi.docx. 

 

 Mikroprosessor 



yoki 

prosessor- 

Kompyuterning 

miyyasi. 

Kompyuter  ishini  boshqarish, 

barcha 


xisob-kitoblar  va  buyruqlarni  bajarilishini  ta’minlaydi.  U  kichkina,  to‘rtburchak 

elektron  sxema  sekundiga  bir  necha  yuz  million  amallarni  bajaradi.  Uning  tezligi 

Megagerslarda xisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.  

 Kontroller  yoki  adabterlar  -  Ular  har  xil 

tashqi  qurilmalar  ishini  ta’minlaydilar.  Ishlash 

holatlari  bilan  farqlanadi  (video  plata,  tovush 

plata, tarmoq platasi va ...).  

 

  



 

 

 



Ona  platasi  Mother  board  -  Asosiy 

elektrosxema  bo‘lib  unga  prosessor,  tezkor  va 

kesh 

xotira  mikrosxemalari,  kontroller  va  adabter 



elektrosxemalari  o‘rnatiladi,  kattik  disk  va  disk 

yurituvchilari ulanadi.  

Disk  yurituvchilari  -  Bu  egiluvchan  va 

kompakt disklardagi ma’lumotlarni ukish va ularga 

saqlash ishlarni bajaradigan qismi.  

 

 



 

 



 Elektr  ta’minlovchi  blok  -  Har  bir  kisimning  uziga  mos  elektr-kuvvat  extiyojini 

ta’minlovchi blok.  

 

Sichqoncha va klaviaturada bajariladigan amallar 



 Kompyuterning asosiy kisimlaridan biri bu sichqoncha. U 3 

xil  bo‘ladi:  standart,  trekbol  va  sensor  panel.  Standart 

sichqonchalar  stol  ustida  ishlatish  zarur  bo‘lgan,  sensor  panel 

bilan  trekbollar  esa  noutbuklar  uchun  yaratilgan  va  ular  pastki 

paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.  

 Sichqoncha  ichida  rezina  ichiga  joylashgan  temir  sharik  bor,  u  stol  bo‘yicha 

harakat  kilganda  maxsus  roliklar  va  indikatorlar  orqali  ushbu  harakat  kompyuterga 

junatiladi  va  ekrandagi  sichqoncha  ko‘rsatkichi  (strelkasi)  biz  belgilagan  yunalishda 

harakatlanadi.  

 

 Sichqonchaning  ikkita  tugmasidan  chap  tugmasi  asosiy,  ung  tugmasi  esa 



yordamchi  bo‘ladi.  Asosiy  tugma  bilan  biz  tugmalarni  bosamiz,  amallarni  tanlaymiz, 

rasm chizamiz va har xil obyektlarni chuzib joyini o‘zgartiramiz. Ung tugma esa bizga 

yordamchi menyuni ekranga chikaishda yordam beradi.  

 Kompyuterning yana bir asosiy qismidan biri bu klaviatura. Klaviatura yordamida 

biz  asosan  ma’lumotlarni  kiritamiz.  Klaviatura  harflar  joylanishi  bo‘yicha  ingliz 

(QWERTY) va fransuz (AZERTY) standartlariga bulinadi.  

 

 Klaviatura 5 qismdan iborat:  



 Asosiy yoki alfavit va raqamli tugmalar: Bu qismi 57 ta tugmadan iborat: 36 lotin 

harf va belgilar, 10 raqam va 10 maxsus tugmalar. Ko‘p tugmalarda bir nechta belgilar 

yozilgan.  Har  xil  rangda  yozilgan  harflar,  belgilar  har  xil  til  standartiga  mos.  Til 



standartini  o‘zgartirish  klaviaturalarda  har  xil  (ung  Alt  va  Shift  yeki  ikkita  Shift  yeki 

ung Ctrl va Shift tugmalarni birga bosish). Maxsus tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik. 

Shift  -  Agar  siz  harflar  tugmasini  bosgangiz  u  holda  kichik  harf  kiritiladi,  agar  sizga 

katta  harf  kerak  bo‘lsa  u  holda  maxsus  Shift  tugmani  bosib,  qo‘yvormasdan  shu  harf 

tugmasini  bosishiz  kerak.  Agar  bitta  rang  bilan  bir  nechta  belgilar  yozilgan  bo‘lsa  u 

holda ulardan pastkidagi asosiy, yuqoridagi passiv deb nomlanadi. Tugmani bosganizda 

asosiy belgi kiritiladi. Agar sizga passiv belgi kerak bo‘lsa u holda siz maxsus tugmani 

bosib, qo‘yvormasdan belgi tugmasini bosishiz kerak. Caps Lock - Bu tugma yordamida 

Shift bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yokamiz yoki uchiramiz.  

 Funksional tugmalar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari F1 - F12. 

Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.  

 Yordamchi tugmalar: Alt, Ctrl, Shift. Bu tugmalar hech qanday amal bajarmaydi, 

balki bo’larning yordamida boshqa tugma birgalikda bosilsa amal bajariladi. 

 Boshqa  (maxsus)  tugmalar:  Home  -  Satr  boshiga  utish.  End  -  Satr  oxiriga  utish. 

PgUp  -  Bir  sahifa  yuqoriga  utish.  PgDn  -  Bir  sahifa  pastga  utish.  Insert  -  Belgilarni 

uchirib  ustiga  yozish  yoki  ularni  siljitib  urtasiga  yozish  holatini  urtnatish.  Delete  - 

Keyin  (ungda)  joylashgan  bitta  belgini  uchirish.  Tab  -  Keyingi  bo‘limga  yoki  qismga 

utish. Backspace - Oldin (chapda) joylashgan bitta belgini uchirish. Enter - Yangi satrga 

utish  yoki  ma’lumotlarni  kiritish.  Esc  -  Oxirgi  harakatdan  voz  kechish.  Yo‘nalish 

tugmalari: Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, ungga 

va pastga siljitish. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish