Bundan ko’rinib turibdiki, 1 baytda 0 dan 255 tagacha bo’lgan 256 ta butun sonlardan bittasini
saqlash mumkin ekan. Lotin alifbosi harflarini kodlash uchun 52 ta son kerak bo’ladi. (26
ta bosh
va 26 ta kichik harflar). Rus alifbosi harflarini kodlash uchun 66 ta son, unli raqamlarni kodlash
uchun yana 10 ta son kerak bo’ladi. Shunday qilib, 1 bayt orqali lotin, rus alifbosi harflari, o’nli
raqamlardan tashqari yana 128 ta (256-52-66-10=12*) bosh belgilarni (nuqta, vergul, arifmetik
amallar va boshqalar) ham kodlash mumkin ekan.
1 bayt= 1 belgi.
Bir bayt
– bu faqatgina axborotlarning o’lchov birligi emas balki kompyuter xotirasininig
elementar yacheykasi hamdir. Kompyuterlar xotirasi ana shunday yacheykalar ketma-ketligidan
tuzilgan. Har bir yacheyka, ya’ni bayt o’zining adresiga ega. Adres bu yacheyka nomeridan va
unda saqlanayotgan ikkilik koddan iborat bo’ladi. Prosessor axborotlarni
qayta ishlayotganda
xotiradan kerakli yacheykani nomer bo’yicha topadi, unda saqlanayotgan axborotni o’qiydi,
kerakli amallarni bajaradi va hosil bo’lgan natijasi boshqa yacheykaga saqlaydi.
Kompyuter xotirasining hajmi baytlarda o’lchanadi, lekin buning uchun ko’p hollarda
boshqa o’lchov birliklari ham ishlatiladi: kilobayt (Kbayt) va megabayt (Mbayt).
1 K bayt= 2
10
bayt-1024 bayt
1Mbayt-2
10
Kbayt=1024 Kbayt
Odatda yaxshi kompyuterlarning tezkor xotirasining hajmi 512 Kbayt yoki 640 Kbaytni
tashkil qiladi. Shu o’rinda yaxshi kompyuter uchun bu ko’pmi yoki ozmi degan savol tug’ilishi
tabiiy. Bitta sahifaga taxminan 50 ta satr joylashadi. Shuning
uchun bitta sahifa taxminan
60x50=300 belgidan iborat yoki 3 Kbayt axborotdan iborat bo’ladi. Demak kompyuterning tezkor
xotirasiga 640:3=200 varaqdan iborat matnni sig’dirish mumkin ekan. Quvvati yuqori
kompyuterlarning tezkor xotirasi bir necha Mbaytgacha hajmga ega bo’lishi mumkin.
Biz yuqorida ta’kidlanimizdek bitta belgidan iborat bo’lgan
axborot kompyuter
xotirasining 1 baytida saqlanadi. Kompyuter sonli axborotlarni qanda tartibda qayta ishlashi, unda
foydalanilayotgan prosessorga bog’liq bo’ladi. Har bir prosessor ma’lum bir uzunlikdagi ikkilik
kodlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Eng birinchi yaratilgan shaxsiy
kompyuterlarda bir buyruq bilan faqat bir bayt axborotlarni qayta ishlovi prosessorlar qo’llanilgan.
Bu kompyuterlar sakkiz razryadli hisoblangan. Ko’pchilik zamonaviy kompyuterlar 16
razryadlidir. Bu kompyuterlarda bitta buyruq bilan 2 bayt axborotni qayta ishlash mumkin.
16 –razryadli kompyuterlarda butun sonlarni saqlash va qayta ishlash uchun xotiraning 2
bayti ishlatiladi. Bunday kompyuterlar qanday butun sonlarni qayta ishlashi mumkin degan savol
hosil bo’lishi tabiiy. Bizga ma’lumki, butun sonlar musbat va manfiy bo’lishi mumkin. Shuning
uchun son ishorasini qanday kodlash mumkin? Buning uchun 16
bitdan bittasi, ya’ni chap
tomondagi bit ishlatiladi. Agar u 0 ga teng bo’lsa, demak on ishorasi musbat, agar u 1 ga teng
bo’lsa, u holda son manfiy bo’ladi. Quyida butun sonlarni saqlash sxemasi keltirilgan.
2 bayt=16 bit
Do'stlaringiz bilan baham: