Reja: Ta‘lim tizimidagi yangiliklar Ta‘lim tiziminini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari Ta'lim tizimida xorij tajribasining ahamiyati


-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni moliyalashtirish



Download 241,64 Kb.
bet14/16
Sana21.09.2022
Hajmi241,64 Kb.
#849687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Новый документ в формате RTF (4)

13-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni moliyalashtirish
116. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida Institut, hududiy markazlar, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
117. Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlik tomonidan xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritiladi.
118. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash har birida 25 nafar tinglovchi bo‘lgan guruhda malaka oshirish kursining yakuni bo‘yicha guruhdagi tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tugatib tegishli sertifikatga ega bo‘lgan har bir tinglovchi uchun amalga oshiriladi.
Bunda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan Vazirlik o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.
119. Institut har yili 15-noyabrga qadar kelgusi yilda hududiy malaka oshirish markazlari, oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan xalq ta’limi xodimlarining hududlar bo‘yicha taqsimotini tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim etadi va tasdiqlangan taqsimot asosida kelgusi yil uchun pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun tegishli mablag‘lar rejalashtiriladi.
120. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun mablag‘lar alohida g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
121. Bir nafar tinglovchi uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan keyingi moliya yili boshlanishidan oldin xodimlarning malaka oshirishi uchun sarflangan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqib belgilanadi.
122. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari o‘zgargan hollarda bir nafar tinglovchi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
123. Institut pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan va belgilangan tartibda sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni navbatdagi oyning 3-kuniga qadar tegishli mablag‘ to‘lanishi yuzasidan Vazirlikka murojaat qiladi.
124. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:
xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, bank rekvizitlari;
haqiqatda malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilarning tasdiqlangan ro‘yxati;
pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bo‘yicha ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli hisob-kitoblar bilan birgalikda mablag‘larga buyurtma.
125. Mablag‘ ajratish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligiga Institut javobgar hisoblanadi.
126. Taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha huquqi bekor qilinadi hamda ortiqcha olingan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
127. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan tinglovchilar soni har oy yakuni bo‘yicha ularda malaka oshirilishi rejalashtirilgan tinglovchilar sonidan kam bo‘lgan hollarda ushbu tinglovchilar uchun rejalashtirilgan mablag‘lar Vazirlik tomonidan hududiy malaka oshirish markazlariga yo‘naltiriladi.
128. Institutda hamda hududiy markazlarda bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
129. Institut hamda hududiy markazlarning saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlari ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib Vazirlikka respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.
130. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning o‘qishi davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, ularning o‘quv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.

Download 241,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish